1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?


 Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi qaysi normativ


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1001265
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
suhbat (1)

 
36. Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi qaysi normativ 
hujjatga .. tasdiqlangan? 
PQ-4389 
10.07.2019 imzolangan 
11.07.2019 kuchga kirgan 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
SOLIQ MA’MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA 
QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA 
37. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi qanday organ 
hisoblanadi? 
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi (keyingi o'rinlarda qo'mita deb 
ataladi) soliq to'g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy 
manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash sohasidagi nazorat bo'yicha respublika 
davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 
Qo'mita O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi. 
Qo'mita o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va 
qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, 
shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan 
qarorlar davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, soliq 


to'lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun 
majburiy hisoblanadi. 
Qo'mita, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat 
soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari (keyingi 
o'rinlarda davlat soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), Yirik soliq 
to'lovchilar bo'yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o'rinlarda 
hududlararo inspeksiya deb ataladi), shuningdek, qo'mita tizimiga kiradigan 
tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri 
tushirilgan hamda o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g'aznachiligida shaxsiy g'azna 
hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi 
hisobraqamlariga ega. 
Davlat soliq hizmati organlari o'z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat 
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda 
amalga oshiradilar. 
Qo'mitaning rasmiy nomi: 
 
a) davlat tilida: 
1. to'liq nomi - O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi; 
2. qisqartmasi - Davlat soliq qo'mitasi yoki DSQ; 
 
b) rus tilida: 
1. to'liq nomi - Gosudarstvennыy nalogovыy komitet Respubliki 
Uzbekistan; 
2. qisqartmasi - Gosudarstvennыy nalogovыy komitet yoki GNK 
 
v) ingliz tilida: 
1. to'liq nomi — State Tax Committee of the Republic of Uzbekistan
2. qisqartmasi — State Tax Committee yoki STC; 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling