1. Spektral usullar qaysi fizikaviy hodisaga asoslangan va unga qaysilar kiradi. Spektroskopik tadqiqot usullari yordamida qaysi fizikaviy kattaliklar orasidagi bog’lanish o’rganiladi


Alifatik uglevodorodlarning IQ yutilish spektrlari (valent, simmetrik, assimmetrik, deformasion, soha, intensivlik, polosa)


Download 1.93 Mb.
bet7/20
Sana16.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1095085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
FTU Savol-javob (1)

24. Alifatik uglevodorodlarning IQ yutilish spektrlari (valent, simmetrik, assimmetrik, deformasion, soha, intensivlik, polosa). Molekulyar guruhlarning tebranish chastotalari xuddi shuningdek, ularning spektrlari nihoyatda xarakterlidir, shuning uchun, ularning bu belgisidan analizda foydalaniladi. Alifatik uglevodorodlarning IQ yutilish spektrlarida —CH3 guruhsi uchun C—H bog’ning simmetrik valent tebranishi natijasida hosil bo’ladigan yutilish polosasining chastotasi doimo 2850 bilan 2890 sm-1 orasida yotadi, shu bog’ning antisimmetrik valent tebranishining chastotasi 2940 - 2980 sm-1 oraliqda joylashgandir. Simmetrik deformasion tebranishning chastotasi 1375 sm-1 («ochiq yopiq zont»), antisimmetrik deformasion tebranishning chastotasi esa 1470 sm-1 atrofida joylashgan bo’ladi.
Alifatik uglevodorod molekulyar guruhlari valent tebranishlarining xarakteristik chastotalari.

Guruh

Chastotaning taqribiy qiymati, sm-1

Guruh

Chastotaning taqribiy qiymati, sm-1





2970 (valent assimm)
2870 (valent simmetr)
1460 (deform asim)
1375 (deform simmet)





2930 (valent asimmet)
2860 (valent simmetr)

  1. deform)





25. Yorug’likning kombinasion sochilish hodisasini kvant mexanikasi nuqtai-nazaridan tushuntirish: qizil va binafsha yo’ldoshlarning hosil bo’lish sabablari, ularning intensivligi, simmetrik joylashishi (monoxromatik, lazer, sochilgan yorug’lik, perpendikulyar yo’nalish, foton, elastik, noelastik, to’qnashish, stoks, antistoks, energiya). Yorug’likning kombinasion sochilish hodisasi 1928 yilda deyarli bir vaqtda hind olimlari V.Raman va K.Krishnan hamda rus olimlari L.I.Mandelshtam va G.S.Landsberglar tomonidan ochilgan. Yorug’likning kombinasion sochilishiga asoslangan spektroskopiya molekulaning tebranma va aylanma sathlari orasidagi o’tishlarni o’rganish bilan ish ko’radi va bu jihatdan u IQ spektroskopiyani eslatadi. Raman spektroskopiyasi yordamida olingan ma’lumotlar IQ spektroskopiyasi yordamida olingan ma’lumotlarni to’ldirib tadqiqotchiga molekulaning tuzilishi to’g’risida ko’proq ma’lumot beradi. Raman spektroskopiyasida namuna monoxromatik yorug’lik nurlarining dastasi bilan yoritiladi va undan sochilgan yorug’likning intensivligi tushayotgan yorug’lik yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan yo’nalishda o’lchaniladi (1 - rasm).

1 - rasm. Kombinasion sochilish bo’yicha o’tkaziladigan tajribaning sxemasi. 1 - monoxromatik nurlar manbai (lazer); 2, 4 - to’plovchi linzalar; 3 - namuna; 5 -spektrometr.
Bu usulda molekulani qo’zg’atish uchun yorug’likning monoxromatik manbalaridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda quyidagi gaz lazerlarining monoxromatik nurlari moddalarning kombinasion spektrini olish uchun ishlatiladi; geliy-neon lazeri nm, argon lazeri 488,0 va 514,5 nm, kripton lazeri 530,9 va 647,1 nm. Releycha sochilish deb ataladigan sochilishda chastotasi va energiyasi bo’lgan yorug’lik molekulaga tushganda unga urilib chastotasini o’zgartirmasdan sochiladi. Bunday sochilishga elastik sochilish deyiladi. Elastik bo’lmagan to’qnashishda molekula o’zining tebranish energiyasini tushayotgan fotonga beradi yoki undan oladi va shuning uchun ham sochilgan yorug’likning chastotasi yo ko’payadi yo kamayadi hamda unga mos ravishda sochilgan yorug’likning spektrida tushayotgan monoxromatik yorug’likka tegishli spektr chizig’ining ikkala tomonida simmetrik joylashgan yo’ldosh chiziqlar hosil bo’ladi (2-rasm).


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling