1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar


Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab kesim ergash gapni


Download 176.99 Kb.
bet15/27
Sana09.06.2023
Hajmi176.99 Kb.
#1469391
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
китоб уйга фазифа

3.2 Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab kesim ergash gapni 

belgilash usullari 
Do`nan o`ninchini bitiradigan yilidagi May bayramining farqi shuki, minbarda turgan rayon kattalarini mehnatkash xalq qo`llarida alvon bayroqlar bilan olqishlashardi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 143-bet.) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan kesim ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapda ”shu” ko`rsatish olmoshi kesim vazifasida kelgan, ergash gap kesim vazifasidagi olmoshning ma`nosini aniqlashtirgan, ya`ni minbarda turgan rayon kattalarini mehnatkash xalq qo`llarida alvon bayroqlar bilan olqishlashgan. Shuning uchun bu gapni kesim ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz. 

Bu talafotning sababi shukimbiz inongan lashkarboshilar, mislsiz razolatga borib, shahzoda tarafiga qochib o‘tmishlar. (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 51-bet) Bu bosh gapga -kim ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan kesim ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapda ”shukim” ko`rsatish olmoshi kesim vazifasida kelgan, ergash gap kesim vazifasidagi olmoshning ma`nosini aniqlashtirgan, ya`ni talofotning sababini (talofotning sababi ishonilgan lashkarboshilarning shahzoda tarafiga otib ketganligidir) ochib bergan. Shuning uchun bu gapni kesim ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz. 

Gap shunda edikikunduzi ferma mudiri Bo`ronboy Sobit Muqonovning mehmon bo`lib kelishi haqidagi xushxabarni olib kelgan edi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 142-bet.) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan kesim ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapda”shunda edi” ko`rsatish olmoshi+ ”edi” to`liqsiz fe`li kesim vazifasida kelgan, ergash gap kesim vazifasidagi ”shunda edi” so`zining ma`nosini aniqlashtirgan, ya`ni ”gap kunduzi ferma mudirining Bo`ronboy Sobit Muqonovning mehmon bo`lib kelishi haqidagi xushxabarni olib kelganligidadir”. Shuning uchun bu gapni ham kesim ergash gapli qo`shma gap deymiz. 

Download 176.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling