1. Sug’urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan


Download 293.5 Kb.
bet13/24
Sana16.01.2023
Hajmi293.5 Kb.
#1094747
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Cуғурта иши фанидан назорат вариантлари (3)

11-variant

  1. Sug’urta faoliyatini litsenziyalash tartibi

15-modda. Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi. Litsenziya sug‘urtalovchiga yoxud hayotni sug‘urta qilish sohasida, yoxud umumiy sug‘urta sohasida, yoxud faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasno. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomalarini tuzishga haqli emas. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi BHMning 5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan boshlab 20 kun muddatda qabul qilinadi. Litsenziyalovchi organ qaror qilingandan keyin 3 kun muddatda litsenziya talabgorini qaror to‘g‘risida xabardor qiladi. Litsenziya talabgori davlat boji to‘lab, litsenziya bitimini imzolagach 2 kun ichida litsenziya rasmiylashtirib beriladi. Litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun ekspert komissiyasi tashkil etiladi.Litsenziya Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.

  1. Mulkiy manfaatlarni sug’urtalash.

Sug'urta ob'ekti bo'lib, Sug'urta qildiruvchining mulkka egalik qilishi, uni o'z ixtiyorida saqlashi, undan foydalanishi, sug'urta hodisasi yuz berishi natijasida unga zarar yetishi bilan bog'liq mulkiy manfaatlari hisoblanadi. Sug'urtaga Sug'urta qildiruvchiga qonuniy asoslarda tegishli bo'lgan mol-mulk qabul qilinadi. Quyidagilar sug'urta himoyasi bilan ta'minlanishi mumkin:
- bino, inshoat va imoratlar;
- omborlar, saqlash joylari, usti yopiq maydonchalar;
- texnik uskunalar, mashina va mexanizmlar, asboblar;
- transport vositalari;
- tovar zaxiralari va boshqa harakatdagi mol-mulklar.
Sug'urta hodisasi deganda, quyidagi xavf guruhlari (turlari) bo'yicha yuz bergan hodisalar tushuniladi:
yong'in;
suv toshishi;
mexanik shikastlanish;
uchinchi shaxslarning g'ayriqonuniy harakatlari;
tabiiy ofatlar.
Sug'urta mukofoti (Sug'urta qildiruvchi tomonidan Sug'urtalovchiga sug'urta uchun to'lanadigan haq (badal)) sug'urta xavflarning turi, soni va darajasidan (sug'urta summasidan 0,15% dan 4,0% gacha bo'lgan miqdorda) kelib chiqib belgilanadi. Sug'urta tovoni sug'urta hodisasi yuz berganligi fakti belgilangach, sug'urta dalolatnomasi tuzilgach, bu fakt taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangach, hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlangach 15 (o'n besh) bank kuni davomida to'lanadi.MULKIY SUG`URTA-turli ko`rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog`liq manfaatlar sug`urta munosabatlarining obyekti hisoblangan sug`urtaning mustaqil tarmog`i. Sug`urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog`ida joylashgan mol-mulklar sug`urtalanishi mumkin.

  1. Shaxsiy sug’urta shartnomalarining muhim bo’lgan shartlari.

Shaxsiy sug‘urta shartnomalarida sug‘uta summasi boshqa sug‘urta shartnomalari bo‘yicha belgilangan sug‘urta summalaridan qat’i nazar to‘liq amalga oshiriladi. Javobgarlikni sug‘urtalashda sug‘urta qoplamasi uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar doirasida arizada ko‘rsatilgan jabrlanuvchiga to‘lab beriladi. Agar jabrlanuvchi vafot etgan bo‘lsa, sug‘urta qoplamasi uning merosxo‘rlariga to‘lab beriladi. Faqatgina sug‘urta qildiruvchi sug‘urta zararini o‘zi qoplagan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanmasligi mumkin. Agar u naf oluvchiga sug‘urta qoplamasini to‘lab berganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etsa, bunday holda sug‘urta qoplamasi sug‘urtalanuvchining o‘ziga to‘lab beriladi. Hayot sug‘urtasida sug‘urta hodisasi sifatida ma’lum yoshgacha yashash yoki shaxsning vafot etishi hisoblanadi. Bunda sug‘urtalanuvchiga shartnomada belgilangan sug‘urta qoplamasi sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtalovchiga sug‘urta shartnomasi taqdim etilganda to‘lab beriladi. Sug‘utalovchi sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatlarda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasini to‘lab berishi shart. Sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini o‘z vaqtida to‘lab bermagan taqdirda, u sug‘urtalanuvchiga jarima (penya) to‘laydi. Jarima hajmi shartnoma va qonunchilik asosida belgilanadi. Sug‘urta tashkilotida sug‘urta qoplamalarini hisobga olish uchun sug‘urta tovonlarini hisobga oluvchi schyotlar (2200) mo‘ljallangan. Ushbu schyotlarga quyidagilar kiradi: 2210 schyot “Hisobot davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta bo‘yicha sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta tovonlari”; 2220 schyot “Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar bo‘- yicha sug‘urta tovonlari”. Yuqoridagilardan tashqari o‘tgan davrlarda yuz bergan sug‘urta hodisalari bo‘yicha to‘lanadigan sug‘urta qoplamalari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9431 schyot “To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta bo‘yicha o‘tgan davrlarda sodir bo‘lgan, o‘tgan davrda xabar qilingan sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta tovonlari”; 9432 schyot “To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta bo‘yicha o‘tgan davrlarda sodir bo‘lgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta tovonlari”. Mazkur schyotlarning debetida haqiqatda to‘langan sug‘urta qoplamalari aks ettiriladi va u pul to‘lanadigan schyotlar bilan korrepondensiyalanadi: Debet 2210 (2220,9431,9432) – Kredit 5010 (5110,5210) Sug‘urta zaxiralarini investitsiya qilishning bir yo‘nalishi bu hayot sug‘urtasi shartnomalari bo‘yicha ssudalar berish hisoblanadi. Sug‘urtalovchi tomonidan ssudalar faqatgina u bilan hayot sug‘urtasi shartnomasini tuzgan sug‘urtalanuvchilargagina berilishi mumkin. Ssudalarning ta’minoti sifatida sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasi bo‘yicha shakllantirgan sug‘urta summasi hisoblanadi. Agar sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchi yoki naf oluvchining sug‘urta qoplamasini olish huquqidan mahrum qiluvchi holatlar aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa va sug‘urta qoplamasi sug‘urtalanuvchiga to‘langanidan so‘ng mazkur holatlar sug‘urtalovchi tomonidan aniqlangan taqdirda, sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchi yoki sug‘urtalovchidan sug‘urta qoplamasini qaytarib undirib olish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish huquqiga ega. Bunda sug‘urta qoplamasining qaytarilishi ikki tomonning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Agar sug‘urtalanuvchi yoki naf oluvchi noto‘g‘ri tartibda to‘langan sug‘urta qoplamasini to‘lashni rad etsa, sug‘urtalovchi qonunchilikda belgilangan tartibda qoplamani undirish choralarini ko‘rishi mumkin.


Download 293.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling