1. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari differensial psixologiyaning predmeti sifati
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Diyarova yulduz 16
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Iqtisodchi odam
- Estetik didli odam
Xarakterning variativ tipi – muhitga tashqi baqaror nuqtai nazar orqali
moslashadigan; shaxs rivojlanishining quyi darajasi, xulq-atvor barqaror umumiy usulining mavjud emasligi xaqida dalolat beradi. Bunday tipdagi odamlar ichki olamining soddaligi bilan farqlanadi; ularning yashash uchun kurashi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha amalga oshiriladi, ular shubhalanish va ikkilanishlarni namoyon qilmaydilar, alohida ichki chegaralarga ega emas, ularga to‘siqlarning faqat tashqi turi ma’lum. Ichki olamni tashqi sharoitlarga moslashtirish, to‘g‘rilash, monandlash – bunday odamlar moslashishining umumiy usullari shulardan iborat.[2] Xarakterlar tipologiyasining asosini shaxsning etakchi yo‘nalganligi ham tashkil etishi mumkin. Mashxur nemis faylasufi va psixologi Eduard SHpranger shaxsning etakchi yo‘nalganligi bo‘yicha quyidagi tiplarni keltiradi: 1. Ilmiy odam. Faqat yagona ehtiros – tushuntirishga, aloqalarni o‘rnatishga, nazariy bilimlarni ishlab chiqishga olib boruvchi ehtirosga egadir. Uning kechinmalari voqeiy hayotdan uzilgan bo‘lib, bilish imkoniyatining mavjud emasligidan tushkunlikka tushishi, nazariy kashfiyotdan zavqlanishi mumkin. Unga faqat bilish metodlarining sofligi – qanday bo‘lsada, haqiqatga erishish qadrliroqdir. 2. Iqtisodchi odam. Bu, albatta, ishlab chiqarish bilan bog‘liq odam bo‘lishi shart emas. Eng asosiysi, shaxs turli sohalari va turmush tarzini belgilab beruvchi bosh motiv sifatida foydalilik motivining mavjudligidir. Barcha hayotiy aloqalarda bunday odam foyda chiqishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U maksimal darajada foyda olish uchun xom ashyo, kuch va vaqtni tejay oladi. Bunday odamni ishbilarmon odam deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi. 3. Estetik didli odam. Sof estetik hulq-atvorga hirs qo‘yish xos emas. Olam bilan bevosita aloqada bo‘lish doimo og‘riqli kechadi, bu yashash uchun kurash bilan bog‘liq. Lekin boshqa olam borki, bunda og‘riq quvonch kabi shirin, azob tortish shodlanish kabi ilohiylashgandir: bu fantaziya olami. Estetik tipni ko‘rib chiqishda moddiy asar yaratuvchi san’at arboblari emas, balki o‘zini yaratuvchi, estetik tipli ichki tuzilishiga ega bo‘lgan odamlar ko‘zda tutiladi. 4. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling