Raqs:Vatan himoyachilari
Raqs: Leytenant
1 – boshlovchi: Muhtaram yurtboshimiz bu kunning naqadar ulug’ ekaniga urg’u berib shunday degan edilar: Xotira deganda biz bu foniy dunyodan o’tgan ajdodlarimizni eslash, ularning chirog’ini yoqib, ezgu ishlarini davom ettirishni tushunamiz.
2 – boshlovchi: Qadrlash degani bu asrlar davomida ona diyorimizni , xalqimizning ozodligi va istiqlolini , erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarimizni yodga olmoq , ularga munosib hurmat va ehtirom ko’rsatmoqdir.
1 – boshlovchi: Haqiqatdan ham yurtimizda inson xotirasi , qadr – qimmati aziz hisoblanadi.
2 – boshlovchi: Biz ulug’ ajdodlarimizni , ota – bobolarimizni doimo hurmat bilan tilga olamiz.
She’r : Jigarlarim
Vatan uchun jonim bergan jigarlarim,
Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim,
Xoinlarni itday qirgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Volidangiz “Farzandimdan roziman”-der,
Rizoligin aytar sizga shu ona yer,
Ey,Boburjon,ey,Ulug’bek,ey Alisher,
Nomingizni unutmaydi ona Vatan.
Ortingizda o’zbek degan millat qoldi,
O’zbekiston degan ulug’ davlat qoldi,
Sizdan meros jasoratu shiddat qoldi,
Sizni aslo unutmaydi ona Vatan.
Siz tufayli uyim tinchdur,baxtim omon,
Siz tufayli kunlar kelar dorilomon,
Ey G’ayurjon ey,Mahmudjon,ey Elomon,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.
Sadoqatni jo aylab siz dilingizga,
Belbog’ boylab shijoatdan belingizga,
Ko’kragingiz qalqon bo’ldi elingizga,
Sizni abad unutmaydi ona Vatan.
Toki o’zbek,O’zbekiston dunyoda bor-
Sizlar ila qilar faxr va iftixor,
Ey Qaxramon,ey Ma’rufjon, ey Sayyor,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.
Do'stlaringiz bilan baham: |