1. Sug’urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan
Download 293.5 Kb.
|
Cуғурта иши фанидан назорат вариантлари (3)
8-variant
Sug’urta bozorining professional va professional bo’lmagan ishtirokchilari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi PQ-618-sonli qaroriga bilan “Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi Nizom” qabul qilingan bo‘lib, unda sug‘urta bozorining professional qatnashchilarining tarkibi, ularning faoliyatini tashkil qilish tartib hamda shartlari, shuningdek asosiy funksiyalari belgilab qo‘yilgan.Nizomga ko‘ra sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari (sug‘urta brokeri, qayta sug‘urtalovchi broker, sug‘urta agenti), aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari, shuningdek assistans xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urta bozorining professional qatnashchilari hisoblanadi. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarini davlat ro‘yxatiga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilarini davlat ro‘yxatiga olish esa - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi. Aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari hamda assistans xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar: ·sug‘urtalovchi sifatida sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash operatsiyalarini o‘tkazish; ·sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish; ·sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida qatnashish huquqiga ega emas.Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy manfaatlarni himoya qilish va ifodalash hamda umumiy vazifalarni hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda notijorat tashkilotlar hisoblangan o‘z uyushmalari va ittifoqlarini tuzishga haqlidir. Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmalari va ittifoqlaridan sug‘urta bozorini monopoliya qilishga yo‘naltirilgan bitimlarga erishish uchun foydalanilishi mumkin emas. O’zbekiston sug’urta bozori rivojlanishini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichlar. Sug'urta tashkilotlari taraqqiyotining ikkinchi bosqichi 1995-2001- yillami o‘z ichiga oladi. 1995-yil 1-yanvardan transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar egalarining uchinchi shaxslarga zarar keltirish bo‘yicha javobgarligini majburiy sug urta qilish joriy etildi. Bu davrda bevosita davlat ishtirokida yirik sug‘urta tashkilotlari tashkil etildi. O'zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sug'urta tashkilotlari haqida gapirganda, albatta, «Madad» sug'urta agentligini ham alohida tilga olish joiz. Bu agentlik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni sug'urtaviy himoya qilish bo'yicha agentlikni tashkil etish to'g'risida» 1995-yil 26-iyuldagi farmoniga binoan tashkil etilgan va bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat ко rsatyapti. Agentlik ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati boiib, uning asosiy muassislari 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, « 0‘zsanoatqurilishbank», «Tadbirkorbank» (hozir Mikrokreditbankka aylantirilgan) va boshqa bir nechta tijorat banklari hamda tashkilotlardir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subvektlariga, shuningdek, aholiga hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalariga sug urta xizmatlarini ko‘rsatish agentlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari b oiib hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida» 1998-yil 8-iyuldagi qaroriga muvofiq, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat sug‘urta nazorati funksiyasi yuklatildi va shu munosabat bilan uning markaziy apparatida Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etildi. 3. Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorlik tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini bosqichmabosqich mustahkamlab borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-872-sonli Qarori asosida 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari belgilandi2 : − umumiy sug‘urta sohasida – 750 ming yevroga ekvivalent summada; − hayotni sug‘urta qilish sohasida – 1000 ming yevroga ekvivalent summada; − majburiy sug‘urta bo‘yicha – 1500 ming yevroga ekvivalent summada; − faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha – 4000 ming yevroga ekvivalent summada. Umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat yurituvchi sug‘urta tashkilotlari quyidagi turlar bo‘yicha litsenziya olishi mumkin. Hozirgi kunda sug‘urta tashkilotlari litsenziyada ko‘rsatilgan sug‘urta tur(tur) lari doirasida o‘z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqdalar. Download 293.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling