1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar


Download 176.99 Kb.
bet11/27
Sana09.06.2023
Hajmi176.99 Kb.
#1469391
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
китоб уйга фазифа

Birga o’qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash, yolg’ondan gapirmoq kabi birikmalar o’rin-payt, jo’nalish, chiqish kеlishigi qo’shimchalari, ko’makchilar bilan bog’langan bo’lishiga qaramay, boshqaruv emas, balki bitishuv sanaladi, chunki bu birikmalar tarkibidagi kеlishik va egalik qo’shimchalari “qotib” qolgan va ularning ikkita so’zni bog’lashda hеch qanday roli yo’q. 

Dеvor soat, uy vazifa, ot to’rva, non zavod kabi xoslik, mansublik munosabatini bildiradigan birikmalar ham bitishuv munosabatiga misol bo’ladi. 

16.4. Gap va uning asosiy bеlgilari 


Muomala vositasining eng kichik birligi gapdir.
Gap orqali tugallangan fikr ifodalanadi: Paxta tеrimi qizg’in davom etyapti. Oltin kuz qanday go’zal!
Gap hosil qilish uchun so’z va so’z birikmalarini grammatik jihatdan bog’lash kеrak: Xatni qalam bilan yozdi gapida -ni va bilan bog’lovchi vositalar hisoblanadi. Bu gapning grammatik jihatdan shakllanganligidir.
Gap ohang jihatdan tugallangan bo’lishi kеrak: Kuz. Hamma yoqda ish qaynayapti. Bu gapdagi kuz so’zi tugallangan ohang bilan aytilgani uchun gap hisoblanadi.
Shunday qilib, gapning quyidagi bеlgilari mavjud:
1. Muomalaning eng kichik birligidir. 2. Nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi. 3.Grammatik jihatdan shakllangan bo’ladi. 4. Tugallangan ohang bilan aytiladi.
Yuhoridagi bеlgilarga tayangan holda gapning quyidagi ta'rifini kеltirib chiqarish mumkin: 

Tugallangan ohang va fikrga ega bo’lib, grammatik jihatdan shakllangan, muomalaning eng kichik vositasi hisoblangan yakka so’z yoki so’zlar yig’indisi gap dеb ataladi. 


16.5. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari 
1. Darak gap orqali biror narsa haqida ma'lum qilinadi, xabar bеriladi, uning oxiriga nuqta qo’yiladi: Bugun yaxshi baho oldim.
Darak gaplar darak-xabar, orzu-umid, ishonch, ta'kid, g’urur, maslahat, tashviq, sеvinch, taajjub, gumon, achinish, tashvish, g’azab, norozilik, kinoya kabi mazmun turlarini ifodalaydi.

13. SODDA VA QO'SHMA GAPLAR ANIQLASH ULARNI SAQLASH YUZASIDAN MASHQLAR VA TESTLAR


Qo’shma gap – ikki yoki undan ortiq sodda gapning o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo’lgan butunlik 

Murakkab qo’shma gap – turli bog’lovchi vositalar yordami bilan o’zaro bog’langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi 

Nisbiy so’zlar – qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lashga xizmat qiluvchi so’roq va ko’rsatish olmoshlari 

Ko’makchili qurilma – ergash gapni bosh gapga bog’lovchi shuning uchun, shu sababli, shu bois kabi birliklar 

Ko’chirma gap – birovning aynan keltirilgan yoki o’zining hech o’zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi. 
9-sinf ona tili darsligida (N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov 2006-y) qo’shma gaplar tasnifi quyidagicha berilgan:
1Bog’langan qo’shma gaplar:
1)biriktiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar
2) zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar
3) ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar
4) bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gaplar
2. Ergashgan qo’shma gaplar
1) kesim ergash gapli qo’shma gaplar
2) ega ergash gapli qo’shma gaplar
3) to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar
4) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar
5) hol ergash gapli qo’shma gaplar
Hol ergash gapli qo’shma gap o’z navbatida o’rin, payt, to’siqsizlik ergsh gapli qo’shma gap kabi turlarga bo’linadi.
3.Bog’lovchisiz qo’shma gap
Bog’langan qo’shma gap mavzuini o’tishda badiiy matnlardan teng bog’lovchilar vositasida bog’langan qo’shma gaplarni topish, ularni izohlash, mustaqil ravishda bog’langan qo’shma gaplar tuzish, ularni ma’nodoshi bilan almashtirish singari topshiriqlar bajarilishi mumkin.
O’quvchilarda nuqtalar o’rniga teng bog’lovchilardan mosini qo’yib gaplarni ko’chirish, qismlarni goh-goh, dam-dam, ba’zan-ba’zan, yo-yo singari ayiruv bog’lovchilari bilan biriktirib, ma’noda qanday o’zgarish sezilganligini aniqlash kabi mustaqil ishlar tavsiya etiladi.
Bog’langan qo’shma gap turlaridan biri sifatida qaralayotgan bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gapni o’tishda quyidagi misol keltiriladi va unda qisman chog’ishtirish-qiyoslash mazmuni mavjudligi ta’kidlanadi.
Rejadagi ishni bajara olmayapman, sen bo’lsa faqat dam olaylik deysan. Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. Bog’langan qo’shma gap quyidagicha tahlil qilinadi:
1.Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar va ularning mazmun jihatidan bog’lanishi. 2.Sodda gaplarning bog’lanish yo’li, bog’lovchilarning turi.
3.Sodda gaplar orasida qo’llangan tinish belgilari
4.Gap bo’laklari
Namuna: 

Urushdan boylar manfaat topdi, ammo kambag’allar xonavayron bo’ldi.


1) ikki sodda gap (qism) bor: urushdan boylar manfaat topdi, kambag’allar xonavayron bo’ldi: zidlash munosabati mavjud.
2.sodda gaplar o’zaro vergul bilan ajratilgan;
3) gap bo’laklarini aniqlash: boylar – ega, manfaat topdi – kesim, urushdan – to’ldiruvchi; kambag’allar – ega, xonavayron bo’ldi – kesim.
“Ergashgan qo’shma gap” mavzuini o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar e’tiboriga sodda gap juftlari beriladi. Ulardan ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki ko’makchili qurilma vositasida qo’shma gaplar tuzish vazifasi topshiriladi.
1.Bahor keldi. Qushlar issiq o’lkalardan qaytib kela boshladi. – Bahor keldi, shuning uchun qushlar issiq o’lkalardan qaytib kela boshladilar.
Mavzuni o’rganishda bog’lovchi vositalarni ma’nodoshi bilan almashtirish, ergashtiruvchi bog’lovchilar vositasida bog’langan qo’shma gaplardagi ma’noviymunosabatni aniqlash, ulardan o’rinli foydalanish kabi ijodiy-amaliy topshiriqlar beriladi.
O’quvchilar “Ergash gapli qo’shma gap” tushunchasini sharhlay olishlari, ergash gapli qo’shma gaplarda qaysi gap boshqa bir gapni to’ldirib, aniqlab kelishi haqida xulosa chiqarishlari, ergash gapli qo’shma gapni kengaygan birikmali sodda gapga aylantira olishlari lozim.
Ergash gapni bosh gapga bog’lashda turli grammatik vositalardan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Darslikda ergashgan qo’shma gaplarni ularda ishtirok etgan bog’lovchi vositalariga ko’ra quyidagi turlarga bo’lingan.
1.Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gap (chunki, negaki, go’yo, agar, toki)
2.Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gap (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli)
3.Deb so’zi yordami bilan ergashgan qo’shma gap
4.Shart mayli qo’shimchasi yordami bilan ergshgan qo’shma gap (sa)
5.Ko’rsatish olmoshi yordamida ergashgan qo’shma gap
6.Nisbiy so’zlar vositasida ergashgan qo’shma gap (kim – u, kimning – uning, qayerda – shu yerda)
Maktabda ergash gapning ega, kesim va to’ldiruvchi kabi turlarini o’rgatishdan maqsad o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirishdir. Bunday nutq ko’nikmasi, odatda, grammatikadan o’tilgan nazariy ma’lumotlarni muntazam ravishda amalda qo’llash, mashq qilib ko’rish orqali hosil qilinadi.
Ergash gapli qo’shma gaplar quyidagicha tahlil qilinadi:
1.Bosh gap va ergash gap. 2.Ergash gapning turi 3.Ergash gapning o’rni va tinish belgilari 4.Ergash gapning bosh gapga bog’lanish yo’li 5.Gap bo’laklari. Shuni bilib qo’yingki, xodimlar bir joyda qotib qolgan rahbarni yoqtirmaydilar.
1) Bosh gap – Shuni bilib qo’yingki; ergash gap – xodimlar bir joyda qotib qolgan rahbarni yoqtirmaydilar;
2) to’ldiruvchi ergash gap; 3) ergash gap bilan bosh gap vergul bilan ajratilgan; 4) bosh gap ergash gapga –ki bog’lovchisi vositasida bog’langan; 5) gap bo’laklarini aniqlash: (shuni – to’ldiruvchi, bilib qo’yinki – kesim; xodimlar – ega, bir joyda – qotib qolgan – aniqlovchi, rahbarni – to’ldiruvchi, yoqtirmaydilar – kesim).
Bog’lovchisiz qo’shma gapning sodda gaplari o’zaro bog’lovchilarsiz, ohang yordamidagina birikadi. Bunday gaplar orasida yozuvda vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul va tirelar qo’yiladi. Bog’lovchisiz qo’shma gapning bog’langan va ergashgan qo’shma gaplarga o’xshash tomonlarini o’quvchilarga tushuntirish uchun bog’lovchilarni ishtirok ettirib gap tuzish va ularni bog’lovchisiz qo’shma gaplarga yoki ergashgan qo’shma gaplarga aylantirish mashqlari o’tkaziladi. Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi. Eshik ochildi, xonaga rassom kirib keldi. Eshik ochildi, chunki xonaga rassom kirib keldi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar quyidagicha tahlil qilinadi:
1.Qo’shma gap tarkibidagi qismlar va ularning mazmun jihatidan bog’lanishi.
2.Qismlarning bog’lanish yo’li.
3.Qismlar orasida qo’llangan tinish belgilari.
4.Gap bo’laklari.
Qalandarov smetani o’qimasdan ovozga qo’ymoqchi bo’lgan edi, Saida unga majlis raisi borligini eslatdi. (A.Q.)
1) gapdagi qismlar (yani sodda gaplar) Qalandarov smetani o’qimasdan ovozga qo’ymoqchi bo’lgan edi – 1-gap; Saida unga majlis raisi borligini eslatdi – 2-gap; qiyoslash mazmuni bor.
2) ohang orqali bog’langan;
3) ohang yozuvda vergul bilan ifodalangan;
4) gap bo’laklarini aniqlash; Qalandarov – ega, ovozga qo’ymoqchi bo’lgan edi – kesim, smetani o’qimasdan – vaziyat holi; Saida – ega, eslatdi – kesim, unga – to’ldiruvchi, majlis raisi borligini – to’ldiruvchi.

Ko’chirma va o’zlashtirma gaplar hamda ularning tinish belgilari haqidagi ma’lumot o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirishda katta yordam beradi. O’quvchilar boshqalarning nutqini aynan berish usullarini, shuningdek, ularni o’zlashtirib aytish kabi stilistik malakalarni egallab oladilar.


O’quvchilar o’z yozma ishlarida ko’chirma va o’zlashtirma gaplarning turli shakllaridan foydalana bilishlari, bunda nutqning emotsionalligiga e’tibor qaratishlari lozim. Ko’chirma va o’zlashtirma gaplarni o’rgatish adabiiy o’qish darslari hamda o’quvchilarga ijodiy imlo yozdirish bilan uzviy bog’lanishi shart.

14. QO`SHMA GAP QISMLARI VA ULARNING O`ZARO BOG`LANISHI MAZMUN MUNOSABATINI ANIQLASH YUZASIDAN TAHLIL


Yurtimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardanoq ta’lim-tarbiya sohasiga juda katta e’tibor berila boshlandi. Buni biz bevosita Prezidentimiz I.A.Karimov olib borayotgan siyosatning asosiy fundamental xususiyatlaridan biri sifatida baholashimiz mumkin. Mustaqillikka erishgan har bir davlat uchun eng asosiy maqsad bu – jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egallash masalasidir. Shu o‘rinda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya bilan birgalikda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
«Tilshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlar, avvalombor, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning qo‘llanish sohasinig ancha kengaytirilgani, xalqaro munosabatlarda ishlatiladigan tillar qatoriga kiritilishi keyingi yillarning bu boradagi ulkan yutug‘idir»5.
Bu biz yoshlarga berilayotgan eng katta e’tibordir. Shu bois, biz yoshlar ham mana shu imkoniyatlardan foydalanib, xorijiy tillarni puxta o‘rganib, xususan, o‘zimiz o‘rganayotgan sharq tilini mukammal egallab, ularni yurtimiz madaniyati, uning o‘lmas qadriyatlari, o‘ziga xos an’analari bilan tanishtirib, yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashib, uning taraqqiy etishiga o‘z hissamizni qo‘shish biz yoshlarning vatan oldidagi, xalqimiz oldidagi muqaddas burchimizdir!
Bugungi Afg‘oniston etnik tarkibi jihatdan ko‘p tilli millat hisoblanadi. Uning ikki rasmiy davlat tili mavjud: dariy (fоrsiy, fоrsi-yе kоbuliy, afg‘on-fors, forsi-ye dari) va pushtu (afg‘on tili) tillari.
Dariy tili Afg‘onistonning shimoliy va markaziy hududlarida keng yoyilgan bo‘lib, shu hudud aholisining muloqotida faoldir. Adabiy til normasi uchun Kobul lahja qabul qilingan va uning so‘zlashuvchilari Eron va Pokistonda ham mavjud. Internet orqali berilgan ma’lumotga ko‘ra, tilning so‘zlashuvchilari soni 15 mln.dan ortiqni tashkil etadi6.
Dariyshunos olimlarning yozishlaricha, dariy tili Sosoniylar hukmronligining oxirlarida, arablar istilosining boshlarida tashkil topayotgan Toxiriylar, Safaryoniylar, Somoniylar, G‘aznaviylar davlatining umumiy, rasmiy, adabiy tili bo‘lib, bugungi Afg‘onistonning davlat tili hisoblanadi7.
Hozirgi dariy tili hind-yevropa tillari oilasining eron guruhiga mansub bo‘lib, o‘zida klassik fors tili xususiyatlarini saqlab qolganligi, fonetik (asosan unlilar), leksik va grammatik jihatdan hozirgi fors va tojik tillaridan farq qiladi. Bu - uning bir necha asrlik tarixiy taraqqiyotga ega ekanligidan dalolat. Mazkur tillarning yozma manbalari mushtarak xalqlar adabiy merosi sanalib, umumiylik kasb etadi.
Dariy tili nafaqat davlatning muloqot tili, balki fan, adabiyot, ta’lim, nashriyot va davlat hujjatlarini yuritish tilidir.
Dariyshunos olimlarning fikricha, dariy tilining umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan til sifatida rivojlanishida quyidagi omillar asosiy rol o‘ynamoqda:
1. Dariy tilining yozma va og‘zaki adabiy til sifatida mamlakatning hamma yerida qo‘llanishi.
2. Ilmiy va badiiy asarlarda ishlatilishi.
3. Matbuot, radio va televideniyada keng foydalanilishi.
4. Dariy tili uslub nuqtai nazaridan atroflicha ishlanmagan bo‘lsa-da, ammo yetarli standart shaklidaligi.
5. Kobul lahjasining mamlakatdagi dariyzabon xalqlar o‘rtasida keng qo‘llanishi va boshqalar8.
Dariy tili Afg‘onistonning rasmiy davlat tili sifatida e’tirof etilar ekan, uning fonetik, leksik, gramatik jihatdan o‘rganilishi juda muhimdir.

Download 176.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling