1 shavkat zokirov
partiyadagi safdoshi Kaydzo Obuti boshchilik qildi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion sohadagi hamkorlik
partiyadagi safdoshi Kaydzo Obuti boshchilik qildi. 2003 yilda Yaponiya iqtisodiyotining cho'zilib ketgan retsessiyadan chiqishining muayyan istiqbollari ko'zga tashlana bordi. Bu esa Yapon korporatsiyalari oldiga milliy iqtisodiyotni barqaror o'sishini sharti sifatida yangi strategik xom ashyo manbalariga yetib borish yo'lida katta vazifalarni qo'ydi. Hozirgi kunga qadar Yapon sarmoyasi Kaspiy shelfi tabiiy resurslarini o'zlashtirish g'arb loyihalarida muhim o'rinlardan birini egallab kelmoqda. O’zbekiston- Yaponiya munosabatlari. 2002-yili O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Yaponiyaga ikkinchi tashrifi davomida ikki tomonlama strategik sheriklik va hamkorlik, do’stlik to’g’risidagi Qo’shma bayonot imzolandi. 2003- yilda O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida sobiq Sho’rolar Ittifoqi hududida dastlabki havo axboroti ro’g’risidagi hukumatlararo bitim imzolandi. 2004-yilning avgustida mamlakatimizga Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Y.Kavaguchi tashrif buyurdi va I.A.Karimov qabulida bo’ldi. Tokio O’zbekistondagi 128 demokratik va iqtisodiy islohotlarni ijobiy baholash va qo’llab-quvvatlash bilan birga, ularning amalga oshirilishi uchun moliyaviy yordam ham ko’rsatmoqda. Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqil rivojlanishi va ijtimoiy-siyosiy barqarorligidan manfaatdor. Shu maqsadda Yaponiya 2004-yili 28-avgustda Tashqi ishlar vazirliklari darajasidagi ilk muloqot-“MO+Yaponiya” tashabbusi bilan chiqdi. O’zbekiston Yaponiya, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida faol hamkorlik qilmoqda. O’zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo bo’lish yo’lidagi harakatlarini qo’llab-quvvatlamoqda. Savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion sohadagi hamkorlik. 2004-yili ikki davlat o’rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 101,8mln.AQSH dollari miqdorida bo’lib, uning 21,8mln. Yaponiyaga eksport va 80mln. Yaponiyadan importni tashkil etdi. O’zbekistonga Yaponiya tomonidan taqdim qilingan moliyaviy ko’makning umumiy hajmi 1,885mlrd.AQSH dollariga teng bo’ldi. Ulardan Rivojlanishga rasmiy yordam dasturi bo’yicha 871mln.AQSH dollari, gumanitar va beg’araz yordam 147mln.AQSH dollarini, texnik yordam 47mln.AQSH dollarini tashkil etdi. Xalqaro hamkorlik bo’yicha Yaponiya bankining (DJEYBIK) savdo kreditlari 820mln.AQSH dollariga etdi. Rivojlanishga rasmiy yordam doirasida Yaponiya hukumati tomonidan Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on loyihasi uchun 150mln.AQSH dollari atrofida imtiyozli kredit ajratildi. O’zbekistonda 22 ta Yaponiya kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 8 ta qo’shma korxona va 3 ta 100% Yapon sarmoyasi asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxona ro’yxatga olingan. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling