1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi


Tadqiqot gipotezasini yaratish pallasi


Download 232.47 Kb.
bet10/22
Sana27.10.2023
Hajmi232.47 Kb.
#1728221
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Reja

Tadqiqot gipotezasini yaratish pallasi. 
Gipotezalarni yaratish - ilmiy bilimlarni rivojlantirishning eng asosiy
metodlaridan biri bo‘lib hisoblanadi, bu jarayon gipotezani ilgari surish va uni
keyinchalik eksperimental va xatto, nazariy tekshiruvdan o‘tkazishdan iborat; bu
tekshiruvda yo gipoteza tasdiqlanadi va u fakt, konsepsiya, nazariyaga aylanadi, yo
gipoteza inkor etiladi, unda endi yangi gipoteza ilgari suriladi va xokazo. Gipoteza,
aytish mumkin-ki, bo‘lgusi ilmiy bilimning (extimoliy, joiz ilmiy bilimning) modeli
bo‘lib hisoblanadi.
Ilmiy gipoteza ikki xil ma’noda keladi: yo kuzatilayotgan xodisa va jarayonlar
o‘rtasidagi u yoki bu bog‘lanish shakli to‘g‘risidagi taxmin sifatida, yo
kuzatilayotgan xodisa, jarayonlar bilan ularning ichki asosi o‘rtasidagi bog‘lanish
to‘g‘risidagi taxmin sifatida. Birinchi turdagi gipotezalar tavsifiy, ikkinchi turdagi
gipotezalar esa tushuntiruvchi gipotezalar deb ataladi. Ilmiy taxmin sifatidagi
gipoteza erkin fol ochishdan shu bilan farq qiladi-ki, gipoteza bir qator talablarga
javob beradi. Bu talablarning bajarilishi gipotezaning yashovchanligi shartlarini

27
xosil qiladi.


Birinchi shart – gipotezaning yashovchanligi. Gipoteza taxlil qilish uchun
ilgari surilayotgan xodisa va jarayonlarning butun majmuini (ya’ni yaratilayotgan
nazariyaning butun predmetli sohasini) imkoni boricha boshqa, avvalgi ilgari
surilgan faktlar va ilmiy g‘oyalar bilan ziddiyatga bormasdan tushuntirishi lozim.
Ammo, agar ushbu xodisalarni avvaldan ma’lum faktlar bilan ziddiyatga bormasdan
tushuntirishning iloji bo‘lmasa, unda avvalroq isbotlangan fikrlar bilan ziddiyatga
boruvchi gipotezalar ilgari suriladi.
Ikkinchi shart: gipotezani tekshirish mumkinligi. Gipoteza bu xodisalarning
bevosita kuzatilmaydigan muayyan bir asosi to‘g‘risidagi taxmin, va u faqatgina
undan kelib chiquvchi xulosalarni, natijalarni tajriba bilan taqqoslash yo‘li orqali
tekshirilishi mumkin. Xulosalar, natijalarni tajriba orqali tekshirish mumkinmasligi
gipotezani tekshirish mumkinmasligini anglatadi.
Uchinchi shart: gipotezani iloji boricha kengroq xodisalar doirasiga tadbiq 
qilish mumkinligi. Ya’ni, xodisa va jaryonlarni tushuntirish uchun maxsus ilgari
surilgan gipotezadan nafaqat tegishli xodisa va jarayonlar chiqarilishi lozim, balki
bir qarashda dastlabkilar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xodisalar va
jarayonlarning kengroq sinfi ham chiqarilishi lozim.
To‘rtinchi shart: gipotezaning maksimal joiz bo‘lgan prinsipial oddiyligi. Bu
shart yengillik, oson yetish mumkinlik yoki soddalik talabi sifatida tushunmasligi
kerak. Gipotezaning amaldagi, xaqiqatdagi oddiyligi uning yagona asosdan kelib
chiqib, sun’iy tuzilmalar va erkin gumonlarga yo‘l qo‘ymasdan, har bir yangi
holatda yangi va yangi gipotezalarni ilgari surmasdan imkoni boricha turlicha
xodisalar, jarayonlarning kengroq doirasini tushuntirib berishdan iborat.
Gipotezaning bu 4 asosiy yashovchanlik shartlariga rioya etish - xali “gipoteza
nazariyaga aylandi”, degani emas, lekin ularning yo‘qligida taxmin umuman ilmiy
gipoteza roliga da’vogarlik qila olmaydi.
Gipotezaning ushbu asosiy ilmiy yashovchanlik shartlaridan tashqari yana bir
qator jixatlarni qayd etish lozim. Chunonchi, gipoteza tadqiqotchi tomonidan
qo‘yilgan muammo o‘rganiladigan bir muayyan predmetli sohaning qat’iy
chegaralarida ta’riflanishi lozim. Xususan, nafaqat gumanitar va ijtimoiy fanlar
bo‘yicha, balki texnik, tabiiy fanlar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarda ham
gipotezani, undan keyin esa butun tadqiqotni shakllantirishda ko‘pincha o‘z
predmetli sohasidan chetga chiqib ketishlar ro‘y beradi. Natijada ushbu ish bo‘sh,
mujmal bo‘lib qoladi, tadqiqotchi goxida o‘zi nima bilan shug‘ullanayotganini
anglamay qoladi.
Xar qanday gipotezani faqat shunda unumli qo‘llash mumkin-ki, qachonki
tadqiqotchi, xali tadqiqot tugamasdan, gipotezani fanda qabul qilinib bo‘lgan
bilimlar sifatida qo‘llayotgan bo‘lsa, ya’ni gipotezadan qabul qilingan bilimlar

28
tizimi sifatida kelib chiqsa. Aks holda olim qat’iy, ketma-ket fikrlay olmaydi,


muayyan mantiqiy xulosalar chiqara olmaydi, ularni empirik tekshira olmaydi.
Boshqa xech qanday usul bilan olim gipotezadan kelib chiqqan xulosalar qabul
qilinib bo‘lgan faktlar bilan qaerda va nimada mos kelmasligini hamda yangi
faktlarni qidirib topishda qaerda va nimada xalaqit berishini bila olmaydi.
Tadqiqotchi nafaqat yangi gipotezalarni ilgari surishga, balki muqobil
gipotezalarni tanlash va taxlil qilishga ham tayyor turishi kerak, - chunki ko‘pincha
fanda aynan bir xodisa va jarayonlarga turlicha gipotezalar yordamida tushuntirish
olinadi. Bunday gipotezalarning tanqidiy taxlili ko‘p vaqt va kuch talab qiladi,
murakkab masalalar – empirik, nazariy, mantiqiy masalalarni yechish bilan bog‘liq.
Muqobil gipotezalarning mavjudligi fan taraqqiyotining muhim zamini, dastlabki
sharti hisoblanadi, chunki olinayotgan natijalarni talqin qilish va ishlatishda
noto‘g‘ri aqidaga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.
Tadqiqotni loyixalash fazasining keyingi bosqichi – uning aniqlangan
maqsadi, me’zonlari va tuzilgan gipotezaga asoslanib tadqiqotning tuzilishini
shakllantirishdir, u tadqiqotning vazifalarini aniqlash va uni rejalashni aniqlash
bosqichlaridan iborat.

Download 232.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling