1-son davolash fakulteti 117-b guruh talabasi abdillayev umidjonning
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdillayev Umidjon Biologiya 3 gelmentlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻrgimchaksimonlar
BOʻGʻIMOYOQLILAR (Arthropoda) - umurtqasiz hayvonlar tipi. B.ning ajdodi tuban
tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qad. boʻgʻimoyoklilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida B. quruqlikka chiqishgan. B.ning tanasi va oyoqlari boʻgʻimlarga boʻlingan (B. nomi ham ana shundan olingan), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplogʻich tashqi skelet funksiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi. Tana boʻgʻimlari geteronom, yaʼni ularning shakli va kattaligi har xil boʻladi. B. tanasi, odatda, bosh, koʻkrak va qorin boʻlimlaridan iborat. Lekin baʼzan tananing turli boʻlimlari oʻzaro har xil tarzda birikib ketishi mumkin. B.ning bosh boʻlimi bosh boʻlagi — akrondan va 4 tana boʻgʻimlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. O`RGIMCHAKLARSIMONLAR Arachnida Oʻrgimchaksimonlar — xelitseralilar kenja tipiga mansub boʻgʻimoyoqlilar sinfi . Uz. 0,1 mm dan 17 sm gacha. Ogʻiz organi soʻruvchi. Koʻzlari oddiy. Boshkoʻkragi ingichka poyacha orqali qorin bilan tutashgan yoki unga qoʻshilib ketgan. Qorinoyoqlari reduksiyaga uchragan yoki shaklan oʻzgarib taroqsimon oʻsimta, varaqsimon oʻpka yoki toʻr bezlarini hosil qiladi. Oʻpka yoki traxeyalar orqali nafas oladi. Ayirish organlari — malpigi naychalari va koksal bezlar . Koʻpchilik Oʻ.da zahar bezlari bor. Ayrim jinsli, tuxum qoʻyadi, ayrim turlari (chayonlar) tirik tugʻadi. 60000 ga yaqin turi bor; kanalar , chayonlar , telifonlar , frinla r , tartaridlar , palpigradlar , fitsinuleylar , soxta chayonlar , solpugalar , pichanoʻrarlar , oʻrgimchaklar turkumlariga boʻlinadi. Oʻ. keng tarqalgan, koʻpchiligi quruqlikda yashaydi; kanalar va oʻrgimchaklar orasida ikkilamchi marta suvda yashashga oʻtgan turlari bor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling