1. Svetafor turlari. Svetoforlarning vazifalari


Svetoforlarda quyidagi signal chiroqlari qo’llaniladi: –


Download 0.94 Mb.
bet2/11
Sana19.01.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1102084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Poyezdlar harakati xavfsizligini ta minlashda ishlatiladigan sve

Svetoforlarda quyidagi signal chiroqlari qo’llaniladi:
normal yonadigan, normal yonmaydigan, o’chib-yonmaydigan va o’chib-yonadigan (vaqti – vaqti bilan yonadigan va o’chadigan).
Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalardagi o’tish svetoforlarining normal yonmaydigan signal chiroqlari, harakat tarkibining blok-uchastkaga kirib kelganida uning oldida yonadi va harakat tarkibi blok-uchastkadan chiqqanida o’chadi.
Avtoblokirovkaning o’tish svetoforlari raqam bilan, boshqa qolganlari harf bilan yoki xarf va raqam bilan belgilanadi.











a)

b)

v)

g)

d)

Rasm 2.

6. Svetoforlardan (qaysi joYua o’rnatilganidan va ularning turidan qat’iy nazar) uzatiladigan asosiy signallarining ma’nosi quyidagicha:
bitta yashil chiroq - «Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat yetiladi»;
bitta sariq o’chib–yonuvchi chiroq - «To’xtashga tayyor bo’lgan holda belgilangan tezlikda harakatlanishga ruxsat yetiladi, keyingi svetofor ochiq va kamaytirilgan tezlikda o’tishga ruxsat beriladi; poyezd strelkali o’tkazgichdan og’ishgan holda o’tadi, keyingi svetofor ochiq»;
bitta sariq chiroq - «To’xtashga tayyor bo’lgan holda harakat qilishga ruxsat yetiladi; keyingi svetofor yopiq»;
ikkita sariq chiroq, ulardan yuqoridagisi o’chib-yonuvchi –«Svetofordan cheklangan tezlikda o’tishga ruxsat beriladi; poyezd strelkadan og’ishgan holda o’tadi, keyingi svetofor ochiq»;
ikkita sariq chiroq - «Svetofordan kamaytirilgan tezlikda o’tishga va keyingi svetofor oldida to’xtashga tayyor bo’lgan holda harakatlanishga ruxsat yetiladi; poyezd strelkali o’tkazgich orqali og’ishgan holda o’tadi»;
bitta qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi».
Sanab o’tilgan signallarning turli hil svetoforlarda qo’llanilishi mazkur Yo’riqnomaning tegishli punktlarida ko’zda tutilgan. Ushbu signallarning mazkur Yo’riqnomada ko’zda tutilmagan hollarda ularning signal ma’nolarini saqlagan holda qo’llanilish tartibi «O’zbekiston temir yo’llari» Davlat aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi (keyinchalik matnda DATK) tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» inspeksiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling