1. Sug’urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan


Download 293.5 Kb.
bet8/24
Sana16.01.2023
Hajmi293.5 Kb.
#1094747
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Cуғурта иши фанидан назорат вариантлари (3)

6-variant

  1. Sug’urta hodisasini roy berish ehtimoli va kutilayotgan sug’urta qoplamalari hajmini aniqlash tartibi.

Sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng belgilangan muddatda sug‘urta tashkiloti sug‘urta polisini rasmiylashtiradi va sug‘urtalanuvchiga taqdim etadi. Bunday holatda sug‘urta mukofotini qabul qilib olish quyidagi provodka asosida hisobga olinadi: Debet 5000 (5100,5200) – Kredit 6330 “Sug‘urtalanuvchilardan olingan bo‘nak sug‘urta mukofotlari” Sug‘urta polisining rasmiylashtirilishi va sug‘urtalanuvchiga taqdim etilishi quyidagi provodka bilan hisobga olinadi; Kredit 6330 “Sug‘urtalanuvchilardan olingan bo‘nak sug‘urta mukofotlari” – Kredit 6280 ‘playdi, belgilangan tartibda sug‘urtalovchiga o‘tkazib berdi. Sug‘urta agentlari tomonidan sug‘urta mukofotlarining kelib tushishini 6990 schyot “Boshqa majburiyatlar”da olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda naqd kelib tushgan sug‘urta mukofotlariga quyidagicha provodka beriladi: Debet 5010 – Kredit 6990 Muvofiq ravishda naqdsiz shaklda to‘langanda: Debet 5110 – Kredit 6990 Sug‘urta agentining sof tushumiga faqatgina 9030 schyot “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”da hisobga olinadi. Lekin shuni ham hisobga olish zarurki, sug‘urta agenti sug‘urta mukofotini sug‘urtalovchiga o‘tkazmasdan oldin komission mukofotlarni o‘z hisobiga ololmaydi. Shuning uchun agentlik shartnomasida belgilangan muddatlar sug‘urta mukofotlari sug‘urtalovchiga o‘tkaziladi va bu operatsiyaga quyidagicha provodka beriladi: Debet 6990 – Kredit 5110 Keyinchalik shartnomada belgilangan muddat va tartibda sug‘urtalovchi sug‘urta agentining hisobiga kommissiya mukofotlarini o‘tkazib hisblaydi vaberadi hamda bu sug‘urta agentining sof tushumi hisoblanadi: Debet 4010 “Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” – Kredit 9030 Debet 5110 – Kredit 4010 Agar sug‘urta vositachisi sifatida o‘z nomidan sug‘urta shartnomalarini tuzuvchi sug‘urta agenti komission mukofotlarni o‘zida ushlab qolishi mumkin bo‘lsa, avvalo, komission mukofot miqdori hisoblanadi: Debet 4010 – Kredit 9030 Sug‘urta agenti sug‘urta mukofotlarini o‘z komissiya mukofotini chegirib qolgan holda sug‘urtalovchiga o‘tkazib beradi: Debet 6990 – Kredit 5110 Sug‘urta brokerining komissiya sifatidagi olib qolgan summasi sof tushum sifatida hisobga olinadi: Debet 6990 – Kredit 4010 Yuqorida keltirilgan operatsiyalar sug‘urta brokerlarining buxgalteriya hisobida ham xuddi shunday yuritilish mumkin.

  1. Sug’urta tarifi tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar.

Sug‘urta faoliyatida aktuar hisob-kitoblarning o‘ziga xos tomonlari ham mavjud va ular quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
- baholanayotgan risk doimo ehtimollik xarakteriga ega bo‘lishi;
- sug‘urtachi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat tannarxi sug‘urta munosabatlari yig‘indisidan keltirilib chiqarilishi;
- sug‘urtachi ixtiyorida bo‘ladigan maxsus zaxirani ajratish, uning optimal hajmini aniqlash talab etilishi;
- umumiy sug‘urta doirasida risklarni aniqlashtirish va ularni guruhlash talab etilishi kabilar.
Tarif stavkasi yordamida har bir sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lashi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti aniqlanadi. Buning uchun shartnomada qayd etilgan sug‘urta summasi tarif stavkasiga ko‘paytiriladi.Sug‘urta tarifi stavkasi sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Uning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi muhimdir. Sug‘urtachi sug‘urta tarifi asosida undirilgan sug‘urta mukofotlari hisobidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni sug‘urta faoliyatini amalga oshirish xarajatlarini qoplaydi.Sug‘urta risklari sezilarli darajada kam yuz bergan yoki sug‘urta hodisasi oqibatida ko‘rilgan zarar ko‘lami katta bo‘lmagan yillar hisobiga sug‘urtachining daromad (foyda) olish ehtimoli ortadi. Shuni ham nazarda tutish lozimki, aniq natijalar hisob-kitobida hisobot davri davomida xabar qilingan, ammo sug‘urta qoplamasi amalga oshirilmagan zarar sug‘urta tashkiloti faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlariga ham sezilarli ta’sir etadi. Sug‘urta tarifining risk yuz berishi ehtimoliga nisbatan yuqori darajada ko‘rsatilishi bir tomondan, mijoz bilan sug‘urta shartnomasi tuzilmay qolishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, sug‘urtachining sug‘urta bozoridagi raqobatbardoshligiga ham salbiy ta’sir etadi. Va, aksincha, tarif stavkasining past darajada belgilanishi sug‘urtachi mablag‘larining taqchilligini keltirib chiqarishi oqibatida, sug‘urtalanuvchi ko‘rgan zararning sug‘urta qoplamasi amalga oshirilmay qolinishiga olib kelishi mumkin, ammo, bunday holat amaliyotda deyarli uchramaydi. Sug‘urta mukofotlarining stavkalari tarif davri uchun hisoblab chiqiladi, ya’ni tarif hisoblari asosida belgilangan davr uchun ekvivalentlik ta’minlanadi. Shunday qilib, har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tarif stavkasi brutto-stavka sifatida qaraladi va u ikki qismdan: netto-stavka (sug‘urta qoplamasi to‘lovlari uchun zaxira summasi) va sug‘urtachining faoliyat yuritish xarajatlaridan (odatda u «yuk» deb ataladi) iborat bo‘ladi. Brutto-stavkada bu ikkala qismning nisbati, ularning mohiyatidan kelib chiqib, turlicha foizlarda belgilanishi mumkin. Netto-stavka brutto-stavkaning asosini tashkil etadi va uning hissasiga, sug‘urta turiga qarab, 60-95 foizgacha ulush to‘g‘ri kelishi mumkin. «Yuk» hisobiga esa, shunga mos ravishda odatda 5-40 foiz ulush belgilanadi.Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qancha sug‘urta turi sug‘urtalanayotgan bo‘lsa, netto-stavka ham shuncha qismdan iborat bo‘ladi.

  1. Sug’urtada javobgarlik hajmi, sug’urta riski tushunchalarining ahamiyati.

Sug‘urtaviy risk – bu sug‘urta hodisasini ro‘y berish ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan
zararning miqdoriy hajmi nuqtai nazaridan baholanishi mumkin. Sug‘urta riskining asosiy mezonlari:
• risk tasodifiy xarakter kasb etishi kerak, bunda sug‘urta shartnomasida ishtirok etayotgan
barcha tomonlarga sug‘urta hodisasining ro‘y berish aniq vaqti va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan
zararning hajmi oldindan ma’lum emas;
• mazkur riskning namoyon bo‘lish tasodifiyligini bir turdagi obyektlar jamlamasi bilan
solishtirish mumkin, ya’ni statistik kuzatuvlar olib borish kerak;
• riskni amalga oshishida aks etuvchi sug‘urta hodisasining ro‘y berishi sug‘urtalanuvchi
yoki boshqa manfaatdor shaxsning xohish-irodasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak;
• sug‘urta hodisasining ro‘y berishi davr va makonda ma’lum emas;
• riskni amalga oshish oqibatlarini pul ifodasida obyektiv o‘lchash va baholash imkoni
mavjud.Nosug‘urtaviy risklar – bu risklar obyektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi
mas’uliyati hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi. Risklarni boshqarish o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy tizim (jarayon)ning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan daromad bilan bevosita proporsionaldir.Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning, tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha risklarni boshqarish jarayonini qanchalik samarali tashkil qilinganligiga bog‘liq. Risk – tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatlaridan kelib chiqadigan yo‘qotishlar xavfi ehtimoli. Haqiqiy risklar – salbiy yoki nolli natijani olish ehtimolligi: tabiiy, ekologik, siyosiy,transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo).Spekulyativ risklar – ham ijobiy, ham salbiy natijani olish ehtimolligi: moliyaviy risklar.

Download 293.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling