1. Soliq auditini o’tkazishga doir cheklovlar to’g’risida gapirib bering?


Yuridik shaxslarning turlarini sanab bering


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1001265
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
suhbat (1)

40. Yuridik shaxslarning turlarini sanab bering 
Yuridik shaxs — fuqarolik huquq va majburiyatlarining subʼyektlari 
hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. OʻzR fuqarolik qonunchiligiga 
koʻra, Yuridik shaxs oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida 
alohida molmulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu 
molmulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy 
huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni 
bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar boʻla oladigan tashkilotdir. Yuridik 
shaxs lar mustaqil balans yoki smetaga ega boʻlishlari kerak. 
Oʻzbekiston Respublikasining FKda Yuridik shaxslarning quyidagi 2 turi 
farqlanadi: 
1) tijoratchi tashkilotlar, yaʼni foyda olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib 
olgan tashkilotlar. Mas, xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari
iqtisodiy sheriklik, jamiyatlar, sheriklik, kooperativlar yoki umumiy korxonalar); 
2) tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar, yaʼni foyda olishni oʻz faoliyatining asosiy 
maqsadi qilib olmagan tashkilotlar. Mas, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini 
oʻzi boshqarish organlari, mablag'lar, davlat idoralari, diniy jamiyatlar, uyushmalar 
va boshqalarning mablag'laridan tashqari 
41. Sayyor soliq tekshiruvi haqida gapirib bering 
139-modda. Sayyor soliq tekshiruvi 
Soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash 
sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor 
soliq tekshiruvidir. 
Sayyor soliq tekshiruvi chog‘ida hisobga olish hujjatlarining,


tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek soliq 
to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi. 
Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida soliq organlari profilaktika 
tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa 
texnikasi va to‘lov terminallari qo‘llanilishini tekshirishga va soliq nazoratining 
boshqa tadbirlarini o‘tkazishga haqli. 
Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i 
asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning 
familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‘tkazish 
muddatlari va maqsadi ko‘rsatiladi. 
Sayyor soliq tekshiruvi o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi. 
Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sana ushbu 
tekshiruvni o‘tkazish muddatining boshlanishi
deb hisoblanadi. 
Soliq to‘lovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini topshirilgan kun sayyor 
soliq tekshiruvi muddatining tugashi
deb hisoblanadi. 
Sayyor soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq organlari tomonidan soliqlar va 
yig‘imlarni hisoblash amalga oshirilmaydi. 
Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlaydi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling