Ular sertakalluflik, ustalik, boshqalarni orqasidan ergashtirish, tafakkur va
harakatlarning o‘ziga xosligi kabi ijobiy sifatlarga ega. Salbiy qirralari:
xudbinlik,
riyokorlik, maqtanchoqlik, ishyoqmaslikdir.
10.
O‘ta hayajonli tip–bunday odamlarga yuqori muloqotchanlik, sergaplik,
oshiqlik xosdir. Ular ko‘p bahslashadilar. Lekin nizogacha olib
bormaydilar. Nizoli vaziyatlarda ham faol, ham sust holatda bo‘ladilar. SHu
bilan birga, bunday tipdagi odamlar do‘stlari va yaqinlariga e’tiborli va
sadoqatli bo‘ladilar.
Ular altruistlikka moyil, ularga hamdardlik hissi,
yaxshi did xos bo‘lib, sezgilarning yorqinligi
va samimiyligini namoyon
qiladilar. YOqimsiz qirralari: vahimachilik,
vaqtinchalik kayfiyatga
berilganlik kabilardir.
11.
Ekstravert tip – bunday odamlar yuqori muloqotchanlik bilan ajralib
turadilar, ularning do‘stlari, tanishlari ko‘p, ular sergap, istalgan ma’lumotni
qabul
qiladilar, ayrim holatlarda atrofdagilar bilan nizolarga boradilar,
bunda, odatda, sust tarafda bo‘ladilar. Do‘stlar bilan
muloqotda, ishda va
oiladagi ko‘p holatlarda liderlikda boshqalarga yon bosadilar, bo‘ysunishni
va chetda turishni afzal ko‘radilar. Boshqalarni tinglay olishga shaylik,
iltimoslarni bajarish, ishchanlik kabi yoqimli qirralarga egadirlar. YOqimsiz
qirralari: ta’sirlarga beriluvchanlik,
engil tabiatlilik, o‘ylamasdan harakat
qilish, ko‘ngilochar
qiziqishlarga, gap-so‘z va mish-mishlarni tarqatishda
ishtirok etishga ishtiyoqmandlik.
12.
Do'stlaringiz bilan baham: