1. Sug’urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan
Download 293.5 Kb.
|
Cуғурта иши фанидан назорат вариантлари (3)
4-variant
Umumiy sug’urta qonunchiligiga kiruvchi qonunlar. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va qabul qilinganligi ta’kidlab o‘tildi.Ushbu Qonunning ishlab chiqilishidan asosiy maqsad – to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qoidalarini qonun darajasida belgilash va sug‘urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni boshqarishning yagona mexanizmini yaratish hisoblanadi. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun sug‘urta sohasida tajribadan o‘tgan milliy amaliyot va xalqaro tamoyillarga asoslangan bo‘lib, 10 ta bob va 72 ta moddani o‘z ichiga oladi.Qonun bilan quyidagi asosiy o‘zgarishlar amaliyotga joriy etilmoqda: sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilishi mumkin; sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi; sug‘urtalovchilarning, sug‘urta brokerlarining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari malaka talablariga muvofiq bo‘lsa tayinlanadi; sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sug‘urtalovchilar belgilangan prudensial normativlarga rioya etishi shart. Shuningdek, sug‘urta zahiralarida ham o‘zgarish amalga oshirilgan bo‘lib, qonunda ogohlantirish chora-tadbirlari zahirasi olib tashlandi.“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 23-noyabrda imzolangan hamda 2022-yil 25-fevraldan boshlab kuchga kirgan. 6-modda. Sug‘urta sohalari va turlari (klasslari) Sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi:hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug‘urta summalarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi); umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari). Sug‘urta tavakkalchiliklarining yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 8-modda. Sug‘urtalovchining qayta sug‘urtaga doir sug‘urta faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat qayta sug‘urtani amalga oshirishga doir faoliyat qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda litsenziyalanishi lozim. Sug‘urta tashkiloti sug‘urta faoliyatining turlari (klasslari) bo‘yicha sug‘urta tavakkalchiliklarini qayta sug‘urtaga o‘tkazishni va qabul qilishni sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun olingan litsenziyaga muvofiq, qonunchilikda belgilangan prudensial normativlarga rioya etgan holda, qayta sug‘urtaga oid litsenziyani olmasdan turib amalga oshirishi mumkin.Qayta sug‘urtani qayta sug‘urtaga oid litsenziya asosida faoliyatning alohida turi sifatida amalga oshiruvchi qayta sug‘urta tashkiloti “hayotni sug‘urta qilish” va “umumiy sug‘urta” sohalarida sug‘urtaning barcha klasslari bo‘yicha qayta sug‘urtani amalga oshirishga haqli. 42-modda. Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi. Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish sohasida yoki umumiy sug‘urta sohasida yoxud faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Maxsus sug’urta qonunchiligiga kiruvchi qonunlar. Hozirgi kunda O’zbekistonda o’z tarkibiga umumiy qonunchilik, maxsus sug’urta qonunchiligi va qonunosti hujjatlari, idoraviy me‘yoriy hujjatlar kompleksini oluvchi, yetarlli darajadagi ishchan tizim yaratilgan. Maxsus sug’urta qonunchiligi: bu turga sug’urta masalalarini boshqaruvchi va tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasining alohida qonunlari mansubdir. Bunday qonunlarga O’zbekiston Respublikasining ―Sug’urta faoliyati to’g’risidagi, ―Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi, ―Transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi, ―Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonunlari hamda majburiy qonunchilik statusiga ega bo’lgan Prezident farmonlari va hukumat qarorlari kiradi. O’zbekiston Respublikasining ―Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonuni sug’urta bozoridagi barcha sug’urtalovchilar uchun sug’urtani amalga oshirishlari uchun birdek sharoit yaratish, sug’urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilishni kafolatlash, sug’urtani tashkil etishning yagona metodik qo’llanmasini belgilash va sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy prinsiplarini belgilashda namoyon bo’ladi. Mamlakatimizda 2002 yil 28 mayga qadar 1993 yil 6 mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining ―Sug’urta to’g’risidagi qonuni amal qilgan. Sug’urta munosabatlarini va ularning qatnashchilarini huquqiy tartibga solish jarayonida ularning huquq va majburiyatlari belgilangan bo’lib, sug’urtalovchi sug’urta qildiruvchiga sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan shartlar va muddatlarda sug’urta himoyasini taqdim etadi, sug’urta qildiruvchi esa sug’urtalovchiga shartnomada shartlashilgan sug’urta mukofotini belgilangan muddatda va xajmda to’lash orqali ularning huquq va majburiyatlari amalga oshiriladi. Qonun osti xujjatlar: bunga tegishli vazirlik va idoralarning qarorlari, yo’riqnomalari, qoidalari va boshqa shu kabilar taalluqlidir. Yuqoridagi birinchi va ikkinchi tur qonunchilikda sug’urta munosabatlarining asosiy tushunchalari, majburiy va ixtiyoriy sug’urta shartnomalariga bo’lgan umumiy talab qayd etiladi. Qonun osti xujjatlarida esa sug’urta faoliyatidagi alohida masalalar bo’yicha talablar belgilangan bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 920-moddasi shartlariga ko’ra, shaxsiy sug’urta shartnomasi bo’yicha bir taraf (sug’urtalovchi) boshqa taraf (sug’urta qildiruvchi) to’laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug’urta mukofoti) evaziga sug’urta qildiruvchining o’zining yoxud shartnomada ko’rsatilgan boshqa fuqaro (sug’urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog’lig’iga zarar etkazilgan, u muayyan yoshga to’lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug’urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug’urta pulini) bir yo’la yoki vaqti-vaqti bilan to’lab turish majburiyatini oladi. Sug’urta tarifi va sug’urta mukofoti tushunchalarining ahamiyati. Sug`urta tarifi -sug`urta summasining yoki sug`urta ob`ektining birligiga nisbatan sug`urta badali stavkasi, ya`ni sug`urta summasiga nisbatan me`yorlashgan sug`urta to`lovi miqdori. sug‘urta tarifi — sug‘urta obyektini va sug‘urta tavakkalchiligining xususiyatini hisobga olgan holda belgilanadigan, shuningdek sug‘urta shartlariga muvofiq sug‘urta summasi birligidan olinadigan sug‘urta mukofoti stavkasi;Iqtisodiy mazmuniga ko`ra bu sug`urta qaltisligining bahosi. Absolyut sugurta summasiga nisbatan pul ko`rinishida yoki foiz ko`rinishida bo`ladi. Sug‘urtani amalga oshirish xarajatlarini hisoblash «aktuar kalkulyatsiya» (actuary) deb ataladi1. Uning yordamida shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hamda sug‘urtachining ish yuritish xarajatlari summasi, ya’ni mazkur xizmat tannarxi hisoblab chiqiladi. Sug‘urta faoliyatida aktuar hisob-kitoblarning o‘ziga xos tomonlari ham mavjud va ular quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi: - baholanayotgan risk doimo ehtimollik xarakteriga ega bo‘lishi; - ayrim yillarda umumiy qonuniyatga zid turkum tasodifiy hodisalar yuz berishi, ularning ta’siri, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotidan talab etiladigan sug‘urta qoplamasi to‘lovi summasining sezilarli o‘zgarishini taqozo etishi; - sug‘urtachi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat tannarxi sug‘urta munosabatlari yig‘indisidan keltirilib chiqarilishi; - sug‘urtachi ixtiyorida bo‘ladigan maxsus zaxirani ajratish, uning optimal hajmini aniqlash talab etilishi; sug`urta mukofoti -sug`urtalanuvchi sug`urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatda sug`urtalovchiga to`lashi shart bo`lgan sug`urta uchun to`lov, sug`urta badali. U sug`urta summasining miqdori, tarifi, sug`urta muddati va boshqa omillarga bog`liq. sug‘urta mukofoti — sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga sug‘urta shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida to‘lanadigan sug‘urta uchun to‘lov; Download 293.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling