1. Svetafor turlari. Svetoforlarning vazifalari
Download 0.94 Mb.
|
Poyezdlar harakati xavfsizligini ta minlashda ishlatiladigan sve
TAKLIF QILUVChI SIGNAL
9. Taklif qiluvchi signal - bitta oq-oy rangli o’chib–yonuvchi chiroq poyezdga 20 km/soat dan oshmagan tezlikda qizil chiroqli (yoki o’chgan) svetofordan o’tishga va harakatni keyingi svetoforgacha (yoki chegaraviy usunchagacha, chiqish svetofori yo’q bo’lgan yo’lga qabul qilinganda) juda xushyorlik bilan, agarda yo’lda to’siq uchrab qoladigan bo’lsa darhol to’xtatishga tayyor bo’lgan holda davom yettirishga ruxsat beriladi (rasm 2.5).
Bu signal kirish, shuningdek marshrut va chiqish (guruh svetoforlaridan tashqari) svetoforlarida qo’llaniladi. Chiqish svetoforining taklif qilish signali bo’yicha jo’natishga faqat avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’lli peregonning to’g’ri yo’lidan ruxsat yetiladi. ChIQISh SVETOFORLARI10. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalardagi chiqish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: – bitta yashil chiroq - «Poyezdga stansiyadan jo’nashga va belgilangan tezlikda ketib borishga ruxsat yetiladi, oldinda ikki va undan ortiq blok-uchastka bo’sh (rasm 2.6, a); – bitta sariq chiroq - «Poyezdga stansiyadan jo’nashga va to’xtashga tayyor bo’lgan holda ketib borishga ruxsat beriladi; keyingi svetofor yopiq» (rasm 2.6, b); – ikkita sariq chiroq, ularni yuqorisidagi o’chib yonadigan chiroq - «Poyezdga pasaytirilgan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poyezd strelka o’tkazgich orqali og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor ochiq» (rasm 2.6, d); – ikkita sariq chiroq - «Poyezdga pasaytirilgan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poyezd strelka o’tkazgich orqali og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor yopiq» (rasm 2.6, ye); – bitta qizil chiroq - «To’xta! Signalni o’tish taqiqlanadi» (rasm 2.6, v, g).
11. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, krestovinasining og’ishi katta strelkali o’tkazgichlardan og’ishgan holda o’tib poyezdlar jo’natilganda chiqish svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi: – bitta yashil o’chib yonuvchi va bitta sariq chiroqlar va bitta yashil yonuvchi tasma – «Poyezdga soatiga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poyezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor ochiq» (rasm 2.7, a); – ikkita sariq chiroq va bitta yashil yonuvchi tasma – «Poyezdga soatiga 60 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poyezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor yopiq» (rasm 2.7, b).
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling