1 Simsiz tarmoq haqida tushuncha 2 Wi-Fi texnologiyasi haqida


Download 0.8 Mb.
bet4/11
Sana12.06.2020
Hajmi0.8 Mb.
#117827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jo'rabek 22



Ushbu muammo nuqtalar juda zich holatlarida yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari o’rtasida to’la moslik bo’lmasligi ham mumkin. Shunday holat misol uchun, IEEE 802.11n standarti xomaki versiyasida sodir bo’ldi. Yetakchi kompyuter ishlab chiqaruvchilari «Draft N» leyblari bilan qurilmalarni ishlab chiqara boshladilar, biroq ma’lumotlar uzatish 802.11n standarti bo’yicha mosligini ular faqatgina o’zlarining rusumlari «devayslari» bilan ta’minladilar. Barcha dasturlar Realtek chipida kiritilgan simsiz adapteri bo’lgan Asus P5K-E ona platali kompyuterlarda o’rnatildi. Simsiz ulanish nuqtasi sifatida U.S. Robotics Wireless MAXg Wireless Access Point (USR5451) qurilmasidan foydalanildi. Wi-Fi adapterini sozlash uzatilayotgan ma’lumotlar WPA2-PSK xavfsizlik protokoli bo’yicha shifrlanadigan qilib sozlandi. Ulanish nuqtasi tasodifan bo’lmasligi uchun, uning sozlashlarida MAC-manzillar bo’yicha tarmoqqa ulanish aniq ko’rsatildi. To’g’ri, bu holatda ham buzib kirish xavfi qoladi, lekin bu endi ancha murakkab, faqatgina juda mohir xakerlarni qo’lidan keladigan jarayon bo’ladi. Bu ulanish nuqtasini izlash eng mashhur dasturlaridan biri hisoblanadi. Foydalanish juda oddiy va juda ko’p axborotlarga boy. Jiddiy sozlashlarni talab qilmaydi; ishga tushirasiz va boshqa hech narsa to’g’risida o’ylamaysiz. Utilitasi ulanish nuqtasi quyidagi ko’rsatkichlarini: SSID (tarmoq nomi), MAC-manzil, foydalaniladigan radiokanallar soni (Channel), uzatish tezligi (Speed), Wi-Fi nuqtasi ishlab chiqaruvchisini, yaratilgan tarmoq turini (Type), foydalaniladigan shifrlash turini (Encryption), hosil qilinayotgan quvvatini detsibellarda (SNR), hosil qilinayotgan signal quvvatini dbm larda (SignalQ) hamda koordinatalarini (Latitude, Longitude) to’plashga qodir. Koordinatalari GPS qurilmasi bilan sinxronlashtirish uchun kerak va «vardrayverlarga» juda kerak bo’ladi. Dasturga kirishda fayl yaratiladi va unda topilgan ulanish nuqtasi to’g’risida barcha ma’lumotlar saqlanadi. Har qanday shaharda osonlik bilan Wi-Fi tarmog’i bilan qoplanish xaritasini yaratish, keyin esa qiziqishi bo’yicha o’z safdoshlari bilan almashish mumkin. Ko’rsatkichlari bo’yicha «xot spotlarni» saralash qulay usuli qo’llanilgan. Agarda dasturning sozlashlariga qaraydigan bo’lsak, bu yerda hech bir qiyinchiliklar yo’qligini ko’ramiz. Asosiy punktlarida quyidagilarni aytib o’tish zarur: sizning GPS qabul qiluvchingiz asoslangan skanerdan o’tkazish va chipni tanlash tezligini boshqarish. Bir juda g’aroyib holatni aytib o’tish zarur: dastur ulanishda foydalaniladigan shifrlash turini noto’g’ri aniqladi. WPA2 o’rniga u WEP ni ko’rsatdi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling