1-son davolash fakulteti 117-b guruh talabasi abdillayev umidjonning


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana21.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1374188
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdillayev Umidjon Biologiya 3 gelmentlar

Yassi chuvalchanglar — tuban chuvalchanglar tipi. 
Gavdasi 2 tomonlama simmetriyali, choʻziq, koʻpincha
orqaqorin yoʻnalishida yassilashgan. Uz. 0,2 mm dan 18 
m gacha. Erkin yashovchi turlarining gavda qoplogʻichi
— kiprikli epiteliy, parazitlariniki — ichkariga botib
kirgan yadrosiz qavat — tegumentdan iborat. Parazit
turlari tanasining oldingi, baʼzan keyingi tomonida
soʻrgʻichlar, soʻrgʻichli disk, klapanlar va irmoklardan
iborat yopishuv organlari boʻladi. Ogʻzi tanasining qorin
yoki oldingi tomonida. Halqumi rivojlangan, ichagi
toʻgʻri (shoxlanmagan, 2—3 yoki koʻp marta) shoxlangan, 
baʼzi erkin yashovchi turlarida rivojlangan; tasmasimon
chuvalchanglarda ikkilamchi tarzda yoʻq boʻlib ketgan. 
Ichakning keyingi boʻlimi va anal teshigi boʻlmaydi. 
Tuban ichaksiz kiprikli chuvalchanglar ozigʻi hazm qilish
parenximasida hazm boʻladi; tasmasimon
chuvalchanglarda va ayrim boshqa guruhlarda oziq
butun tana yuzasi orqali shimiladi.


Jigar qurti (Fasciola hepatica) - soʻrgʻichlilar sinfiga mansub
parazit chuvalchang turi. Tanasining rangi oqish yoki
jigarrang , shakli yaproqsimon. Uz. 20–30 mm, eni 8–13 mm; 
oldingi uchki qismi konussimon toraygan. Soʻrgʻichlari ikkita. 
Oldingi ogʻiz soʻrgʻichi oʻrtasida ogʻiz teshigi boʻladi. Ogʻiz
soʻrgʻichidan orqaroqda ikkinchi qoʻshimcha qorin soʻrgʻichi
joylashgan. 1- va 2-soʻrgʻichlar oʻrtasida jinsiy teshigi, 
tanasining orqa uchida ayirish organi teshigi bor. J. q., 
asosan, tuyoqli sut emizuvchilar (qoramol, qoʻy, echki, tuya, 
ot, choʻchqa va b.) hamda odam jigari oʻt suyuqligi yoʻllarida
parazitlik qiladi; oʻt va oʻt yoʻlidagi yemirilgan
hujayralarning parchalanish mahsulotlari bilan oziqlanadi, 
Tuxumlari axlat bilan suvga tushganida ulardan kiprikli
miratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka suvda suzib yurib, 
oʻzining oraliq xoʻjayini — kichik suv shilligʻi (Galba 
truncatula)HH topib, uning ichiga kirib oladi. Miratsidiydan
spo-rotsistalar; rediyalar va serkariyalar rivojlanadi. 
Serkariyalar shilliq qurt tanasidan tashqariga chiqadi va
navbatdagi lichinkalik davri — adoleskariyaga aylanadi. J. 
q.ning asosiy xoʻjayinlari — chorva mollari suv ichganda yoki
suv ichida oʻsgan oʻtlarni yeganda sistaga oʻralgan
adoleskariyani ham yutib yuboradi. Chorva mollari ichagida
sista yorilib, yosh jigar qurti chiqadi. 


MUSHUK SO`RGICHLISI
Bu parazit asosan mushuk, it, tulki, sher, cho'chqa va odamning jigarida, o't yo'llarida, o't pufagida hamda oshqozon osti
bezlarida parazitlik qilib yashaydi. U asosan G'arbiy Sibirda ko'p tarqalgan.
Ko'rinishi nashtarsimon ikki so'rg'ich-liga o'xshaydi,
lekin tanasi biroz kichk
, ya'ni 8-13 mm uzunlikda bo'ladi. Bir juft
urug'donlari va bir dona tuxumdoni gavdasining orqa tomonida joylashgan. Bachadoni ko'p shoxlangan bo'lib, tana
bo'shlig'ining oldingi yarmini to'ldirib turadi.
Mushuk ikki so'rg'ichlisining, ya'ni opistorxisning rivojlianishida uchta xo'j-ayin qatnashadi. Yuqorida aytilgan sutemizuvchilar
va odam definitiv (asosiy) xo'jayin bo'lsa, chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqli molluska - bitiniya (Bithynia leachi) birinchi
oraliq xo'jayin, sazan (zog'ora baliq), karas (tobon baliq), leshch (oqcha), yaz va boshqa baliqlar ikkinchi oraliq yoki
qo'shimcha xo'jayin hisoblanadi
Parazitning tuxumlari asosiy xo'jayini o't suyuqligi orqali ichakka va imdan ax-lati bilan tashqi muhitga chiqadi. Molluska
parazit tuxumlarini yutib yuboradi va uning organizmida tuxumdan miratsidiy lichinkasi chiqib, harakatsiz sporotsistaga
aylanadi va molluska jigariga o'rnashib oladi. Bu yerda sporotsistalardan rediyalar hosil bo'ladi. Rediyalar o'sishi bilan
partenogenetik usulda ko'payib, serkariylar-ga aylanadi. Serkariylar harakatchan bo'lib, molluska tanasidan suvga chiqadi va
keyingi rivojlanishi uchun ikkinchi oraliq, ya'ni qo'shimcha xo'jayini - baliqlar terisi hamda jabralariga yopishib oladi. Baliq
terisini teshib muskul va biriktiruvchi to'qimalari orasida pardaga o'ralib, taxminan 6 haftadan keyin metatserkariyga
aylanadi. Kasallangan baliqlar bilan oziqlangan asosiy xo'jayinlar parazitni o'zlariga yuqtiradi. Odam ham yaxshi dudlanmagan
yoki yaxshi qovurilmagan
kasal baliqlarni yesa
, parazitni o'ziga yuqtiradi.


SHISTOSOMATOZ

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling