3.3 Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab to`ldiruvchi ergash gapni
belgilash usullari
Shuni mamnuniyat bilan ayta olamanki, ular adabiyot bo‘stoniga dastlabki parvozni xuddi shu tahririyatdan boshlagan edilar. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 201-bet) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. Ma`lumki, to`ldiruvchi ergash gapda to`ldiruvchi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalanadi. Bu misolimizda ”Shuni mamnuniyat bilan ayta olamanki” bosh gapi tarkibida”shuni” ko`rsatish olmoshi to`ldiruvchi vazifasida kelgan. ”ular adabiyot bo‘stoniga dastlabki parvozni xuddi shu tahririyatdan boshlagan edilar” ergash gapi esa bosh gapdagi ”shuni” to`ldiruvchisining ma`nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan. Shunga ko`ra bu ergash gapli qo`shma gapni to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.
Davlatpanoh neni lozim ko‘rsalar, biz shunga bosh egamiz . (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 51-bet) Bu bosh gapga -sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘langan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap.
Bu misolimizda ”biz shunga bosh egamiz” bosh gapi tarkibida ”shunga” ko`rsatish olmoshi to`ldiruvchi vazifasida kelgan. ”Davlatpanoh neni lozim ko‘rsalar” ergash gapi esa bosh gapdagi ”shunga” to`ldiruvchisining ma`nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan. Shunga ko`ra bu ergash gapli qo`shma gapni ham to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.
3.3 Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab aniqlovchi ergash gapni
belgilash usullari
Qishlog`ida maysazorlardagi xarsang toshlarni, qiya tog` etagi, qiyalikdagi sarv kabi yam-yashil archalarni ko`rsa, o`shaning o`zi kifoya edi.. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 118-bet.) Bu misolda ” Qishlog`ida maysazorlardagi xarsang toshlarni, qiya tog` etagi, qiyalikdagi sarv kabi yam-yashil archalarni ko`rsa” ergash gap bosh gapdagi ”o`shaning” ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchining ma`nosini izohlab kelgan. Bu ergash gapli qo`shma gapning aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap ekanini bildiradi.
Do`nan shunday yozuvchilarni bilardiki, ularning asarlari kitobxonlar tomonidan sevilib o`qiladi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 142-bet.)Bu misolda ” Do`nan shunday yozuvchilarni bilardiki” bosh gap, bu gapda ”shunday” ko`rsatish olmoshi sifatlovchi aniqlovchi bo`lib kelgan, uning ma`nosini ” ularning asarlari kitobxonlar tomonidan sevilib o`qiladi” ergash gapi aniqlashtirib, izohlab kelyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |