1 Simsiz tarmoq haqida tushuncha 2 Wi-Fi texnologiyasi haqida


Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari


Download 0.8 Mb.
bet2/11
Sana12.06.2020
Hajmi0.8 Mb.
#117827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jo'rabek 22


Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari

Simsiz qurilmalarni to’rtta kategoriyaga ajratish mumkin: noutbuklar, cho’ntak kompyuterlari (PDA), simsiz infratuzilma (ko’priklar, foydalanish nuqtalari va h.) va uyali telefonlar. Noutbuklar — korporativ simsiz tarmoqlarda va SOHO (Small Office Home Office - kichik va uy ofislari) tarmoqlarida keng tarqalgan qurilma. Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday kompyuterlarni xarid qilishdagi parametrlardan biri-uning o’lchami. Noutbuk qanchalik kichkina bo’lsa, u shunchalik qimmat turadi. Boshqa tarafdan, noutbuk qanchalik kichkina bo’lsa, uni o’g’irlash shunchalik osonlashadi. SHifrlash kalitlarining, masalan, WEP-kalitlar (Wired Equivalent Privacy), dasturiy kalitlar, parollar yoki shaxsiy kalitlarning (PGP, Pretty Good Privace kabilar) yo’qotilishi katta muammo hisoblanadi va uni ilovalar yaratilishi bosqichidayoq hisobga olish zarur. Niyati buzuq odam noutbukni o’z ixtiyoriga olganidan so’ng aksariyat xavfsizlik mexanizmlari buzilishi mumkin.Noutbuklarning mobilliligi ularning korporativ tarmoqlararo ekranlar (brandmauerlar) bilan himoyalanmagan boshqa tarmoqlar bilan ulanish ehtimolligini oshiradi. Bu Internet-ulanishlar, foydalanuvchi tarmoqlar, asbob-uskuna ishlab chiqaruvchilarining tarmog’i yoki raqiblar ham joylanuvchi mehmonxona yoki ko’rgazmalardagi umumfoydalanuvchi tarmoqlar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda mobil kompyuterlarning axborot xavfsizligi xususida jiddiy o’ylanish lozim.



Noutbuklarning fizik saqlanishlarini ta’minlash usullaridan biri-xavfsizlik kabelidan foydalanish. Ushbu kabel noutbukni stolga yoki boshqa yirik predmetga "boylab" qo’yishga mo’ljallangan. Albatta, bu yuz foizlik kafolatni bermaydi, ammo har xolda o’g’rining anchagina kuch sarf qilishiga to’g’ri keladi.Noutbuklarning tez-tez o’g’irlanishi sababli, axborotni arxivlashning xavfsizlikni ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas. SHifrlash dasturlari fayllar xavfsizligini ta’minlashda yoki qattiq disklarda shifrlangan ma’lumotlar xajmini yaratishda ishlatiladi. Bu ma’lumotlarni rasshifrovka qilish uchun, odatda, parolni kiritish yoki shaxsiy kalitlarni ishlatish talab etiladi. Barcha axborotlarni shifrlangan fayllarda yoki arxivlarda saqlanishi kerakli fayllar to’plamini arxiv uchun nusxalashni yengillashtiradi, chunki ular endi ma’lum joyda joylashgan bo’ladi. O’g’rilar uchun noutbuklar "birinchi nomerli nishon" ekanligini foydalanuvchilar tushunib yetishlari va ularni qarovsiz qoldirmasliklari zarur. Hatto ofislarda noutbukni kechaga qoldirish mumkin emas, chunki ofisga ko’p kishilar (kompaniya xodimlari, farroshlar, mijozlar) tashrif buyuradilar.Axborotning chiqib ketishi noutbuk egasining ko’p odamlar to’plangan joylarda ham sodir bo’lishi mumkin. Samolet - kompaniya menedjerlari foydalanadigan odatdagi transport vositasidir. Samoletda qo’shni kreslodagi yo’lovchi noutbuk egasining yelkasi ustidan muhim axborotni o’qib olishi mumkin. Hatto "uy sharoitidagi" noutbuklar ham himoyalanishi zarur. Bu holda kompyuterning himoyasi server himoyasidan farqlanmaydi. Juda ham zarur bo’lmagan servislarning o’chirilishi qurilma ishlashini yaxshilaydi. O’zining dasturiy ta’minotini noutbukka o’rnatgan niyati buzuq odam xavfsizlikning barcha mexanizmlarini chetlab o’tish imkoniyatiga ega bo’ladi. Kompyuterni o’z ixtiyoriga olgan o’g’ri unga o’zining dasturini o’rnatganida uni tuxtatib bo’lmaydi. BIOSda (Basic Input/Output System-kiritish/chiqarishning bazaviy tizimi) va qattiq diskda o’rnatilgan parollar o’g’rilangan noutbukdan foydalanishga to’sqinlik qilishi mumkin. Ushbu barcha vositalar, afsuski, tajribali xaker uchun to’siq bo’laolmaydi

Wi-Fi texnologiyasi haqida

Wi-Fi(Wireless Fidelity) — ingliz tili soʻzlaridan tashkil topgan boʻlib, «simsiz vafolik» maʼnosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli maʼlumotlarni radiokanallar orqali joʻnatish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, kabelli tarmoqni oʻrnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga maʼlumki albatta kabelli tarmoqli kompyuter tarmogʻini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmogʻini qoʻlda oʻrnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini oʻrnatish talab qilinishini hamma bilishligi aniq. Wi-Fi — radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz maʼlumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmogʻi orqali WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda albatta yuqori radiotoʻlqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda maʼlumot almashinishini koʻrish mumkin boʻladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmogʻini tushirish kabi mablagʻli jarayon uchun mablagʻlaringizni tejash bilan birga, oʻrnatishni oddiyligi esa murakkab texnik oʻrnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qoʻyadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radiotoʻlqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga oʻxshagan toʻsiqlardan ham oʻtib ketaveradi va umuman hech narsa unga toʻsiq boʻla olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar oʻz-oʻzidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Koʻpchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yoʻlidagi toʻsiqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bogʻliq boʻladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham boʻlishi mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham boʻgliq boʻladi. Wi-Fi standartlari haqida toʻliqroq keyingi boʻlimda tanishishingiz mumkin boʻladi. Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmogʻida ham maʼlumotlarning oʻtkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bogʻliq boʻladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson oʻrnatilishida boʻlsa ikkinchisi esa Wi-Fi tarmogʻini kengaytirishdagi muammolarni umuman yoʻqligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson boʻlgan eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolagʻa boʻlmasa kerak. Ushbu WLAN tarmoʻgini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning oʻzigina kifoya. Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan foydalanuvchi oʻzini bemalol quyidagi imkoniyatlarni egasiligiga deb hisoblashi mumkin: 1. koʻpfunksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qoʻshimcha qurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma 2. yuqori tezlikda uzoq masofalarga maʼlumot almashinish imkoniyatiga ega boʻlasiz 3. tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga oshirishni keragi yoʻq:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi. 4.Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan boʻladi. Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerakki quyida keltirib oʻtilgan barcha maʼlumotlar tashqi tarmoq tegishli albatta achinarli holat hisoblanadi.Wi-Fi texnologiyasi haqida yozishni davom ettiraman, oldinigi maqolada Wi-Fi nima? degan savolga javob berdim. Bu maqolada esa bu texnologiyaning afzallik va kamchiliklarini yozib o‘taman. Demak, dastlab Wi–Fi Alliance markasi asosida yuritiladigan va IEEE802.11 standarti asosida ishlaydigan Wi-Fi texnologiyasining afzalliklarini ko‘rib chiqamiz.— eng asosiy afzalligi bu — oyoq tagida o‘ralashib yotadigan simlarning mavjud emasligidir. Ko‘p hollarda simlar ish jarayonida, yig‘ishtirish davomida juda halaqit beradi, ayniqsa bu simlar tartibsiz joylashgan bo‘lsa, undan tashqari simlar xunuk ko‘rinadi va e’tiborni tortadi (kimlar uchundir).

— Wi-Fi texnologiyasi asosida, tarmoq hosil qilish, tarmoqni boshqarish, sozlash va monitoring qilishning juda soddaligi. Hozirda chiqarilayotgan Wi-Fi routerlarning veb admin paneli mavjud bo‘lib, bu panel ishlash uchun juda qulay;


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling