1-son davolash fakulteti 117-b guruh talabasi abdillayev umidjonning
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdillayev Umidjon Biologiya 3 gelmentlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gelmintologiya
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 1-SON DAVOLASH FAKULTETI 117-B GURUH TALABASI ABDILLAYEV UMIDJONNING BIOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI TIBBIYOT GELMINTOLOGIYASI Gelmintologiya (gelmintlar va ...logiya) — parazit chuvalchanglar — gelmintlar hamda odam, hayvonlar va oʻsimliklarda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni oʻrganadigan fan. G. parazit chuvalchanglarning tuzilishi, fiziologiyasi, biokimyosi, rivojlanishi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va zoologiya sistemasidagi oʻrnini, shuningdek ularning xoʻjayin organizmiga taʼsirini oʻrganadi, Gelmintoz kasalliklarga (qarang [[ Gelʼmintozlar ) tashhis qoʻyish]], ularning klinik belgilari , patogenezi , epidemiologiyasi va epizootologiyasini oʻrganish , ular asosida davolash va profilaktik tadbirlar ishlab chiqish ham G .ning vazifalariga kiradi. Parazit chuvalchanglarni oʻrganish tufayli G., bir tomondan, zoologiyaning bir tarmogʻi boʻlsa, ikkinchi tomondan, gelmintlarning patogenlik xususiyati va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganish orqali klinik fanlar — patfiziologiya, patanatomiya, biokimyo, immunologiya va b. bilan bogʻlangan. Amaliy G. tibbiyot va agronomiya G.siga ajratiladi. G.ning bunday boʻlinishi aksariyat sunʼiy boʻlsada, amaliy jihatdan zarur hisoblanadi. Tibbiyot G.si odam organizmida parazitlik qiladigan gelmintlarni oʻrganadi. Agronomiya G.si oʻsimliklar gelmintlarini oʻrganish va ularga karshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Veterinariya G.si esa xonaki, ov qilinadigan va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiladigan gelmintlarni va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganadi. Odamlarda parazitlik kiladigan gelmintlar toʻgrisidagi dastlabki maʼlumotlar Abu Ali ibn Snnoning "Kitob-ash-shifo" asarida uchraydi. Unda ibn Sino odam ichagida parazitlik qiladigan "katta va uzun qurt" (qoramol tasmasimoni), "qovoq urugʻiga oʻxshash qurt"(qovoqsimon gijja), "mitti qurt" (kichik zanjirsimon gijja) va b. hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida maʼlumotlar bergan Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling