1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar
Download 176.99 Kb.
|
китоб уйга фазифа
- Bu sahifa navigatsiya:
- “kim, kimki, nima, nimalar, nimaiki, qaysi, qaysi narsa, qaysi kishi, qaysi o`quvchi, har kim”;
- “shuki, shundaki, shundayki, shundaykim, shunchalikki, shumidiki, shundan iboratki , shu bo`ldiki, kimki, pishiq-puxta emaski, bul erurki”
- “qanday, qandaydir, shunday, ne, nima, nechuk”
- BOGLOVCHISIZ QOSHMA GAP TARKIBIDAGI QISMLARNING MAZMUN MUNOSABATI TINISH BELGILAR ISHLATILISHINIANIQLASH TAHLIL QOLIPLARI
UMUMIY XULOSALAR
O‘zbek bolalar yozuvchilari asarlarida qo‘llangan ma’lum bir bo‘lakni izohlovchi qo‘shma gaplar yuzasidan olib borgan izlanishlarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik: 1. Ergashgan qo‘shma gaplar fikriy, grammatik va intonatsion butunlikdan iborat bo‘lib, ularning tarkibidagi komponentlar biri ikkinchisiga ergashtiruvchi bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar, so‘z birikmalari, fe`lning shart mayli va fe`lning vazifadosh shakllari orqali tobelanib bog‘lanadi. 2. Boshlang`ich sinf ”O`qish kitobi”dagi matnlarda bosh gapdagi biror bo`lakni izohlaydigan ergash gaplarning barcha turlari qo`llangan. 3. ”O`qish kitobi”dagi matnlarda ega ergash gapli qo`shma gapning ergash gapi tarkibida “kim, kimki, nima, nimalar, nimaiki, qaysi, qaysi narsa, qaysi kishi, qaysi o`quvchi, har kim”; bosh gap tarkibida “o‘sha,o`shalar, o‘zi, u, shunisi, o`shanisi, o`ziniki, shu narsa, hammasi” so‘zlari kelgan shakllari qo`llangan. Ega ergash gap bosh gapga –ki bog`lovchisi va –sa shart mayli vositasida bog‘langan. 4. Kesim ergash gapli qo`shma gapning bosh gapi kesimi “shuki, shundaki, shundayki, shundaykim, shunchalikki, shumidiki, shundan iboratki, shu bo`ldiki, kimki, pishiq-puxta emaski, bul erurki” kabi so`zlar bilan ifodalangan. 5. Ergash gap bosh gapda to`ldiruvchi vazifasida kelgan “shu narsani, shuni, shunga, unga, undan, shundan, o`shanga, o`shanda” kabi olmosh bilan ifodalangan to`ldiruvchining ma`nosini aniqlashtirib kelgan. “Shuni” olmoshi bilan ifodalangan to`ldiruvchi ko`p qo`llangan. 6. Ergash gap bosh gapda aniqlovchi vazifasida kelgan “qanday, qandaydir, shunday, ne, nima, nechuk” kabi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchining ma`nosini aniqlashtirib kelgan. “Sunday” olmoshi bilan ifodalangan aniqlovchi ko`p qo`llangan. 7. Bosh gapdagi biror bo`lakni izohlaydigan ergash gaplarning turini belgilashda ikki xil usuldan foydalanildi: 1) bosh gap tarkibida olmosh bilan ifodalangan bo`lakning vazifasini aniqlash usuli orqali belgilash; 2) bosh gapdagi biror bo`lakni izohlaydigan ergash gapli qo`shma gaplarni sodda gapga aylantirish usulu orqali belgilash. 17. BOG'LOVCHISIZ QO'SHMA GAP TARKIBIDAGI QISMLARNING MAZMUN MUNOSABATI TINISH BELGILAR ISHLATILISHINIANIQLASH TAHLIL QOLIPLARI Bog`lovchisiz qo`shma gap qurilmasini tashkil etgan qismlar turli gap shaklida bo`lishi mumkin. Ko`pincha, ular darak gap shaklida bo`ladi. Qismlarning biri yoki har ikkisi so`roq, mazmunan ritorik gap bo`lib, qo`shma gapning boshqa bir qismi uni izohlaydi: so`roq gap asosan birinchi o`rinda keladi: Chekinsinmi – yo`q, g`ururi yo`l bermadi.
Download 176.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling