1. Svetafor turlari. Svetoforlarning vazifalari


KO’ChIRILADIGAN SIGNALLAR


Download 0.94 Mb.
bet10/11
Sana19.01.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1102084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Poyezdlar harakati xavfsizligini ta minlashda ishlatiladigan sve

KO’ChIRILADIGAN SIGNALLAR
31. Ko’chiriladigan signallarga quyidagilar kiradi: ikki tomoni qizil rangli yoki bir tomoni qizil, boshqa tomoni oq rangdagi to’g’ri burchakli shitlar, sariq rangdagi kvadart shitlar (orqa tomoni yashil rangda), dastaga o’rnatilgan qizil chiroqli fonar, dastadagi qizil bayroqlar.
32. Ko’chiriladigan signallarga quyidagi talablar qo’yiladi:
– kunduzi to’g’ri burchakli qizil rangli shit (yoki dastaga o’rnatilgan qizil rangli bayroqcha), kechasi dastaga o’rnatilgan qizil chiroqli fonar – «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi» (rasm 3.3, a);
kvadrat shaklidagi sariq rangli shit – kunduzi va kechasi (rasm 3.3., b) xavfli joyga o’rnatilganda:

– peregonda – «Cheklangan tezlikda harakatlanishga ruxsat yetiladi, oldinda to’xtashni yoki pasaytirilgan tezlikda o’tishni talab qiluvchi xavfli joy mavjud»;


– stansiyaning asosiy yo’lida – «Cheklangan tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi, oldinda pasaytirilgan tezlikda o’tishni talab qiluvchi xavfli joy mavjud»;
– stansiyaning boshqa yo’llarida – «Signalni ogohlantirishda ko’rsatilgan tezlikda o’tishga, agar ogohlantirishda ko’rsatilmagan bo’lsa, uni 25 km/soat dan oshmagan tezlikda o’tishga ruxsat yetiladi».
Kvadrat shaklidagi shitning orqa tomoni (yashil rangda) kunduzi va tunda (rasm 3.3, v) peregonda va stansiyaning asosiy yo’lida joylashganda, mashinist xavfli joyni butun tarkib bilan o’tgandan keyin tezlikni belgilangan miqdorgacha ko’tarishi mumkinligini ko’rsatadi.









a) b)

v)

g)

Rasm 3.3


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling