1 Simsiz tarmoq haqida tushuncha 2 Wi-Fi texnologiyasi haqida


Download 0.8 Mb.
bet8/11
Sana12.06.2020
Hajmi0.8 Mb.
#117827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jo'rabek 22



Wi-Fi ulanish nuqtalarini aniqlash dasturlarida ularning ko’rsatkichlarini ko’rsatishda signal kuchi darajasini ko’rsatuvchi punkti bor. Turli utilitalarda bu ko’rsatkich turli kattaliklarda: detsibellarda va dbm beriladi. Detsibellarda ifoda etilgan bir xil son qiymati turli fizik kattaliklariga signallar turli darajalari (aniqrog’i, darajalari farqi) to’g’ri kelishi mumkin. Shuning uchun chalkashishni oldini olish maqsadida shunday «aniqlashtirilgan» o’lchov birliklarini o’sha «dB» harflari bilan, ammo o’lchanayotgan fizik kattalikni umumiy qabul qilingan ifodasi — indeksi qo’shib ko’rsatiladi. «dBm» ham yoki inglizchasiga dbm ham shunday kattalik hisoblanadi. Ushbu ifoda Wi-Fi nuqtasi berayotgan quvvati 1 millivatt hisobida olinishini anglatadi.

Wireless Snif — bu simli simsiz Wi-Fi tarmoqlari «snifferi». U tarmoq trafigi tahlilini bajaradi, IP, IPX, TCP, UDP, ICMP va NetBEUI protokollari bilan ishlay oladi, simsiz va lokal tarmoqlardan olingan paketlarni turlarga ajratishi va saqlashga imkon beradi. Har bir protokolni alohida tanlab olish va u bilan axborotlarni, paketni to’laligicha kuzatish mumkin. To’plamda ICQ Snif 3.0.40 dasturi, ICQG`IRCG`MSNG`Email mijozlar «snifferi» taqdim etiladi. Juda oddiy bezatilganini va ikkala dasturda ham Help-fayli axborotlarga boy emasligini aytib o’tmoqchimiz. Wireless Snif va ICQ Snif ko’rsatib beradigan harflar va raqamlarni tushunib olish ancha qiyin. Birinchi navbatda, bu dasturdan nimani istashlarini yaxshi biladigan tajribali insonlarga mo’ljallangan «sniffer’lar». Wireless Snif’da ham va ICQ Snifda ham sozlashlar yo’q. Barcha axborotlarni log-faylga oddiygina yozib olish va loyihachining Ufasoft saytidan avtomatik yangilashni ishga solish mumkin.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling