1 Simsiz tarmoq haqida tushuncha 2 Wi-Fi texnologiyasi haqida


Download 0.8 Mb.
bet6/11
Sana12.06.2020
Hajmi0.8 Mb.
#117827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jo'rabek 22



Installyatsiya paytida 2hotspot servisi paydo bo’ladi. Unga bosib va kontekstli menyudan Connect to Network punktini tanlagandan so’ng siz 2hotspot.com saytiga kirasiz, bu yerda o’z ulanish nuqtangizni ro’yxatga kiritishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun o’z koordinatalaringizni kiritish (1-qadam), tarmoq ko’rsatkichlarini (tijorat yoki bepul), SSID, qutlov matnini hamda bepul saytlar va ishonilgan qurilmalar ro’yxatini (2-qadam) kiritish kerak bo’ladi. 3-qadamda bir vaqtda tarmoqqa kirishi mumkin bo’lgan foydalanuvchilar maksimal sonini va ulanish maksimal tezligini aniqlash zarur bo’ladi. Shundan keyin sizning tarmog’ingizga ulangan har bir kompyuter ro’yxatdan o’tish yoki o’z paroli va loginini kiritish taklifi bilan boshlang’ich sahifaga kiradi. Bir akkaunt doirasida turli SSID’lar bilan bir necha simsiz tarmoqlar ko’rsatilishi mumkinligini aytib o’tish zarur. WirelessMon — ulanish nuqtalarini izlash uchun yana bir qiziqarli dastur. Netstumbler’ga qaraganda ancha do’stona va chiroyli interfeysini aytib o’tamiz. Utilitasi quyidagi ulanish nuqtasi ko’rsatkichlarini beradi: SSID, MAC-manzil, dbm (RSSI)da yetkazib beriladigan signali quvvati, foydalaniladigan radiokanallar soni (Channel), ta’minlanadigan uzatish tezligi (Rates Supported), hosil qilingan tarmoq turi (Infrastucture), foydalaniladigan modulyatsiya turi (Network Type). Afsuski tanlangan modulyatsiya turi ko’rsatilmaydi, faqat uning borligi yoki yo’qligi ko’rsatiladi (Security). Ulanish nuqtasi geografik koordinatalariga bog’lanish bilan GPS navigatorini ta’minlash ham amalga oshirilgan. Dasturning asosiy oynasida bir necha ilovalar mavjud, ulardan har biri o’z axborotlariga ega. Ularning birida haqiqiy vaqt grafigini ko’rish mumkin, u signal darajasini, uzatish tezligini, uzatilgan va qabul qilingan axborotlar sonini ko’rsatishi mumkin. Sozlashlarida operatsion tizimni ishga tushirishda dasturni yuklashni kiritish mumkin.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling