Kirish svetoforlaridan poyezdni stansiyaga ikki yo’lli (ko’p yo’lli) peregonning noto’g’ri yo’lidan qabul qilish uchun quyidagi signallar uzatiladi:
ikkita sariq chiroq - «Poyezdga pasaytirilgan tezlik bilan keyingi chiqish (marshrut) svetofori yoki chegaraviy ustuncha to’g’risida to’xtashga tayyor holda stansiyaga kirishga ruxsat yetiladi»;
bitta qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi».
8. Poyezdlarni krestovinasining og’ishi katta strelkali o’tkazgich bo’ylab yon yo’lga qabul qilish uchun kirish va marshrut svetoforlarida quyidagi signallar qo’llaniladi:
– bitta yashil o’chib yonuvchi va bitta sariq chiroqlar va bitta yashil yonuvchi tasma – «Poyezdga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaning yon yo’liga ketib borishi mumkin; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni 80 km/soat dan oshmagan tezlikda o’tish talab yetiladi» (rasm 2.3, a);
– ikkita sariq chiroq, ulardan yuqoridagisi o’chib yonuvchi va bitta yashil yonuvchi tasma - «Poyezdga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaga yon yo’ldan ketib borishga ruxsat yetiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni pasaytirilgan tezlikda o’tish talab yetiladi» (rasm 2.3, b);
– ikkita sariq chiroq va bitta yashil yonuvchi tasma – «Poyezdga 60 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaga yon yo’ldan to’xtashga tayyor holda ketib borishga ruxsat yetiladi: keyingi svetofor yopiq» ( rasm 2.3, v).
Zarur bo’lgan hollarda kirish va marshrut svetoforlarida bitta yashil o’chib–yonuvchi chiroq signali qo’llanilishi mumkin - «Poyezdga belgilangan tezlikda stansiyaning asosiy (bosh) yo’lidan ketib borishga ruxsat yetiladi, keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni 60 km/soat dan oshmagan tezlikda o’tish talab yetiladi» (rasm 2.4, a).
Ayrim stansiyalarda O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnik foydalanish qoidalarida belgilangan tartibda chiqish va marshrut svetoforlarida uchta sariq chiroqli signal qo’llanishi mumkin - «Motor vagon poyezdi, yakka lokomotiv, motovoz va drezinalarga 20 km/soat dan oshmagan tezlikda yo’lning bo’sh uchastkasiga o’ta yehtiyotkorlik bilan marshrut svetoforining qizil chirog’igacha o’tishga ruxsat yetiladi» (rasm 2.4, b).
Do'stlaringiz bilan baham: |