1-sinf o'quvchilariga masalalar yechishga o'rgatish metodikasi Mundarija Kirish


Boshlangich sinf matematika kursida masala yechish bosqichlari


Download 150 Kb.
bet3/9
Sana21.04.2023
Hajmi150 Kb.
#1374228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 sinf o\'quvchilariga masalalar yechishga o\'rgatish metodikasi

1.1.Boshlangich sinf matematika kursida masala yechish bosqichlari
Bolalarni masala yechishga orgatish - bu berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi boglanishni aniqlashni va buning asosida arifmetik amallarni tanlash haqida ularni bajarishini organish demakdir.
Masalalarni yechish uquvida oquvchilar egallashi lozim bolgan markaziy zveno berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi boglanishni ozlashtirishdir. Masalalar yecha olish uquvlari bu boglanishlarni qanchalik yaxshi ozlashtirganligiga bogliqdir. Shuni hisobga olgan holda boshlangich sinflarda yechilishi berilgan sonlari va nomalumlar orasidagi bir xil boglanishlarga asoslangan, aniq mazmuni va sonli berilganlari bilan esa farq qiluvchi masalalar guruhi bilan ish koriladi. Bunday masalar guruhini bir turdagi masalalar deb ataladi.
Masalalar ustida ishlash oquvchilarni avval bir turdagi songra boshqa turdagi masalalarni yechishga majburlashga olib kelishi kerak emas. Uning asosiy maqsadi oquvchilarni turli hayotiy vaziyatlardagi berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi malum boglanishlarni ularni murakkablashib borishini kozda tutgan holda aniqlab olishga orgatishdir. Bunga erishish uchun oqituvchi masalalarni yechishini orgatishda malum maqsadlarni kozlaydigan bosqichlarini kozda tutishi lozim.
Birinchi bosqichda oqituvchi korilayotgan turdagi masalalarni yechishga tayyorgarlik ishini olib boradi. Bu bosqichda oquvchilar maskur masalalarni yechishda tegishli amallarni tanlash uchun asos boladigan boglanishlarni ozlashtirishlari lozim. U yoki bu turdagi masalalarni yechishga tayyorgarlik ishi arifmetik amallarni tanlashda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi qanday boglanishga tayanishga bogliq. Shunga muvofiq masala yechishga doir maxsus mashqlar otkaziladi:
Kop xollarda masalalar yechishga qadar toplamlar ustida amallar bajariladi. Toplamlar ustida amallar yordamida ta kam, ortiq”, ta kichik”, marta katta”, ”... marta kichik” ifodalarining manosini ochib beriladi, bu ayirma va karrali munosabat bilan boglangan masalalarni kiritishga tayyorgarlik boladi;
Kop arifmetik masalalar kattaliklar (uzunlik, massa, hajm, vaqt va hakozo) bilan boglangan, shuning uchun u yoki bu masalaga yangi kattalikkiritishdan oldin bolalarni bu kattalik bilan tanishtirish kerak;
Kop masalalarni yechishda amallar bu kattaliklar orasida mavjud boglanishlarga asoslanib tanlanadi. Amallarni tanlashda oquvchilar bu boglanishlarni idrok qila olishlari va foydalana bilishlari uchun kattaliklar orasidagi boglanishni masalalami bu kattaliklarning aniq manosi asosida yechish yoli bilan ochib berish kerak;
Murakkab masalalami yechish qator sodda masalalami yechishga keltitiladi, shuning uchun murakkab masalalarni yechishga tayyorgarlik tegishli sodda masalalarni yechishga orgatish boladi.
Ikkinchi bosqichda oqituvchi korilayotgan turdagi masalalarning yechilishi bilan oquvchilarni tanishtiradi.
Tegishli tayyorgarlik ishlarini kozda tutgan holda, bolalarni korilayotgan turdagi masalalarning yechilishi bilan tanishtirishga otish mumkin. Bunda oquvchilar berilgan sonlar va nomalum son orasidagi boglanishni aniqlash, buning asosida arifmetik amalalarni tanlashni organadilar, yani masalalarda ifodalangan konkret vaziyatdan tegishli arifmetik amalni tanlashga otishni organadilar. Bunday ishlarni olib boorish natijasida oquvchilar korilayotgan turdagi masalalarni yechish usuli bilan tanishadilar. Masalalar yechishga orgatishni bu ikkinchi bosqichida quyidagi etaplarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
- etap - masala mazmuni bilan tanishtirish;
- etap -masala yechishni izlash;
- etap -masalani yechish;
- etap -masala yechishni tekshirish.
Ushbu etaplar bir - biri bilan uzviy boglangan. Ularni koraylik.
Masala mazmuni bilan tanishish - uni oqib, masala aks ettirilgan hayotiy vaziyatni koz oldiga keltirish, demakdir. Masalani oqiganda, masalada aks ettirilgan hayot vaziyatni tasavvur qila olishlari lozim. Shu maqsadga bolalar masalani oqib bolganlaridan keyin, masalada nima togrisida gap ketayotganini tasavvur qilib korishlarini va hikoya qilib berishlarini taqlid qilish maqsadga muvofiq.
Masala mazmuni bilan tanishgach, uning yechimini izlashga otish mumkin: oquvchilar masalaga kirgan kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib korsatishlari, berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidan boglanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik amalni tanlaydilar.
Masalaning yechilishi bu yechim rejasi tuzilayotganda tanlangan arifmetik anallarni bajarish demakdir. Bunda har bir amalni bajara turib nimani topayotganimizni tushuntirish shart. Masala yechimi ogzaki yoki yozma ravishda bajarilishi mumkin.
Masala yechimini tekshirish degan soz bu yechim togri yoki xatoligini aniqlash, demakdir. Bunda asosan quyidagi usullardan foydalaniladi:
Teskari masla tuzish va uni yechish;
Masalani yechish natijasida hosil qilingan sonlar bilan berilgan sonlar orasida moslik ornatish;
Masalani turli usullar bilan yechish;
Javobni chamalash.
Uchinchi bosqichda oqituvchi korilayotgan turdagi masalalarni yechish oquvchini shakllantiradi. Oquvchilar bu bosqichda korilayotgan turdagi istalgan masalani uning aniq mazmunidan qatiy nazar yechish organishlari kerak, yani bu turdagi masalalarni yechish usullarini umumlashtirishlari lozim.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling