1 Simsiz tarmoq haqida tushuncha 2 Wi-Fi texnologiyasi haqida


Download 0.8 Mb.
bet3/11
Sana12.06.2020
Hajmi0.8 Mb.
#117827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jo'rabek 22

— Wi-Fi orqali internetga ulanishning juda soddaligi (quyida oddiy internet deb yuritiladi). Odatda Wi-Fi router doim yoqilgan holda bo‘ladi, demak noutbuklarni yonishi bilan internetga ulanadigan qilish mumkin, ya’ni noutbuk yoqiladi va siz internetdasiz. Uyali telefonlar, planshetlar, elektron kitoblarda Wi-Fi internetga ulanish bor yo‘g‘i ikki harakat bilan amalga oshiriladi, bu juda qulay;

simli internetga qaraganda, albatta optik kabelni hisobga olmaganda tezlik yuqoriroqdir, simda baribir so‘nishlar mavjud bo‘ladi, simsiz internetda ham to‘siqlar mavjud, lekin ularni aql bilan bartaraf etish mumkin, qanday qilish kerakligini bilmasangiz, qanday qilib Wi-Fi signallarini yaxshilash mumkin nomli maqolani o‘qib chiqing.

— mobilligi, ya’ni Wi-Fi routerni joyini o‘zgartirish, ko‘chib olib yurib, qayta tarmoq hosil qilishda muammo bo‘lmasligi, joyga bog‘liq emas;

— bir paytning o‘zida bir necha odam foydalanish imkoni mavjudligi, bu qandaydir ko‘rgazma va anjumanlar o‘tkazishda juda foydali.

— bino ichida ishlatishda bino tuzilishiga e’tibor berish kerak, to‘siqlar joylashuviga, ishlash auditoriyasiga, shunga mos holda yaxshi joy topib, Wi-Fi routerni o‘rnatish lozim, aks holda tezlik past bo‘lishi mumkin;

— signal uzatilish uzoqligi chegaralanganligi, masofa oshgan sari tezlik kamayib ketadi, Wi-Fi’da uzoqlik radius ko‘rinishida hisoblanadi, ya’ni signal aylana ko‘rinishida tarqaladi;

— signal ishlaydigan chastotada ishlaydigan boshqa qurilmalar bilan (Bluetooth) ta’sirlashuvi mavjudligi. Bu chastota o‘rtacha 2,4 Ggs.

himoyalanish qiyinligi, ya’ni boshqalar ham sizning internet ulanishingizdan foydalanishi mumkin, albatta shifrlash, parol degan tushunchalar bor, lekin ba’zida bular ham yordam bermasligi mumkin. Himoyalanishning eng yaxshi yo‘li, bu qurilmani MAS adresi orqali identifikatsiya qilishdir.

— Wi-Fi routerni elektr toki talab qilishi va uning qizishi, qizish orqali tashqariga issiqlik chiqadi, shunday ekan routerni o‘rnatishda yaxshilab o‘ylang. Undan tashqari routerda elektr toki darhol o‘sishi va kamayishiga ta’sirchan, himoyasi yo‘q, bu o‘zim bilan sodir bo‘lgan, tok sababli kuygan.

— WiFi tarmoq hosil qilish, simli internetga qaraganda biroz qimmatroq bo‘lishi;

— kam bo‘lsa ham nurlanishning mavjudligi, bilishimcha telefon orqali nurlanishdan 8-10 baravar kam.

Hozirgi davrda nafaqat umumiy fan va texnika, balki birgina sohaga oid barcha yangiliklardan xabardor bo’lish ham juda qiyin. Har kuni ko’plab yangi texnologiyalar, qurilmalar, dasturlar paydo bo’ladi va bu son-sanoqsiz yangiliklarni bilib olish uchun ko’p vaqt hamda kuch sarflashga to’g’ri keladi. Buning uchun o’zingizda kuch va irodalilikni his etsangiz ham, vaqtingiz yetmaydi.



Bugungi kunda axborot texnologiyalari ham jadal sur’atlarda rivojlanayotganligi hech kimga sir emas. Bu sohaning rivojlanishi bilan kundalik hayotimizga talay imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Wi-Fi tarmog’idan foydalanish ham ana shunday qulay imkoniyatlardan biridir. Mazkur tarmoqdan foydalanishda turli dasturlar zarur. Quyida ulardan ayrimlari bilan tanishib o’tamiz. Simsiz tarmoqlar to’g’risida juda ko’p o’qigan, barcha nozik tomonlari va murakkabliklarini tushunib olishga ulgurgan va havo orqali «bepul» Internetga ulanib ko’rgandirsiz. Agar ulgurmagan bo’lsangiz marhamat, yordamga tayyormiz. Simsiz aloqa uzoq 1991-yilda yaratilgan va dastlab kassa xizmatlari tizimi uchun ishlab chiqilgan edi. O’shanda axborot uzatish tezligi bor-yo’g’i 1-2 Mbit/s ni tashkil qilar edi. O’tgan davrda Wi-Fi o’zining signallari bilan sayyoramizning millionlab kvadrat kilometr yuzasini qoplashga, axborotlarni uzatish tezligini bir necha bor oshirishga hamda ko’plab sonli foydalanuvchilarni jalb etishga ulgurdi. Bu jarayonlar axborotlarni uzatishning ushbu usulini: tarmoqni ko’p mablag’ sarflamasdan yer kurrasining har qanday nuqtasida tashkil qilish imkoniyati; ulanish kabellari yo’qligi sababli mablag’larni tejash; Wi-Fi standartida ishlashni ta’minlaydigan turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarini keng tarqalishi va ularning bir-biri bilan mos ishlashi; Wi-Fi tarmog’ida rou-mingni ta’minlash kabi so’zsiz ustunliklari evaziga amalga oshdi.

Tarmoq abonenti ulanishni yo’qotmay turib, hech qanday to’siqlarsiz ulanish bir nuqtasidan ikkinchisiga o’tishi mumkin. Kun sayin «vay-fay» ning mashhurligi ortib bormoqda. So’nggi davrda mazkur simsiz tarmoqlarning keng tarqalishi qayd etilmoqda. Xalq qiziqmoqda, qulayliklarini tushunib oldi va provayderlar talabni his etdilar, shu sababli ko’plab tarmoqlarni tashkil qilmoqdalar. Yaxshi qahvaxona, barlar esa o’z mijozlariga bepul Wi-Fi taqdim etmoqdalar. Umuman aytganda, ushbu tarmoqdan foydalanish doirasi kengayib bormoqda. Ko’p sonli ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, Wi-Fi standartining qator salbiy tomonlari ham mavjud: qator mamlakatlarda axborot almashish sodir bo’ladigan chastotalar diapazonlaridan foydalanishga cheklanishlar mavjud; Wi-Fi qurilmalari ko’p energiya sarflashi bilan ajralib turadi; aloqa kanallarining buzib kirishga qarshiligi darajasi past. Eng keng tarqalgan shifrlash WEP (Wired Equivalent Privacy) standartini osongina (kalitning past mustahkamligi sababli) buzish mumkin. WAP (Wi-Fi Protected Access) va WAP2 shifrlash yangi standartlari ham ishlab chiqildi, ular hujumlarga ancha bardoshli, lekin baribir simsiz tarmoqni buzib kirish mumkin bo’lgan metodlar mavjud. Bundan tashqari, Wi-Fi tarmoqlari chegaralangan ta’sir zonasiga ega. To’g’ri ko’rish sharoitida ma’lumot almashish mumkin bo’lgan maksimal masofa taxminan 500 metrni tashkil qiladi. Yopiq, yoki bir, yoki yonma-yon kanallarda ishlayotgan ulanish nuqtasi va ulanish ochiq nuqtasi shifrlashidan foydalanuvchi signallarning bir-biri ustiga tushishi ulanish ochiq nuqtasiga ulanishga xalaqit qilishi mumkin.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling