1 shavkat zokirov
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
partiya apparati xodimlariga eski xafagarchiliklarni unutish tavsiya etildi, kimki bunday chaqiriqlarga ishonmayotgan bo'lsa yangi jazo choralari bilan taxdid qila boshladilar. “Uch tomondan birlashtirish” taktikasi asosida 1967 yil yanvar oyi oxiridan boshlab yangi mahalliy hokimiyat organlari “inqilobiy qo'mitalar”ni tuzish ishlari boshlandi. Dastlabki vaqtlarda ulardagi ustunlik “xunveybinlar” va “tszaofanlar” qo'lida bo'ldi bu esa harbiylar va partiya xodimlarining noroziliklarini uyg'otgan edi. 1967 yili bir qator rayonlarda harbiy qismlar bilan xunveybinlar, izaofanlar tashkilotlar o'rtasida to'qnashuvlar sodir bo'ldi. Qonli to'qnashuvlar uxan, Guanchjou va boshqa joylarda ro'y berdi. Mamlakat iqtisodiyotiga og'ir zarba berilgan edi. Mamlakatni qamrab olayotgan xaomni oldini olish uchun 1967 yilning yozi oxirida amalda harbiy nazorat o'rnatildi. Aholi orasida “Butun mamlakat armiyadan o'rganadi, butun xalq askarlardir” ishlari targ'ibot va tashviqot ishining markazida bo'ldi. Ayni vaqtda viloyatlar darajasida “inqilobiy qo'mitalar”ni tuzish ishlari davom ettirildi. 1968 yil oktyabr oyida bo'lgan XKP M.Kning VIII plenumi “Madaniy inqilob”ning barcha aktsiyalarini tasdiqladi. Lyu SHao-tsi partiya safidan chiqarilib barcha lavozimlardan ozod etildi. Plenum partiyaning 'ni Nizomini ma'qulladi. SHundan keyin XKP IX s'ezdini chaqirishga qattiq tayyorgarlik ko'rila boshlandi. 1969 yil aprel oyida Pekin shahrida bo'lgan IX s'ezdda asosiy ma'ruza bilan Lin Byao chiqish qiladi. Uning ma'ruzasida “madaniy inqilob”ni ko'klarga ko'tarish asosiy o'rinni egallagan edi. 88 Garchi “madaniy inqilob”ning g'alabasi haqida gapirilgan bo'lsa-da ayni vaqtda partiya tashkilotlari, davlat muassasalrini tozalash ishlarini davom ettirish bo'yicha yo'l yo'riqlar, ko'rsatmalar ilgari surildi. Partiyaning butun tarixi “Mao TSzedunning turli “og'machilarga qarshi kurashi” sifatida (shu jumladan Van Min, Gao Tan, Pen De-Xuaya va ayniqsa Lyu SHao -tsi) tasvirlandi. XXR ning rivojlanish istiqbollarini belgilab olish o'rniga “uzluksiz inqilob olib borish” urushlarga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida gap so'zlar bordi. S'ezd tomonidan qabul qilingan partiyaning yangi Nizomni (1956 yilgi XKP VIII s'ezdida qabul qilingan Nizomdan farqli ravishda) partiyaning iqtisodiy va madaniy qurilish sohasidagi, xalqning turmushini yaxshilash demokratiyani rivojlantirish, tashqi siyosat sohasidagi vazifalari to'g'risidagi ko'rsatmalaridan iborat bo'lmadi. YAngi Markaziy qo'mita va Siyosiy byuroning yangi tarkibi o'zaro raqobatlashuvchi guruhlarining muvaffat kelishuvi (komirolisi) xolatida harbiylarning ta'siri oshganligini (siyosiy byuro a'zolarining yarmi) namoyon qildi. XKPning IX s'ezdidan keyin mamlakat rivojining ehtiyojlari to'g'risida iqtisodiy sohasida ekstremistik yo'l yo'riqlarga tuzatishlar kiritildi, rejalashtirish elementlari, 60-yillarning ikkinchi yarmida “burjua mafkurasini namoyon bo'lishi deb aytilgan mehnatga qarab haq to'lash tamoyillari joriy qilindi. Madaniyat sohasidagi siyosatda ham birmuncha o'zgarishlar ro'y berdi. Maktablar va oliy o'quv yurtlarida garchi qisqartirilgan dasturlarda bo'lsa ham matbuotlar o'tish qayta tiklandi. Magazinlarda Xitoy mumtoz adabiyotining bir qancha asarlari paydo bo'ldi, ba'zi bir muzeylar ochildi. Ayni vaqtda mamlakatining madaniy hayoti ustidan qattiq nazorat saqlanib qoldi. 1970-1971 yillarda Xitoy rahbariyati tarkibida jiddiy o'zgarishlar bo'ldi. 1970 yilning oxirida “madaniy inqilob ishlari bo'yicha guruhning sobiq rahbari CHen Boda siyosat maydonidan ketdi. 1971 yilning sentyabrida mamlakat siyosiy hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan voqealar sodir bo'ldi. XKP ning IX s'ezdida Mao 89 TSzedunning yagona o'rinbosari vorisi deb e'lon qilingan mudofaa vaziri Lin Byao boshchiligida bir guruh harbiy rahbarlar ishdan chetlatildilar (ulardan olti kishi XKP. Markaziy qo'mitasi siyosiy byurosi a'zosi edilar.) Lin Byao Mao TSzedunga qarshi fitna uyushtirishda ayblanadi. SHundan keyin armiyada yangi tozalash o'tkazilib uning natijasida o'n minglab ofitserlar qatag'on qilindi. YUzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida 1973 yilning sentyabrida maxfiylik sharoitida XKPning X s'ezdi o'tkazildi. S'ezdda CHjou Enley va Van Xun- venlarning ma'ruzalarida Lin Byaoni haqoratlash, qoralash, vamontoristik siyosiyyo'li esa oqlash asosiy o'rinni egalladi. Ommaviy qatag'onlar “proletariat dinturasi sharoitida inqilobni davom etishi”, proletariat bilan burjuaziyasi o'rtasidagi sinfiy kurashning keskinlashuvi haqidagi tozislar bilan “asoslandi”. Ayni vaqtda bu s'ezd ham ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda pozitiv dasturlarni ilgari surmadi. Ammo s'ezd kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotlarini va shuningdek Umum Xitoy xalq vakillari yig'ilishi faoliyatini tiklashga qaratilgan ko'rsatmalar bergan edi. S'ezdining natijalari turli raqobatlashuvi kuchlar: “Madaniy inqilob” to'lqinlarida hokimiyatga ko'tarilgan guruh (ularning lideri Mao TSzedunning xatini TSzyan TSin edi.) bilan CHjou En-lay boshchiligidagi eski kadrlar, harbiylar o'rtasidagi kelishuvdan dalolat berar edi. YAngi arboblardan SHanxayda “madaniy inqilob” tashkilotchilaridan biri s'ezdda XKP Nizomidagio'zgarishlar to'g'risidagi ma'ruza qilgan Van-XunVen ilgari surildi va XKP Markaziy qo'mitasining raisining beshta o'rinbosarlaridan (CHjou En-lay va boshqa lar bilan birgalikda) biri bo'ldi. Bu komprolis kelishuv, murosa “Madaniy inqilobga baho berishda namoyon bo'ldi. Bir tomondan s'ezd ob'ektiv vaziyatlar bosimi ostida jimgina ba'zi maocha ko'rsatmalardan chekinishga majbur bo'lgan edi. Bu ko'rsatmalarning to'liq yaroqsizligi davlat maxanizmi va mamlakat iqtisodiyotiga ulkan zarar yetkazganligini ko'pchilik anglab tursada indamas edilar. Amalda partiya va davlat rahbar kadrlarini bir qismini shu jumladan XKP markaziy qo'mitasini sobiq bosh kotibi Den Syaoninni 90 oqlash masalasi ma'qullandi. S'ezda u XKP markaziy komiteti raisi o'rinbosarlaridan biri lavozimiga ko'tarildi. “Madaniy inqilob” davridagi barcha bosh boshdoqliklar aybi CHen-Boyada va Lin Byaolar gardoniga yuklandi. Boshqa tomondan, esa siyosiy hisobot “madaniy inqilob” yo'lining to'g'riligi haqida gap borar edi. S'ezddan keyingi voqealar rivoji siyosiy beqarorlik Xitoydagi xarakterli xususiyat bo'lib qolayotganligini yaqqol ko'rsatdi. 1973 yilning dekabrida eng o'n bitta harbiy okruglar namoyondirlarining sakkiztasi boshqa okruglarning qo'mondonligi lavozimlariga o'tkazildilar. 1974 yilning boshlarida mamlakat bo'ylab Lin Byaoning tanqid qilish kompaniyasi avj oldirildi. Lin Byao Konfutsiya ta'limotidan hokimiyatni bosib olish va kapitalistik tuzumni tiklashga urinishida foydalanganlikda ayblandi. 1975 yil yanvarida yengil-elpi “tayyorgarlikdan so'ng (10 yillik tanafusdan keyin) xalq vakillari umumxitoy yig'ilishining sessiyasi chaqirildi, u 1954 yildagi sotsialistik konstitutsiya o'rniga mamlakatning yangi konstituttsiyasini qabul qildi. YAngi konstituttsiya vujudga kelgan komiromistik o'zida ifodalagan edi deyinimiz mumkin.. bir tomondan “madaniy inqilob” davri ko'rsatmalari shu jumladan “urursh yuzaga kelishi vaziyatiga tayyorgarlik boshqa tomondan Xitoyning iqtisodiy sharoitlariga muvofiq keladigan ba'zi qoidalar: “kommuna a'zolarining “tomorqa uchastklariga egalik huquqi, ishlab chiqarish brigadarini asosiy xo'jalik hisobidagi birlik sifatida e'tirof etish, ishlamagan tiklamaydi, “har kimdan qobiliyatiga yarasha-har kimga mehnatiga yarasha” tamoyillari kiritildi. Umumxitoy xalq vakillari kengashining Doimiy qo'mitasi va Davlat kengashi tarkibiga turli guruhlar vakillari kirdilar. Armiyada oliy lavozimlar-mudofaa vaziri, Bosh shtab boshlig'i va bosh siyosiy boshqarma boshlig'i lavozimlari ham raqobatlashuvchi guruhlari o'rtasida shunday taqsimlandi, qurolli kuchlar boshlig'i esa konstituttsiyasiga ko'ra XKP Markaziy qo'mitasining raisi bo'ldi. 91 Bu faktlar, jipslashishiga bo'lgan chaqiriqlar, sessiya hujjatlarining mazmuni hukmron lagerdagi yangi kompromis-murosa (XKP X s'ezdidan keyin) haqida guvohlik beradi. Biroq maochilar lageri ichidagi qarama-qarshiliklar saqlanib qoldi. Sessiyadan keyin tez orada Xitoy matbuotida mehnatga yarasha taqsimotni e'lon qiluvchi, tomrqa uchastkalariga bo'lgan huquqni va pul tovar munosabatlarini burjua huquqi deyuvchi va uning cheklashni talab qiluvchi ya'ni tenglashtirishni talab qiluvchi maqolalar paydo bo'lganligi bejiz emas. SHu bilan bir vaqtda amaliyotda mehnatkashlarning iqtisodiy mahoratlari kamsitildi. XXRda ichki kurash 1976 yilda ham davom etdi. Yilning boshlarida Davlat Kengashi rahbari CHjou Enlay vafot etdi. Uning xotirasiga bag'ishlangan marosim vaqtida Pekinning bosh Tenanlik maydonida TSzyan TSin va “Madaniy inqilob” boshqa liderlariga qarshi ommaviy chiqishlar ro'y berdi. SHu voqealardan so'ng Den Syaoning egallab turgan barcha lavozimlardan olib tanlandi. Davlat kengashi rahbari etib jamoat xavfsizligi vaziri Xua Go-fan tayinlandi. 1976 yil iyulida XKP markaziy qo'mitasi siyosiy byurosi Doimiy qo'mitasining a'zosi, xalq vakillari umumxitoy yig'ilishi Doimiy qo'mitasi raisi, afsonaviy sarkarda Xitoy ozodligi uchun kurashchi CHjou De vafot etdi. Xitoy rivojlanishining yo'llari, usullari maqsadlari masalalari bo'yicha kurash 1976 yilning sentyabrida Mao TSzedun vafot etganidan keyin yangidan keskin tus oladi. SHunday qilib “Madaniy inqilob” to'g'risidagi umumiy xulosa chaqiradigan bo'lsak bu siyosat avvalo Xitoyda yo'lga qo'yilayotgan xalq xo'jaligini barbod qildi. U Xitoy uchun 500 milliard yuanga tushdi. “Madaniy inqilob” siyosati olib borilgan 1966- 1976 yillar” yo'qotilgan o'n yillik” bo'lib qoldi. Bu davrda mamlakat iqtisodi jar yoqasiga borib qoldi. Ishchi va xizmatchilarning ish haqi 30 foizga qishloqdagi bir kunlik mehnat haqi 33 foizgacha pasaydi. SHu vaqtlarda mamlakatda 200 mln kishi doimiy tarzda to'yib ovqat yemasdi, shaharlarda 20 million kishi ishsiz edi. 92 1981 yilgi XKP qarorida qayd qilinganidek, bevosita Mao TSzedun tashabbuskori bo'lgan madaniy inqilob mamlakatni loyqalatib yubordi, porti “davlat va ko'p millatli xalqqa jiddiy kulfatlar keltirdi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling