1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar


Tinish belgilarining qo‘llanilishi


Download 176.99 Kb.
bet23/27
Sana09.06.2023
Hajmi176.99 Kb.
#1469391
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
китоб уйга фазифа

Tinish belgilarining qo‘llanilishi 

Nuqta
Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan.
Nuqta o‘zbek tilida quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. His-hayajonsiz aytilgan darak gap oxirida:


Og‘irliklarni engmoq mardning ishi. (P.T)
2. Tinch oxang bilan aytilgan buyruq gaplar oxirida:


Avval o‘yla, keyin so‘yla. (Maqol)
3. Atov gaplardan keyin: Bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla.
4. Shaxsning ismi, otasining ismi qisqartirilganda yozuv texnikasiga ko‘ra nuqta qo‘yiladi: A.Qahhor, Sh. Rashidov, A.S. Pushkin va boshqalar.
5. Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng:
T.: “ILM ZIYO”, 2013. – 592 b.
va sh.k. (shu kabilar), s.t.(so`zlashuv tilida)
6. Ba’zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so`ng ham nuqta qo`yilishi kuzatiladi: 21.03.2010.
7. Butunning qismlarini sanash uchun qo‘llanilgan arab raqamlaridan so‘ng ham nuqta ishlatilishi mumkin.
Tovushlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Unli tovushlar. 2.Undosh tovushlar. 

So‘roq belgisi
So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha question – so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi “?” holatga kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan.
So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. So‘roq gaplarning oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi? (I.R)
2. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so‘z va iboralar so‘roq ma’nosida ishlatilsa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi.
Ega kim?, nima?, qaer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
3. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga “toping” manosida qo‘yiladi.
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” qissasida (?) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi haqida hikoya qilinadi.



Download 176.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling