1. Statistika atamasi qanday kelib chiqqan va ilk bor nimani anglatgan?


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana12.11.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1768021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
STATISTIKA]tayyor

71-savol: Mediana nima? 
Mediana deganda to‘plamni teng ikkiga bo‘luvchi belgining qiymati tushuniladi. Saflangan
qatorlarda mediana o‘rtada joylashgan varianta qiymatiga teng. Agarda saflangan qator toq 
hadli bo‘lsa, masalan, 9 yoki 15 haddan iborat bo‘lsa, u holda 5-had yoki 8-had mediana bo‘ladi. 
72-savol: Statistik kuzatish jarayonida yo‘l qo’yilishi mumkin bo‘lgan xatolar.
Har qanday kuzatish, qanchalik yaxshi tashkil etilib amalga oshirilmasin, xatolardan xoli 
bo‘lmaydi. Ma’lumotlarni to‘plash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar kuzatish xatolari deb 
ataladi. Juda katta aniqlikka ega bo‘lgan o‘lchov vositalari yordamida bajariladigan bir 
predmetli kuzatishlarda ham xatolar bo‘ladi. Kuzatish хatolari o’z navbatida 3turga bo’linadi: 
Rasmiylashtirish хatolari; Mazmuniy (dasturiy) хatolar; Rеprеzеntativlik хatolari.: 
Rasmiylashtirish хatolari ham 2ga bo’linadi; Tasodifiy хatolar; Muntazam хatolar 
Bunda Muntazam хatolar ham 2ga bo’linadi; G’arazli хatolar; Bеg’araz хatolar 
: Mazmuniy (dasturiy) хatolar 2ga bo’linadi; Tasodifiy хatolar; Muntazam хatolarBunda 
tasodifiy xatolar 2ga bo’linadi; Qayd qilishхatolari; Arifmеtik хatolarMuntazam хatolar ham 2ga 
bo’linadi; Qo’shib yozishlar;Haqiqatni yashirishlarRеprеzеntativlik хatolari 2ga bo’linadi; 
Tasodifiy хatolar; Muntazam хatolar 
73-savol: Tasodifiy va muntazam xatolar. 
Kuzatish xatolari ikki turga bo‘linadi: a) muntazam xatolar va b) tasodifiy xatolar. 
Muntazam xatolar o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi: a) o‘lchov xatolari va b) xususiy xatolar 
ya’ni kuzatuvchi shaxs xatolari. Qisman kuzatishlarda voqealarni hisobga olish jarayonida
qayd qilish va arifmetik xatolar bilan bir qatorda muntazam xatolar ham uchraydi. Ular g‘arazli 
va g‘arazsiz bo‘ladi. /arazli xatolar biror maqsadni ko‘zlaydi. Beg‘araz xatolar esakuzatish 


uslubini, ayniqsa dasturni va yo‘riqnomalarni umumiy ko‘rinishda mujmal bayon etilishidan va
kuzatuvchilarning ishini osonlashtirish uchun belgilangan tartibdan qisman chetlanishidan 
kelib chiqadi. Shu bilan birga qisman kuzatishlarda xususiy xatolar mavjud, ular 
reprezentativlik xatolari nomi bilan yuritiladi. 
74-savol: Vakolatli (reprezentativ) xatolar. 
Reprezentativlik xatosi deganda tanlama kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlarga 
asoslanib aniqlangan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni tekshirayotgan bosh to‘plamning 
aynan shunday haqiqiy ko‘rsatkichlaridan farqi tushuniladi. Kuzatish natijalarini qabul qilish
jarayonida ma’lumotlar har taraflama tekshiriladi. 
75-savol: Jamlash tushunchasi. 
Yaqin vaqtlargacha «jamlash» tyermini to‘plangan pul (muomaladagi va saqlovchi 
banklardagi) mablag‘larini anglatish uchun foydalanilgan. Lekin MHTda u boshqacha ma’noga 
ega. Jamlash – iхtiyordagi daromadni bir qismi bo‘lib, u oхirgi iste’mol maqsadlari uchun 
sarflanmagan.Shunday qilib, MHT ta’rifiga mos ravishda jamlash – bu barcha moliyaviy 
(mavjud pul mablag‘lari, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni 
va material aktivlarni o‘sishini anglatadi.Jamlash (iхtiyordagi daromadning ikkinchi muhim
qismi) iхtiyordagi daromadning oхirgi iste’moldan qolgan qismini bildiradi. Jamlash – bu 
moliyalashtirishning va investitsiyaning muhim manbai bo‘lib hisoblanadi. Jamlashning
iхtiyordagi daromadga nisbatni jamlash normasi deb ataladi. Amaliyot shuni
ko‘rsatmoqdaki, jamlash normasi 5foiz-20foizorasida tebranadi. 
76-77-savol: Statistik jamlash ma’lumotlarni umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Statistik jamlash deganda to’plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan maqsad va 
vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi. Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga 
qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan 
jamlashlarga bo’linadi. Oddiy jamlash deganda olingan ma’lumotlarni umumiy yakunlarini 
hisoblash tushuniladi, murakkabda esa to’plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib,
ularning har biri va umumiy bo’yicha jamlab chiqariladi. Markazlashgan jamlashda barcha 
ma’lumotlar bir erga to’planib, o’sha erda qayta ishlanadi. Masalan, aholi ro’yxati 
ma’lumotlarini qayta ishlash. Markazlashmagan jamlashda ish pog’onama-pog’ona amalga 
oshiriladi, masalan, dastlab tumanda, keyin viloyatda va h. k. Statistik jamlash bir qancha 
bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: 1.To’plangan 
ma’lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi. 2.To’plam birliklari o’rganilayotgan belgi 
bo’yicha guruhlarga ajratiladi. 3.Har bir guruh va umumiy to’plam bo’yicha jamlar chiqariladi. 
4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi 


78-savol: Statistik jamlash texnikasi va uni tashkil etish uslubi.
Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyi- dagi elementlarni o'z 
ichiga oladi: 
1. To'plangan ma’lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi. 
2. To'plam birliklari o'rganilayotgan belgi bo'yicha guruhlarga atiladi. 
3. Наг bir guruh va umumiy to'plam bo'yichajamlar chiqariladi. 
4. Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvinadi. 
79-savol: Oddiy va murrakkab jamlash.
Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab. tashkil qilinishiga qarab
esa, markazlashgan va markazlashmagan jam- lashlarga bodinadi.Oddiy jamlash deganda 
olingan ma'lumotlarning umumiy yakunlarini hisoblash tushuniladi, murakkabda esa, to‘plam 
birliklari guruh va guruh- chalarga ajratilib, ularning har biri va umumiy bo'yichajamlar 
chiqariladi. 
80-savol: Statistik guruhlash.
Statistik kuzatish ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning keng tarqalgan
metodlaridan biri guruhlashdir. Statistikada guruhlash deb to'plam birliklarini eng muhim
belgilari bo'yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o'rganishga aytiladi.Guruhlash metodi 
statistikada ko‘p yillardan (XVIII asr) beri qo‘ llanib kelinmoqda. Bu metodni qo'llashdan 
maqsad, to'plam birliklarini qanday bir bo'laklarga bo'lish emas. balki faqat shu hodisaga xos 
xususiyatlarni ochib berish. undagi mavjud tendensiya va qonuniyatni baholash. miqdor 
o'zgarishlardan sifat o'zgarishlarga, sifat o'zgarishlardan miqdor o'zgarishlarga o’tish 
jarayonlarini aniqlash va baholashdir. 
81 savol gruhlash belgisi va uning turlari 
Шундай қилиб, гуруҳлаш белгисини танлашда, статистика қуйидаги шартларга эътибор 
беришни таклиф этилади: гуруҳлар негизига доимо ҳодисани тўла-тўкис тавсифлаб 
берувчи муҳим белгиларни асос қилиб олиш зарур; гуруҳлаш белгисини танлашда унинг 
аниқ вақт ва жой шароитини, ўша даврнинг моҳиятини ифодаловчи, замонавий 
масалаларни ёрита оладиган белгиларга эътибор бериш зарур; ҳодисаларни гуруҳлашда
белгилар сони етарли бўлгани маъқул. Гуруҳлаш белгиси ифодаланишига қараб атрибутив 
ва миқдорий белгиларга, таъсирига қараб омил ва натижавий белгиларга, кўзланган
мақсад ва вазифаларга қараб муҳим ва муҳим бўлмаган белгиларга бўлинадиГуруҳлаш 
методи олдида ўрганилаётган тўплам бирликларини типларга ажратиш, ҳодисалар 
ўртасидаги боғланишларни ва тўплам тузилишини ўрганиш вазифалари ҳам туради. Бу 
вазифалар гуруҳлашнинг уч (типологик, аналитик, тузилмавий) туридан фойдаланиш 


орқали ҳал қилинади. Аҳолини жинси бўйича гуруҳларга ажратиш, синфларга бўлиш,
мулкни давлат ва шахсий мулкка бўлиш ва бошқалар типологик гуруҳлашга мисол бўла 
олади. Бу мисоллардан кўриниб турибдики, ўрганилаётган тўпламнинг турли хилдаги 
бирликлари типологик гуруҳлаш ёрдамида сифат жиҳатдан бир хил гуруҳларга, яъни 
типларга ажратилади. Аналитик гуруҳлашдан мақсад ҳодисалар ўртасидаги боғлиқликни
ўрганишдир. Масалан, чакана савдо дўконларида товар обороти ҳажми ва рентабеллик 
даражаси ўртасидаги боғлиқликни ўрганиш учун дўконларни товар обороти ҳажми 
бўйича гуруҳларга ажратиб ҳар бир гуруҳ учун рентабеллик даражасини ҳисоблаймиз. 
Агарда товар обороти ошиб бориши билан рентабеллик даражаси ошиб борса, улар 
ўртасида тўғри боғланиш мавжуд, аксинча бўлса, тескари боғланиш мавжуд бўлади.
Амалиётда шундай қийин ва мураккаб ҳодисалар учрайдики, уларни чуқур ўрганиш учун 
икки ва ундан ортиқ белгилар бўйича гуруҳларга ажратиш мақсадга мувофиқ бўлади. 
Статистикада бундай гуруҳлаш комбинацион гуруҳлаш методи деб юритилади
82-savol Guruhlash oralig‘i va uning ko‘rinishlari. 
Guruhlar oralig‘ining chegarasi – ayrim guruh- 0larga tegishli birliklar sonini to‘g‘ri aniqlash 
garovidir.Guruhlar oralig‘ining chegarasi masalasiga kelsak, uni ikki shaklda yechish mumkin: 
biri - hamma guruhlar uchun oraliqni teng miqdorda belgilash, ikkinchisi - uni tengmas shaklda, 
ko‘payib yoki ozayib keluvchi miqdorlarda ifodalash. Birinchi holda guruh oralig‘i quyidagi 
formula yordamida aniqlanadi:
k x x i 
Bu yerda: xmax - guruhlash belgisining eng katta qiymati;
xmin -uning eng kichik qiymati, k-tuziladigan guruhlar soni. Guruhlar oralig‘i teng bo‘lmagan 
shaklda belgilanayotganda ularni teng miqdorda birliklar bilan to‘ldirish ayni muddao 
hisoblanadi. Bu holda berilgan to‘plam guruhlarga teng sonda birliklarni taqsimlash yo‘li bilan 
ajratiladi, ya’ni m = N:k Bu yyyerda: m - harbir guruhga tegishli birliklar soni; N-umumiy 
to‘plam birliklari soni; k-tuziladigan guruhlar soni. Buning uchun dastlab to‘plam birliklari 
guruhlash belgisining qiymatlari asosida ranjlashtiriladi, ya’ni tartib soni bo‘yicha ularning 
qatori (ro‘yxati) tuziladi, so‘ngra har «m» ta birliklar sanalib, ulardan birinchi, keyin ikkinchi va 
h.k. guruhlar tuziladi.
83-savolGuruhlashning turlari. 
Guruhlash turlari Maqsad va vazifalarga qarab Guruhlash belgilari soniga qarab Manbaiga qarab 
tipologik guruhlash analitik guruhlash tuuilmaviy guruhlash oddiy guruhlash murakkab 
guruhlash birlamchi guruhlash ikkilamchi guruhlash
. 84-savol Ikkilamchi guruhlash.


Statistik guruhlashning yuqoridagi turlari dastlabki har bir obtektga tegishli ma’lumotlar asosida 
amalga oshiriladi. Shuning uchun birlamchi guruhlash deb yuritiladi. Lekin bunday birlamchi 
guruhlashlar bilan bir qatorda ularning natijalarini qayta ishlash yo‘li bilan tuziladigan 
ikkilamchi guruhlash ham mavjuddir. Bu usulga odatda birlamchi guruhlash natijalari maqsadga 
muvofiq bo‘lmasa, yoki ularni taqqoslash maqsadiga moslashtirish zarurati tug‘ilganda murojaat 
qilinadi. Ikkilamchi guruhlash ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi.: 1) birlamchi guruhlar 
oraliqlarini ixchamlashtirib maqsadga muvofiqlashtirish; 2) umumiy yig‘indiga nisbatan ayrim 
guruhlarning salmog‘ini ixtisoslashtirish. Bu usullarniquyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Ikki 
viloyat fermer ho‘jaliklari paxta hosildorligiga qarab turlicha guruhlangan bo‘lib, ularni qiyosiy 
o‘rganish zaruriyati tug‘ilgan 
85 statistik jadvalllar 
4.1. Statistik jadvallar Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so‘z bilan bayon etishga 
qaraganda o‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Statistikadagi 
jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy – iqtisodiy 
hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham 
shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini 
oydinlashtiradi.Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni
ifodalashi bo‘yicha uni o‘ziga xos mantiqiy gapga o‘xshatish mumkin. Shuning uchun har bir 
statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan 
statistik to‘plam jadvalning egasi, ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning 
egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o‘ng tomonida bo‘ladi. Lekin ular aksincha 
joylanishi ham mumkin
87Statistik jadvalning umumiy maketi. 
Статистик жадваллар деб ўрганилаётган ҳодиса ва воқеалар тўғрисидаги маълумотларни 
тартибли, кўргазмали ифодалашга айтилади. Ташқи кўринишидан статистик жадвал 
горизонтал ва вертикал чизиқларнинг кесишмасидан иборат бўлган тузилмада 
ифодаланади. Горизонтал чизиқлар қаторлар, вертикал – устунлар дейилади. Тузилган, 
лекин рақамлар билан тўлдирилмаган жадвални, статистик жадвални макети дейилади 
(3.1-схема). Статистик жадваллар ўз эгаси ва кесимига эга бўлишади. Жадвалда гап нима 
устида бораётган бўлса, ўша ҳодиса жадвалнинг эгаси дейилади. Эгани тавсифловчи 
кўрсаткичлар эса жадвалнинг кесими дейилади. Одатда эга жадвалнинг чап томонида, 
яъни ётиқ қаторларда, кесим эса жадвалнинг ўнг томонида, яъни устунларда 
жойлаштирилади. Текшириш мақсади ва мавжуд маълумотларнинг характерига қараб 
бунинг тескариси ҳам бўлиши мумкин, яъни эга ўнг томонда, кесим эса чап томонда 
жойлаштирилади. Ҳар қандай тузилган ва тўлдирилган жадвал умумий номга эга бўлиши 
керак. Жадвалнинг умумий номи уни устида келтирилиб, унинг мазмунини ўзида ифода 
этиши керак. Жадвалдаги қаторлар ва устунлар ҳам номланади ва иложи борича 
номерланади.
88Statistik jadvallarning turlari. 


Статистик жадваллар, эга характерига қараб: оддий; гуруҳий (группали); комбинацион 
жадвалларга; кесим характерига қараб: кесими оддий ишлаб чиқилган; кесим комбинация 
ишлаб чиқилган; гуруҳлаш мақсади бўйича: информация тавсифли; аналитик; типологик; 
махсус тайинланган (баланс, матрица ва ҳ.к.) жадвалларга бўлинади (3.2-расм).
89Statistik oddiy jadvallar. 
Оддий жадваллар деб эгаси фақат ҳодисалар, йиллар, объектлар рўйхатидан ташкил 
топган жадвалларга айтилади. Оддий жадваллар, маълумотларни берилишига қараб 
саноқли, территориал ва хронологик жадвалларга бўлинади. Жадвал эгасида ҳодисалар 
саноғи берилиши мумкин.Оддий жадвалда фақат саноқли, ҳудудий ва хронологик 
тамойил билан берилган информацияни камроқ ўрганамиз, асосан, кўпчилик жойда, бу 
учала тамойил биргаликда қўлланилади. 
90Statistik guruhiy jadvallar

Гуруҳий (группали) жадваллар деганда жадвал эгаси бирон-бир белги бўйича гуруҳларга 
ажратиб берилган жадвалга айтилади.Комбинацион жадвал деганда, бир марта 
гуруҳланган жадвал эгаси яна гуруҳларга, улар яна гуруҳча ости гуруҳларига ажратилган, 
жадвал кесими ҳам гуруҳланган кўриниш олган жадваллар тушунилади. 
91-savol Statistik kombinatsion jadvallar. 
Kombinatsion jadval – bu ega qismida obektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida 
guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvallar. Statistik jadval ixcham va korimli chiqishi uchun 
uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak:
1. Jadvallar hajmi katta bolmasligi kerak. Murakkab toplamlarni organishda jadval hajmini 
kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq ozaro bog’langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar 
aniq, tushunarli va oqishga oson korinishda tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib 
yozish mumkin emas.
3. Jadvalda bir-biri bilan bog’liq korsatkichlar birin-ketin, soddadan murakkabga osib borish 
tartibida joylashtirilishi lozim.
4. Jadvaldagi malumotlar mazmunini anglash oson bolishi uchun ularni bir xil aniqlik darajasi 
bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim.
5. SHartli belgilashlarga katta etibor berish kerak. Zarur bolganda ayrim korsatkichlar yoniga 
yulduzcha yoki raqamlar qoyilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida 
berilishi kerak.


6. Hodisa sodir bolganligi tog’risida malumotlar bolmasa, jadvalda shu korsatkich orniga 
«malumot yoq» yoki nuqtalar (…) qoyiladi, agarda hodisa umuman sodir bolmagan bolsa, tire (-) 
belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni oqish va tushunish 
ishi ancha osonlashadi.
94-savolModa nima? 
Moda deyilganda toplamda eng katta songa yoki salmoqqa ega bolgan korsatkich tushuniladi. U 
oraliq va oraliq bolmagan (diskret) qatorlar uchun aniqlanishi mumkin. Diskret qatorlarda 
modani aniqlashda hech qanday qiyinchilikka duch kelinmaydi. Bunday qatorlarda qaysi bir 
variantning vazni kop uchragan bolsa, shu variant moda bolib hisoblanadi. 
95-savol Statistik grafik. 
Grafik – bu statistik malumotlarni tasirchan va jozibali qilib tasvirlaydigan geometrik shakldir.
Statistik malumotlarni keng omma uchun tushunarli, tasirchan, diqqatga sazovor va londa qilib 
bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng 
qollanadi. Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi malumotlarni shartli olingan 
meyorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) 
hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular 
kishining diqqatini oziga tez jalb etish bilan birga malumotlarni esda yaxshiroq saqlash, tolaroq 
va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. SHuning uchun grafiklar iqtisoliy, madaniy va 
umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha soarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda 
muhim qurol vazifasini otaydi. Statistik malumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni 
soddalashtirish, oydinlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni 
boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bolamiz.
101-savol F(t) ehtimollikni aniqlash 


102Variatsiya kengligi nima va qanday tartibda hisoblanadi? U qanday nuqsonlarga ega va 
qanday sharoitda qo‘llanadi? 
Variatsiya, ya’ni belgi qiymatlarining qator markaziy miqdorlari (belgi darajasi) atrofida 
sochilishi (tarqoqligi)ning eng oddiy me’yori variatsiya kengligidir (inglizcha orange). U 
o‘rganilayotgan belgining eng katta va eng kichik miqdoriy qiymatlari orasidagi farqni 
belgilaydi, ya’ni
. Bu yerda
max x - belgining eng katta qiymati(qator hadi),
min x - uning eng kichik qiymati.
Variatsiya kengligidam taqsimotning ichki shakli, ya’ni miqdorlar orasidagi tafovutlar aka 
etmaydi Variatsiya kengligi taqsimot qatorining eng katta va eng kichik variantalari orasidagi 
farq. 
104 savolTuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar 
Tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar degan-da taqsimot qatorida ma’lum o‘rinda joy-lashgan
varianta qiy-mati tushiniladi. Toplamlar tuzilishidagi xususiyatlarni va qonuniyatlarni 
oydinlashtirish, ularning birliklarini ma’lum oraliqda zichlashib to‘planishini tahlil qilish ham 
o‘rtacha miqdorlar bilan bir qatorda taqsimot qatorlarining o‘rta tuzilmaviy ko‘rsatkichlar deb
nomlanuvchi tavsifiy parametrlarini (miqdorlarini) aniqlashni talab qiladi. Bunday 
ko‘rsatkichlar qatoriga moda, mediana va kvantililar kiradi. 
(111 savol) Ustun (yoki lenta) shaklli diagrammalar

Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar statistik 
ma’lumotlarni ko‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ular har xil ko‘rsatkichlarni 
taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) o‘zgarishini 
tasvirlash uchun xizmat qiladi. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalarda statistik ma’lumotlar 
vyertikal yoki gorizontal joylashtirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlanadi. Bunday 
diagrammalarni tuzish tartibi bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik. Turli mamlakatlarni 
tasvirlovchi ustunlar bir-biridan ajralib turishi uchun ularni har xil ranglarga bo‘yash kerak. 
Ustunlarni bir-biridan ochib tuzish ham mumkin. Bu holda ularning oralig‘i teng bo‘lishi lozim. 
Ularga tegishli ma’lumotlarni yozib qo‘yish tavsiya etiladi. Ustunlarning kengligi hamma 
obtektlar va yillar uchun bir me’yorda bo‘lishi shart.
#112-savo Balans shaklli diagrammalar.


Balans diagramma statistik ma'lumotlar geometrik shakllar bilan tasvirlangan grafika.Dumaloq 
diagrammalar Ular aylanuvchi maydon shaklida qurilgan, ular radiusi indikator qiymatidagi ildiz 
maydoniga teng.Tuzilishni ifodalovchi turli xil diagrammalar (ustunlar va chiziqdan tashqari) 
113-savol Ustun va sektor shaklli diagrammalar.
 
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar statistik 
ma’lumotlarni ko‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ular har xil ko‘rsatkichlarni 
taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) o‘zgarishini 
tasvirlash uchun xizmat qiladi. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalarda statistik ma’lumotlar 
vyertikal yoki gorizontal joylashtirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlanadi. Bunday 
diagrammalarni tuzish tartibi bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik. 2013 2018 4.7a-grafik. 
2013-2018- yillarda N-mamlakat aholisining jinsiy-yosh tarkibi piramidasi. 4.6. Sektorli 
diagrammalar. Sektorli diagramma bo‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bo‘lib, ularning
kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida murakkab 
hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning strukturasi tasvirlanadi. Ular 
quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni o‘rganilayotgan to‘plamningumumiy yig‘indi soni 
(100 foiz) deb qabul qilinadi. Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proporsional holda doira 
sektorlarga bo‘linadi. Buning uchun sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir 
yordamida ular doirada belgilanadi. Agar butun va bo‘lak sonlar absolut miqdorda ifodalangan 
bo‘lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 3600 ni umumiy butun songa bo‘lib, masshtab
belgilanadi va uni ketma-ket bo‘lak sonlarga ko‘paytiriladi. Agarda hodisaning tuzilishi 
tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bo‘lsa (umumiy to‘plam 100foiz deb olinib, uning 
ayrim qismlari jamiga nisbatan foizda hisoblangan), u holda masshtab 3,60 ga teng (3600 100 
foiz) bo‘lib, ayrim qismlarning salmog‘i (foiz da hisoblangan) unga ko‘paytiriladi.
#115- savol Tasvir shaklli diagrammalar 
Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammalar o‘rganilayotgan hodisalarning 
tasvirlari (suratlari) ni chizish yo‘li bilan tuziladi. O‘lchov birligi qilib shartli ravishda 
tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yo‘lda yuk aylanmasining 
o‘sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi. Buning uchun 1 ta vagon qanchadir yuk 
aylanmasi hajmini bildiradi deb belgilab, tasvirlanuvchi ma’lumotlarni shu masshtabga bo‘lib, 
chizilishi kerak bo‘lgan vagonlar soni aniqlanadi.
#116-savolXaritogramma shaklli diagrammalar. 
Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda o‘rganilayotgan hodisaning hududiy
taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymatlariga moslab olingan shartli belgilar (shtrixlar, 
rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi. Bu belgilar har bir bo‘linma konturi ichiga 
ko‘rsatkichning qiymatiga qarab joylashtiriladi. Xaritogarmma tusli va nuqtali turlarga 
bo‘linadi. Hodisaning intensivligini (masalan, aholi zichligi) hududlar bo‘yicha taqsimotini 
ta’riflovchi qatorlar tusli xaritogarmma ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu holda tasvirlanayotgan 
miqdorlarning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga ega emasdir. Demak, shunday hollarda tusli 
xaritogarmmalarni tuzish mumkin. O‘rganilayotgan hodisaning ayrim hududlarda tarqalishi, 
ya’ni uning tumanlar bo‘yicha taqsimlanishi nuqtali xaritogrammalar shaklida tasvirlanadi. Bu 


holda tasvirlanayotgan miqdorlar (sonlar)ning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga egadir. Faqat
shunday holatda nuqtali xaritogrammalarni tuzish mumkin. Markazgrammalar deganda jadvallar 
to‘la holda joylashtiriladigan xaritogrammalar tushuniladi. Masalan, viloyatlar bo‘yicha aholi 
dinamikasi haqidagi ma’lumotlarni statistik-jo‘g‘rofiy jihatdan tasvirlash uchun bunday 
markazgrammalar tuzish mumkin. Bu holda konturli xaritalarda ma’lumotlar tegishli hududiy 
bo‘linmalar (viloyatlar) bo‘yicha tasvirlanadi. 
#117-savolMaxsus statistik grafik 
Statistik grafikning tarkibiy elementlari. Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so‘z bilan 
bayon etishga qaraganda o‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. 
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular
ijtimoiy – iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni 
yaqqol va ixcham shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini 
oydinlashtiradi. Grafik – statistik ma’lumotlarni ta’sirchan va jozibali qilib tasvir-laydigan
geometrik shakldir 
l#118 savolVarzar belgisi. 
Warzaraning belgisi." Uchta ulangan qiymatni taqqoslash uchun ishlatiladi. Bu to'rtburchaklar, 
in qaysi uzunlik bitta hodisaning qiymatini ko'rsatadi, kengligi boshqa va uning maydoni droav-
shkalasiv taqqoslashning mahsulotini tavsiflaydi: bitta shkala - to'rtburchaklar bazasi uchun 
ikkinchi shkala."Zama Warzara" bir vaqtning o'zida ko'rsatilgan, aniqlanganidek, uchta miqdor, 
ya'ni bu raqamning diagrammasi - bu ikkinchi detalning ishi. Masalan, agar to'rtburchaklar 
jadvalining maydoni kollektsiyani ko'rsatsa, unda uning uzunligi urug'lik maydoni, ikkinchisi - 
balandlik - hosil - hosil. Ushbu diagramma 33-rasmda tasvirlangan. 
#119 savolO‘rtacha miqdorlar. 
O‘rtacha miqdorni hisoblash katta sonlar qonuni amal qiladigan ommaviy jarayon singari
amaldir. Muayyan taqsimot qatorining variantalari birin-ketin bir biriga qo‘shib (birlashtirilib) 
boriladi. Natijada katta-kichik miqdorlar bir-biriga ta’sir etib, birikib o‘zaro siyqalanadi. Ular 
o‘rtasidagi farqlar o‘zaro yoyishib yo‘qola boradi. Pirovard oqibatda qator tekislanadi, uning 
variantalari miqdoran barovarlashib ma’lum o‘rtacha daraja bilan ifodalanadi. Demak, o‘rtacha
miqdorlarning xususiyati yana shundan iboratki, ular qator unsurlarning bir-biridan ajratib 
turuvchi xossalarini nazardan soqit qiladi, ulardan doimo abstraksiyalanadi. O‘rtacha miqdor 
o‘zining funksiyalarini to‘la va aniq ado etishi uchun quyidagi shartsharoitlar mavjud bo‘lishi 
lozim: - o‘rtachamiqdori aniqlanadigan to‘plam bir jinsli, hajm jihatdan yetarli sonda bo‘lishi 
kerak; - o‘rganilayotgan to‘plam birliklariga tegishli belgining miqdoriy qiymatlari bo‘yicha 
ularning taqsimoti yetarli darajada hodisaga xos obtektiv taqsimot qonuniyati bilan hamohang 
bo‘lishi zarur. Bu talab katta sonlar qonuni amal qilishidan kelib chiqadi. Qatorning ichki 
qonuni statistik to‘plamning tub xossalari o‘rtasidagi zaruriy o‘zaro tub bog‘lanishlarni 
ifodalaydi va o‘rtacha miqdorni shakllantiradi. Sharoit esa tasodifiy kuchlar sifatida sabab bilan 
natijaga ta’sir ko‘rsatadi va qator miqdorlari o‘rtachadan turlicha tafovutlarda bo‘lishiga olib 
keladi. Pirovard oqibatda qator variantalarining ayrim miqdoriy qiymatlari va taqsimot 
qonuniyatlari asosiy ichki sabablar bilan tashki sharoitning tasodifiy kuchlari birgalikda amal 
qilishi va o‘zaro ta’siri natijasida shakllanadi. Katta sonlar qonuni amal qilishi sababli 


tasodifiyat ta’siri ostida bu miqdorlar orasida yuzaga chiquvchi tafovutlar bir-birini o‘zaro 
yeyishtiradi va o‘rtachada o‘zaro barovarlashgan tendensiya, qonuniyat namoyon bo‘ladi.
#120 savol O‘rtacha miqdorlarni hisoblashda asosiy qoidalar
.
uchburchak diagramma hisoblanadiTarmoqlar kosmosda ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni vizual 
jihatdan taqqoslash va ularning so'zlarini tahlil qilishga nisbatan qo'llaniladi.Xo‘sh, o‘rtacha 
miqdor nima va u qanday xususiyatlarga ega? O‘rtacha miqdorlarning qanday turlari va 
shakllari mavjud? Degan savollar tug‘ilishi tabiiydir. Masalani soddalashtirish uchun statistik
qatorni yon bag‘ridan siqib asta-sekin ixchamlashtirayotirmiz, deb faraz qilaylik. Bu holda 
uning variantalari orasidagi miqdoriy farqlar yoqala borib, ular yiriklashadi, soni esa kamayadi. 
Shuning hisobiga qator variantlarining soni ko‘payadi. Ixchamlashtirish jarayonini davom 
ettiravyersak, pirovard natijada qator variantasi bir miqdor bilan ifodalanadi. Variantlar soni esa 
boshlang‘ich qatorning jamlama soniga teng bo‘ladi. Ana shu miqdor ushbu qatorning o‘rtacha 
miqdoridir. U qatorning eng katta va eng kichik miqdorlari o‘rtasida yotadi. Bu yyyerda statistik 
qator deganda sof matematik qator, ya’ni musaffo sonlar qatori nazarda tutiladi. Bu sonlar na 
sharoitga va na bir-biriga bog‘liq, to‘liq yerkinlikka ega. Statistik qatorlar matematik sonlar 
qatoridan tubdan farq qiladi. Ular moddiy dunyo hodisalarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar 
qatoridir, miqdoriy qiymatlari esa hodisalarining yuzaga chiqish sharoitlariga bog‘liq. Umumiy 
holda o‘rtacha miqdor taqsimot qatorini siqib ixchamlashtirish jarayonida olingan miqdor-dir.
#121-savolO‘rtacha arifmetik miqdorning turlari va ularni hisoblash tartibi.
U qatorning katta va kichik hadlari o‘rtasida yotadi. O‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash 
usullari. O‘rtacha arifmetik ko‘rsatkich Statistikada o‘rtacha miqdorlarning xilma-xil turlari va 
shakllari mavjud. Chunonchi, agregat (nozohir shaklli) o‘rtacha, o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha 
geometrik, o‘rtacha garmonik, o‘rtacha kvadratik, o‘rtacha kubik, o‘rtacha xronologik va h.k.
shular jumlasidandir. Bular bilan bir qatorda taqsimot qatorlarida o‘rtachaga o‘xshash
funksiyani bajaruvchi o‘rta miqdorlar (varianta qiymatlari) ham bor. Bular moda, mediana va 
turli kvantililardan tarkib topadi. Ular qatorning tartibli yoki davriy o‘rta hadlari (miqdorlari) 
deb ataladi. O‘rtacha miqdorlarning u yoki bu turi va shaklini qo‘llash tekshirishda ko‘zlangan 
maqsad va vazifalarga, o‘rganilayotgan jarayon va hodisa xususiyatlariga hamda muayyan 
sharoitda qo‘limizda bo‘lgan ma’lumotlar xaraktyeriga bog‘liq. 
122O’rtacha arifmetik tortqichli miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? 
To’plamda o’rtalashtirilayotgan belgilar(x) bir necha marta takrorlanganda yoki belgilarning 
vaznlari(f) har xil bo’lgan tag’dirda qo’llaniladi: 
O’rtacha garmonik miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? O’rtacha garmonik miqdorlar to’plamdagi 
variantlarning qiymati(x) va umumiy hajmi (w) malum bo’lib, variantlarning vaznlari (f) 
nomalum bo’lgan tag’dirda ishlatiladi:=O’rtacha xronologik miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? 
To’plamda o’rtalashtirilayotgan belgilar(x) har oyning boshiga ma’lum bo’lgan taqdirda 
qo’llaniladi:bunda, yilning 1 yanvaridan boshlab, har bir oyning boshida mavjud bo’lgan 
belgilarni bildiradi sanalar soni (chorak bo’lsa yil bo’lsa 
123O‘rtacha garmonik miqdorning turlari va ularni hisoblash tartibi. 


O’rtacha garmonik miqdorlar qay vaqtda qo’llaniladi? O’rtacha garmonik miqdorlar to’plamdagi 
variantlarning qiymati(x) va umumiy hajmi (w) malum bo’lib, variantlarning vaznlari (f) 
nomalum bo’lgan tag’dirda ishlatiladi: 
124. Moda tushunchasi. 
Moda deb nima tushuniladi? Moda deb statistik to’plamda eng katta songa va salmoqqa ega 
bo’lgan miqdor tushuniladi. Moda aniq miqdordir. U o’rganilayotgan to’plamning strukturasini 
tariflashda eng muhim ahamiyatga egadir.Masalan,o’rtacha ish haqi yoki o’rtacha hosildorlik 
bilan eng ko’p uchraydigan ish haqi darajasi yoki hosildorlik darajasi ham katta ahamiyatga 
egadir. Moda oraliq va oraliqli bo’lmagan(diskret) variasion qatorlar bo’yicha aniqlanadi. 
Oraliqli bo’lmagan qatorlarda modani aniqlash qiyinchilik tug’dirmaydi, uni aniqlashda ortiqcha 
hisoblashlar talab qilinmaydi. Oraliqli bo’lmagan qatorlarda qaysi bir variantning vazni yoki 
salmohi ko’p uchrasa, shu variant moda bo’lib hisoblanadi. 
Oraliqli variasion qatorlarda modani hisoblash variasion diskret qatorlarga nisbatan farq qiladi. 
Oraliqli variasion qatorlarda modani quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: 
M0 –Moda, 
X0 - Moda oralig’ining quyi chegarasi., 
d– Moda oraliq-interval miqdori., 
F1 –moda oralig’ining kuyi chegarasidagi qator iazni, 
F2-moda qatorining vazni., 
F3- moda oralig’ining yuqori chegarasidagi qator iazni Endi,modani hisoblab olamiz 
128-129-30-31 variatsiya 
Variatsion statistika — matematik statistikaning amaliy tarmogi; statistik tuplam (majmua)larda 
belgilarning taqsimlanishini oʻrganadi. Statistik toʻplam biron bir jihatdan uxshash juda koʻp 
obʼektlar yoki yalpi hodisalardan tashkil topadi. V.s. barcha biologik obʼektlarga xos boʻlgan 
oʻzgaruvchanlik koʻp uchraydigan biol., genetika va q.x. ekinlari seleksiyasida keng qoʻllaniladi. 
V.s. matematik statistikaning nazariy xulosalariga asoslanadi va asosan kuzatilayotgan 
obʼektdagi miqdoriy belgilarning oʻzgarishini oʻrganishda qoʻllaniladi. Bir guruhga mansub 
belgilarning u yoki bu darajada variatsiyalanishm tashqi muhit omillarining ayrim kuzatish 
obʼektlariga turlicha taʼsiri hamda ularning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻlik. Belgilarning turli 
sharoitda oʻzgarishini oʻrganib, mazkur belgining qanchalik tashqi omillar taʼsiriga 
uchraganligini aniqlash mumkin. Ayniqsa miqdoriy belgilar juda oʻzgaruvchan. Seleksion-
genetik materialni miqdoriy belgilar boʻyicha baholashda zaruriy ulchash, hisoblash, tarozida 
tortish, biokimyoviy tahlil ishlari amalga oshiriladi. Natijada hali tartibga kelmagan, „xom“ 
maʼlumot toʻplanadi. Toʻgʻri maʼlumot olish va real mavjud boʻlgan qonuniyatlarni topish uchun 
toʻplangan faktik maʼlumotlar V.s. usullari bilan ishlanadi. Bu usullarda sifat va miqdor 
oʻzgaruvchanlikning asosiy koʻrsatkichlari: oʻrtacha arifmetik (x), dispersiya (st2), 


oʻzgaruvchanlik koeffitsiyenti (v,%) va oʻrtacha arifmetik xato (Sx) kabilar aniqlanadi. 
Dispersion analiz eng mukammal usul boʻlib, populyatsiyaning umumiy yoki fenotipik 
oʻzgaruvchanligini asosiy omil yoki asosiy omillar hamda muhit sharoiti taʼsiri bilan bogʻliq 
komponentlarga ajratish imkonini beradi. Bundan tashqari tadqiqotlarda belgilarning irsiylanishi 
va populyatsiyaning tanlashga koʻrsatadigan reaksiyasini baholashda genetik-statistik usullar 
ham qoʻllaniladi. Shuningdek, organizm belgi va xususiyatlarining korrelyativ bogʻlanish 
(qarang Korrelyatsiya) yoʻnalishi hamda kuchini, belgining muhit sharoitiga bogʻliq holda 
korrelyatsion oʻzgaruvchanligini aniqlashga imkon beruvchi korrelyatsion, regression va 
kovariatsion tahlillardan ham foydalaniladi. 
132-savol Dispersiya. 
O’rtacha kvadrat chetlanish voki dispersiya (ó) deb variantlar bilan
o'rtachaning farqi kvadratlari yig'indisining variantlar soni nisbatiga aytiladi.
133-137 Dispersiya hisoblash. 
Dispersiya'ni quyidagi formulalar bilan hisoblaymiz:
Oddiy qatorlar uchun (formula) 
tortilgan qatorlar uchun (formula) 
Bu erda ham o’rtacha arifmetikning xossalari buzildi, ya'ni (formula)kvadratga ko’tarilib. ikki 
baravarga ko'paytirildi. Ularni o’z holiga olib kelish uchun kvadrat ildizdan chiqariladi. ya'ni 
o’rtacha kvadratik chetlanish hisoblaniladi 133-savol 
135-savol Variatsiya koeffitsientini hisoblash zaruriyati. 
Variatsiya koeffitsienti (V) deganda. o'rtacha kvadratik tafovutning
(Formula) o’rtacha miqdorga (formula) nisbati tushuniladi. Bu ko’rsatkich foizda ifodalanadi va 
quyidagi formula bilan aniqlanadi:


139-savol
Dispersiva'ning asosiv xossalari. O'rtacha kvadrat chetlanish bir qancha matematik xossalarga 
ega. ular uni hisoblashni soddalashtiradi yoki yengillashtiradi.
1. Agar belgining alohida miqdorlaridan qandaydir bir "A" sonni ayirsak yoki qo’shsak bunda 
o’rtacha kvadrat chetlanish o’zgarmaydi:
2
(Formula)Demak, dispersiya’ni faqat belgilangan variantlar asosida emas. balki shu 
variantalarning qandaydir bir o'zgarmas “A" sonidan bo'lgan chetlanishi asosida hisoblash ham 
mumkin.
(Formula) 
2. Agar belgining alohida miqdorlarini qandaydir o’zgarmas "A" songa bo’lsak yoki 
ko’paytirsak, unda o’rtacha kvadrat chetlanish A: ga, o'rtacha kvadratik chetlanish esa. A 
martaga kamayadi yoki ko’payadi: (formula) Demak. belgining alohida miqdorini dastlab “A” 
songa (masalan. interval oralig'iga) bo'lib dispersiya'ni hisoblash mumkin, so'ngra esa. olingan 
natijani o'sha o'zgarmas "A" sonning kvadratiga ko'pavtirib. dispersiya'ning haqiqiy qi> inati 
(xuddi shunga o'xshash o'rtacha kvadratik chetlanish) aniqlanadi.
3. Agar (formula) o'rtacha arifmetik va alohida miqdorlar asosida emas. balki o'rtachani 
qandaydir bir "A” son bilan almashtirib. so'ngra ular o'rtasida o'rtacha kvadrat chetlanish 
hisoblansa. u hamma vaqt o'rtacha arifmetik bo'yicha hisoblangan dispersiyadan katta bo'ladi:
(Formula) 
Anchagina farqga ega. ya'ni o'rtacha bilan shartli olingan miqdor farqining kvadratiga (formula) 
Demak. o'rtacha asosida hisoblangan dispersiya hamma vaqt boshqa dispersiyalardan kichik 
bo'ladi.
140. Kvadratik o‘rtacha tafovut qanday shakllarga ega, har birini hisoblash tartibini birma-bir 
ketma-ketlikda bayon eting. 
O’rtacha kvadratik chetlanish (formula) 


 deb o’rtacha kvadrat chetlanishning kvadrat ildizdan chiqarilgan miqdoriga aytiladi va quyidagi 
formulalar bilan aniqlanadi: Oddiy qatorlar uchun (formula) Tortilgan qatorlar uchun (formula)
Yuqorida ko’rib chiqilgan variatsiya ko’rsatkichlari o’rganilayotgan hodisa va voqealar qanday 
birliklarda (so’m, tonna, metr va h. k.) ifodalangan bo’lsa, ular ham shu birliklarda ifodalanadi. 
Bu esa. turli xildagi hodisa va voqealar uchun hisoblangan ko’rsatkichlarni taqqoslashga imkon 
bermavdi. Ushbu muammo statistikada variatsiya koeffitsientini hisoblash bilan hal etiladi.
#156-savol Ulkan sonlar qonuni. 
Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab qo’shilmasi va o’zaro 
ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida olingan birlikda emas, balki barcha 
birliklarni o’zida qamrab olgan to’plamlarda namoyon bo’ladi. Bu erda ulkan sonlar qonuni 
amal qiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, hodisalar to’plami qanchalik ko’proq unsurlardan 
tashkil topgan bo’lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar 
shunchalik to’laroq o’zaro yoyishadi va oqibat natijasida hodisalarning zaruriy bog’lanishi va 
izchilligining umumiy qonuniyatlari aniqroq namoyon bo’ladi.
#157-savol Statistik to‘plamning muhim belgisi. 
Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-
biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning yig’indisidir. Masalan, korxonalar soni, 
aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni va h.k. To’plamlar bir jinsli (o’xshash, bir xil bo’lgan) 
va turli jinsli bo’lishi mumkin. O’rganilayotgan ob’ektning belgilari to’plamning hamma 
birliklari uchun umumiy bo’lsa to’plam bir jinsli deyiladi. Masalan, xususiy firmalarni 
o’rganishda, eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi va shug’ullanmaydigan
korxonalarni ajratish kerak. Bu erdan ikkita yangi to’plam paydo bo’ladi. Bu to’plamlarga 
kirgan har bir korxona to’plam birligi hisoblanadi. To’plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu 
birliklar boshqa holatda bir jinsli bo’lmasligi mumkin. Masalan, ish haqi nuqtai nazaridan davlat 
(yoki nodavlat) korxonalarida band bo’lgan ayollar-ishchilar to’plami bir jinslidir. Aholini 
takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, aniqrog’i tug’ilish masalasidan qarasak bu to’plam bir 


hil emas, chunki ayollarning ayrim yoshdagilari endi bola tug’a olmaydi. Belgi - bu to’plam 
birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan to’plam birligini ifodalash xarakteriga qarab 
belgilar miqdoriy, atributiv va alternativ belgilarga bo’linadi.
#158-savol Statistik ko‘rsatkichlar tizimi. 
Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistik ko’rsatkichlar 
yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog’onalarini o’zida qamrab 
oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja 
ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, 
mikrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Yana bir masala. Statistika bitta fanmi yoki bir nechta 
fanmi.?, degan savol tug’iladi. Aslida statistika bitta fan, lekin bir qancha tarmoqlari (sotsial,
makroiqtisodiy va h.k) mavjud. Statistikaning umumiy nazariyasi ommaviy hodisalarni statistik 
o’rganishning umumiy tamoyillarini va metodlarini yaratish bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy 
statistika aholining turmush tarzini va boshqa sotsial munosabatlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar
tizimini shakllantirish bilan shug’ullanadi. Makroiqtisodiy statistika mamlakatda ro’y
berayotgan makroiqtisodiy o’zgarishlarning miqdoriy tomonlarini o’rgansa, mikroiqtisodiy 
statistika – firma va korxonalar darajasidagi hodisalarning miqdoriy tomonlarini o’rganadi.
#159-savol
Ijtimoiy statistika
.
Ijtimoiy statistika aholining turmush tarzini va boshqa sotsial munosabatlarni ifodalovchi 
ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy statistika bo'yicha 
izlanishning eng muhim yo'nalishlari quyidagilardan iborat: aholining ijtimoiy va demografik 
tarkibi, aholining turmush darajasi, ijtimoiy va ta'lim darajasi, axloqiy statistika, jamoatchilik 
fikri , siyosiy hayotIjtimoiy statistika uchun ilmiy-tadqiqot ob'ektlarining ko'payishi xarakterli. 
Ularni ikki xilga bo'lish mumkin:1) Xizmatlar, moddiy va ma'naviy qadriyatlar, ma'lumotlar. 
Ularga individual va guruh ob'ektlari tasvirlangan. Individual Ob'ekt - shaxs (aholining 
umumiyligi). Bu, shuningdek, keyingi ijtimoiy jarayonga qarab, bu ham aholining va shaxsiy 
toifalari. Jamoa Ob'ekt - bu Iste'molni birgalikda olib boradigan, birgalikda ijtimoiy jarayonda 
qatnashadigan shaxslar guruhidir. Bunday narsalar: oila, mehnat jamoasi, bog 'shirkati va 
boshqalar.2) bir yoki boshqa ijtimoiy jarayonni tashkil etuvchi aholi xizmatlarini tashkil etuvchi 
shaxslar, tashkilotlar, tuzilmalar. Ularning faoliyati nazarda tutilgan xizmatlar hajmi va sifatini 
belgilaydi.Ijtimoiy statistika uchun ilmiy-tadqiqot ob'ektlarining ko'payishi xarakterli. Ularni ikki 
turga bo'lish mumkin.Birinchi va asosiy tur Xizmatlar, moddiy va ma'naviy qadriyatlar, 
ma'lumotlarning birinchi va asosiy turi. Ularga individual va guruh ob'ektlari tasvirlangan. 
Shaxsiy ob'ekt - bu shaxs (jismoniy shaxslarning umumiyligi). Bu shuningdek, o'qish bo'yicha 
ijtimoiy jarayonga qarab, bu ham aholining va yakka tartibdagi toifalari. Ijtimoiy jarayonda 
birgalikda iste'mol qilishni birgalikda amalga oshiruvchi shaxslar jamoaviy ob'ekt guruhi. 
Bunday ob'ektlar: oila, mehnat jamoasi, bog'dorchilik va garaj kooperativi va boshqa 
narsalar.Ob'ektlarning ikkinchi turi bir yoki boshqa ijtimoiy jarayonni tashkil etuvchi 
xizmatlarning aholisini qamrab oladi. Ularning faoliyati ta'minlangan xizmatlar miqdori va 
sifatini belgilaydi. Xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish, qiymatlar, ma'lumot - bu 
jarayonning ikki xil holatidir, bu ularning parallel tadqiqotlarining maqsadga muvofiqligi bilan 
oldindan belgilanadi. 
#160-savol
Iqtisodiy statistika 


Statistika fani bir necha mustaqil tarmoqlardan tashkil topadi: statistikaning umumiy nazariyasi, 
iqtisodiy statistika, ijtimoiy statistika, aholi (demografiya) statistikasi va boshqalar. Iqtisodiy 
statistika fani iqtisodiyotning miqdoriy tamonlarini sifat jihatlari bilan uzviy bog‘liqlikda 
o‘rganadi. Bu fanda tovar va хizmatlarni turlari, daromad, ishlab chiqarish, baho, almashuv va 
iste’mol qilishlar o‘rganish obtekti sifatida qaraladi.Iqtisodiy statistika – ijtimoiy-iqtisodiy 
statistika fani va davlat statistika organlari amaliy faoliyatining muhim tarmog‘i bo‘lib, u davlat 
muassasalari va jamoatchilikni, iqtisodiyotni rivojlanishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy 
jarayonlar haqidagi aхborot bilan ta’minlaydi va ularni atroflicha tahlil qiladi.Iqtisodiy statistika 
predmeti, hozirgi zamon, jonli хayot, ko‘z o‘ngimizda amalga oshayotgan tariх elementlaridir. 
Shu elementlarni tartibga tushiruvchi siyosiy iqtisod, statistika haqiqiy mazmun va hayot kasb 
etadi 
#161-savol
Statistika davlat qo‘mitasining asosiy funksiyalari. 
Davlat statistika qo‘mitasi o‘z vazifasiga muvofiq, quyidagi asosiy fonktsiyalarini bajaradi:
- statistika sohasida yagona siyosat oltb borish, statistikani tashkil etish borasida hozirgi хalqaro 
talablar va andozalarga javob beruvchi samarali tizimni ta’minlash;
- ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning istisnolari to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni to‘plash, 
qayta ishlash, jamlash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilish;
- хalqaro andozalarga javob beruvchi yagona statistika metodologiyasi bilan ta’minlash;
- hokimyat va boshqaruv organlariga davlat muassasalariga, хalqaro tashkilotlarga va 
jamoatchilikka mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar 
taqdim etish; 
- statistik ishlarni olib borish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini 
hamda korхona va tashkilotlar yagona davlat registrini yuritish;
- statistik organlarni teхnik modernizatsiyalashni amalga oshirish va yangicha statistik aхborot 
tizimini rivojlantirish. 
162.O‘zbekistonda statistikaning tashkil etilishi. 
Ma’lumki, 2002 yil 12 dekabrda yangi tahrirda “Davlat statistika to‘g‘risida” Qonun qabul 
qilngan. Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002
yil 24 dekabrdagi Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
tashqil etilgan bo‘lib, mamlakatimizda statistik sohasida yagona siyosat ishlab chiquvchi va 
amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaхsdir. U Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tuman (shahar) statistika bo‘limlari va “Kadrlarni 
qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar Markazi” birgalikda Davlat statistika qo‘mitasi yagona 
tizimini tashkil etadi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy 
hodisa vujudga kelgan o‘zgarishlar mamlakatni jahon va Evropa mamlakatlari bozorlariga
integratsiyalashuvi, hisob va statistikani barcha tizimlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni va isloh 
qilishni talab qildi. Shu maqsadda 1994 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi “O‘zbekistonda хalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o‘tish 
davlat dasturi” bo‘yicha qonun qabul qilindi 


163.O‘zbekiston statistika kengashi. 
“Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi huzurida 
Statistika kengashi tuzilgan. Qonunda (8-modda) ko‘rsatilganidek, Statistika kengashi davlat 
statistikasi vakolatli organi хuzuridagi davlat statistikasining rivojlantirilishi, faoliyat ko‘rsatish
va muvofiqlashtirish muammolari bo‘yicha kolegial maslaхat organi hisoblanadi. Uning tarkibi 
ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
164.To‘plam birligi.
To‘plam birliklari – statistik to‘plamni bunyod etuvchi unsurlardir. O’rganilayotgan ob’ektning 
belgilari to’plamning hamma birliklari uchun umumiy bo’lsa to’plam bir jinsli deyiladi. 
Masalan, xususiy firmalarni o’rganishda, eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan 
shug’ullanuvchi va shug’ullanmaydigan korxonalarni ajratish kerak. Bu erdan ikkita yangi 
to’plam paydo bo’ladi. Bu to’plamlarga kirgan har bir korxona to’plam birligi hisoblanadi.
To’plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda bir jinsli bo’lmasligi 
mumkin. Masalan, ish haqi nuqtai nazaridan davlat (yoki nodavlat) korxonalarida band bo’lgan 
ayollar-ishchilar to’plami bir jinslidir. Aholini takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, aniqrog’i 
tug’ilish masalasidan qarasak bu to’plam bir hil emas, chunki ayollarning ayrim yoshdagilari 
endi bola tug’a olmaydi.
165.Statistik jamlash ijtimoiy-iqtisodiy o‘lchash. 
Statistik jamlash deganda to’plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan maqsad va 
vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi. Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga 
qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan 
jamlashlarga bo’linadi. Oddiy jamlash deganda olingan ma’lumotlarni umumiy yakunlarini 
hisoblash tushuniladi, murakkabda esa to’plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib,
ularning har biri va umumiy bo’yicha jamlab chiqariladi. Markazlashgan jamlashda barcha 
ma’lumotlar bir erga to’planib, o’sha erda qayta ishlanadi. Masalan, aholi ro’yxati 
ma’lumotlarini qayta ishlash. Markazlashmagan jamlashda ish pog’onama-pog’ona amalga 
oshiriladi, masalan, dastlab tumanda, keyin viloyatda va h. k. Statistik jamlash bir qancha 
bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: 1.To’plangan 
ma’lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi. 2.To’plam birliklari o’rganilayotgan belgi 
bo’yicha guruhlarga ajratiladi. 3.Har bir guruh va umumiy to’plam bo’yicha jamlar chiqariladi. 
4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi 
166.Ekstensiv (hajmli) statistik ko‘rsatkichlar. 
kstensiv korsatkich – qismning butunga nisbatini, yoki butunning qismlarga taqsimlanishini
korsatadi. Odatda ekstensiv korsatichlar % larda, yani foizlarda hisoblanadi. Ekstensiv 
korsatkichlarni hisoblash uchun butun 100 deb olinib, uning qismlari esa X deb, qabul 
qilindi. Ekstensiv korsatkich = hodisani qismi×hodisani hammasi Ekstensiv korsatkichlarga
leykotsitar formula, aholining yoshi, jinsi, ijtimoiy guruhlar boyicha taqsimlanishi, olim,
kasallanishlar strukturasi va hokazolar misol boladi. Ekstensiv korsatkichlar statistik 
majmuaning strukturasini aniqlash va uni tashkil etgan ayrim bolaklarini taqqoslash uchun
ishlatiladi. Ekstensiv korsatkichlar bir muhitning yoki hodisaning ichida uning ayrim
olingan bolaklari bir - biriga nisbatan kop yoki ozligini korsatadi. Ekstensiv korsatkichlar 


yordamida hodisa yoki voqealarni muhit yoki vaqt oraligida tarqalish darajasini belgilash 
mumkin emas. Buning uchun esa doimo shu hodisa yuz bergan muhitning sonini bilish va
intensiv ko`rsatkichni hisoblash lozim.
167.Intensiv (sifat) statistik ko‘rsatkichlar. 
Intensiv korsatkich – malum muhitdan kelib chiqqan hodisani shu muhitda tarqalishini,
yani qancha marta uchrashini korsatadi. Intensiv korsatkich quyidagi formula boyicha 
hisoblanadi:
hodisa×asos 
Intensiv korsatkich = ---------------------;
muhit
Intensiv korsatgichlar oz navbatida umumiy va xususiy intensiv korsatgichlarga bolinadi. 
Umumiy intensiv korsatgichlarga barcha aholining soniga (tuman,viloyat, shahar) 
hisoblanuvchi tugilish, olim, kasallanish kabi korsatgichlar misol boladi. Xususiy intensiv 
korsatgichlar yuqoridagi hodisalarning malum olingan guruhlar orasida taraqalganligini
korsatish uchun ishlatiladi (aholining yoshi, jinsi, ish staji boyicha kasallanish korsatkichlari).
Intensiv korsatkichlar u yoki bu hodisaning kattaligini, tarqalganligini bir necha majmualar
orasida taqqoslash (masalan: turli tumanlar, shaharlar, viloyatlar, mamlakatlar orasidagi
tugilish korsatkichlarini, yoki turli xil yoshdagi aholi orasidagi olim korsatkichini
solishtirish) uchun qollaniladi. Intensiv korsatkichlar organilayotgan majmualarda
hodisalarni tarqalish darajasini, ulardagi ozgarishlar dinamikasini (vaqt oraligida) kuzatish 
uchun qollaniladi 
168.Markazlashgan jamlash 
Markazlashgan jamlashda kuzatishdan
olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi, hamda qo‘yilgan maqsad va
vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi.
169.Markazlashmagan jamlash. 
Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab
joylarda (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik
markazga - Davlat statistika organlariga yuboriladi. Har ikkala usulning ham salbiy
va ijobiy tamonlari mavjud. Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda qayta
ishlanganda, hozirgi yuqori unumli texnikadan samarali foydalanish, hamda
yagona uslubiy yandoshishga imkon yaratadi, lekin mahalliy, xududiy
ko‘rsatkichlarni hisoblash cheklanadi, kuzatish ma’lumotlarini taqqoslash,
tekshirish uchun qiyinchilik tug‘uladi. 
170.Keng ma’nodagi jamlash. 


Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab
guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Masalan, terilgan paxt
ani
qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga,
mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib
o‘rganish.
171.Tipologik va Tuzilmaviy guruhlash

tipologik guruhlash deganda, o’rganilayotgan hodisalar to’plamini sotsialiqtisodiy tiplarga t
aqsimlash tushuniladi. Tip so’zi quyidagi lug’aviy mazmunga ega: 1) bir turdagi narsa uc
hun umumiy bo’lgan namuna; 2) biologik hayvon va o’simliklar sistematikasidagi o’zaro
o’xshash sinflarni birlashtiradigan oliy bo’linma
3) bir qator ichki yoki tashqi belgilar yagonaviyli 
gi asosida birlashgan kishilar kategoriyasi. Sotsial 
iqtisodiy tip deganda jamiyatda, iqtisodiyotda bajaradigan funktsiyalari va tutgan o’rni um
umiyligiga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shaxslar, qandaydir narsalar (ishlab chiq
arish vositasi, ishlovchi kuch va h.k.) kategoriyasi, to’plami tushuniladi. Tuzilmaviy guruhlas
h odatda ma’lum bir belgiga qarab to’plam tuzilishini ta’riflaydi. Buning uchun dastlab bi
r belgi asosida taqsimot qatori tuziladi, so’ngra har qaysi guruh uchun tuzilmani ta’riflovchi
to’plama ko’rsatkichlar, masalan guruhlash belgisining guruhlardagi yig’ma hajmi va u bi
lan yaqindan bog’liq bo’lgan belgilar to’plama miqdorlari hisoblanadi va nihoyat ularga a
soslanib ayrim guruhlarning umumiy to’plamdagi hissalari aniqlanadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling