1. Sodda va qo‘shma gaplar orasidagi sinonimiya
Download 67 Kb.
|
11-mavzu Qo‘shma gap lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati
Dangasaning bahonasi ko‘p (Maqol).
Bu sodda gap mazmunini quyidagi qo‘shma gap orqali berish mumkin: Kim dangasa bo‘lsa, uning bahonasi ko‘p bo‘ladi. 4. Tilda bir ma’no bir necha vosita yordamida ifoda etilishi mumkin. Bu imkoniyatning mavjudligi ba’zi sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantirishda juda qo‘l keladi. Masalan: Nonsiz yashab bo‘lmaydi. Suvsiz hayot yo‘q. Bu sodda gaplarni qo‘shma gaplarga quyidagicha aylantirish mumkin: Non bo‘lmasa, yashab bo‘lmaydi. Suv bo‘lmasa, hayot yo‘q. Yuqoridagi sintaktik konstruksiyalarda bir grammatik ma’no – «yo‘qlik» ma’nosi bir o‘rinda (sodda gapda) – «siz» sifat yasovchi qo‘shimchasi orqali, ikkinchi o‘rinda (qo‘shma gapda) fe’lning bo‘lishsiz shakli – «bo‘lmasa» so‘zi orqali ifodalangan. Faqat shuning evazigagina sodda gaplar qo‘shma gapga sinonim holda qo‘llangan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin: Kitobsiz bilim yo‘q – Kitob bo‘lmasa, bilim yo‘q. Tikansiz gul bo‘lmas – Tikani bo‘lmasa, gul bo‘lmas. Quyidagi sinonimik qatorlarda esa payt ma’nosi qo‘shma gaplarda mustaqil so‘zlar orqali, sodda gaplarda yordamchi so‘zlar orqali ifoda etilgan, natijada sinonim gaplar yuzaga kelgan: Qo‘shma gap: Urush tugasa, botir ko‘payar. Sodda gap: Urushdan so‘ng botir ko‘payar. 5.Tarkibida predikativ qo‘shilma xarakteridagi otlashgan birikmalari mavjud bo‘lgan sodda gaplar qo‘shma gaplar bilan sinonimik qator hosil qiladi. Sodda gaplar, ko‘pincha, maqollardan iborat bo‘ladi: Fikri ravshanning so‘zi ravshan. Qorni to‘qning qorni ochdan xabari yo‘q. Bo‘ynida illati borning oyoi qaltiraydi. Bu sodda gaplarni qo‘shma gapga aylantirish uchun uning tarkibidagi birikmali aniqlovchilar nisbiy olmosh yordamida shakllangan ergash gap shaklida keltiriladi: birikma bosh kelishik shaklida qo‘llanib, uning oldidan qaratqich kelishigidagi nisbiy olmosh, birikma so‘ngidan esa «bo‘lsa» fe’li keltiriladi, natijada aniqlovchi ergash gap hosil bo‘ladi: Kimning fikri ravshan bo‘lsa, uning so‘zi ravshan bo‘ladi. Kimning qorni to‘q bo‘lsa, uning qorni ochdan xabari yo‘q. Kimning bo‘ynida illati bor bo‘lsa, uning oyog‘i qaltiraydi. Sifatdoshdan keyin kelgan otni oldingi o‘ringa o‘tkazish yo‘li bilan ham sodda gap qo‘shma gapga aylantiriladi: Sodda gap: Olamni yoritgan quyosh kabi, ilm ham inson yo‘lini yoritadi (P.Qodirov). Qo‘shma gap: Quyosh olamni yoritsa, ilm inson yo‘lini yoritadi. 7. Tarkibida izoh talab qiluvchi so‘zlar ishtirok etgan sodda gaplarni qo‘shma gapga aylantirish mumkin: Bunaqa paytda kishi haqiqat izlab qoladi (O‘.Hoshimov). Shunaqa kunlarda bir-birimizga asqotishimiz kerak (So‘zlashuv nutqidan). Bu sodda gaplar mazmunini qo‘shma gaplar orqali shunday ifodalash mumkin: Shunday paytlar keladiki, kishi haqiqat izlab qoladi. Shunaqa kunlar bo‘ladiki, bir-birimizga asqotishimiz kerak. Ko‘rinadiki, bunday sinonimik qatorda murakkb tushunchani ifodalovchi so‘z birikmalari (bunaqa paytda, shunaqa kunlarda) o‘rnida nisbiy fikr anglatuvchi predikativ birikmalar (shunaqa paytlar keladiki, shunaqa kunlar bo‘ladiki) qo‘llanadi. Ayrim sodda gaplarni ba’zan bog‘lovchisiz qo‘shma gap holida ham berish mumkin: A) sodda gap: Cholning ko‘chada allakim bilan gaplashayotganini payqagan Mehribon buvi eshikdan chiqib keldi (H.G‘ulom). B) qo‘shma gap: Chol ko‘chada allakim bilan gaplashayotgan edi, uni payqagan Me’ribon buvi eshikdan chiqib keldi. Yuqoridagi ikki sintaktik konstruksiya umumiy bir mazmunni ifodalashi jihatdan uncha farq qilmaydi. Farq ularning tuzilishida: bir o‘rinda fikr sodda gap orqali, ikkinchi o‘rinda qo‘shma gap orqali ifoda etilgan. Bu ikki gap turi o‘zaro stilistik qo‘llanishi, ekspressivligi jihatdan farqlanadi. Sodda gapda ifodalanmay qolgan payt, sabab ottenkalari qo‘shma gapda to‘la o‘z aksini topgan: birinchi komponent ikkinchi komponentdagi harakatning sodir bo‘lish paytini hamda sababini ko‘rsatishga xizmat qilgan. Sodda gapda esa bunday imkoniyat yo‘q. Xullas, yuqoridagi kabi grammatik holatlarni ko‘plab keltirish mumkin. Qanday gap strukturasidan foydalanish har bir muallifning individual uslubiga bog‘liq holda yuzaga chiqariladi. Qo‘shma gaplar va sodda gaplar orasidagi sinonimiya haqida gap ketganda, yana bir holatni ta’kidlash lozim: qo‘shma gaplarning hamma turini ham sodda gaplarga aylantirib, sinonimik qator hosil qilib bo‘lmaydi. Masalan: quyidagi sintaktik konstruksiyani olib ko‘raylik: Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling