1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi


Download 232.47 Kb.
bet18/22
Sana27.10.2023
Hajmi232.47 Kb.
#1728221
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Reja

Ilmiy ma’ruza – mazmunan ilmiy hisobotga yaqin bo‘lgan ilmiy ish. Shu bilan
birga, ilmiy ma’ruza tadqiq qilinayotgan butun muammoni emas, balki uning
muayyan mantiqiy yakunlangan qismini, jixatini qamrab olishi mumkin. Ilmiy
ma’ruzaning rasmiylashtirilishi va shakliga ilmiy hisobotga bo‘lgani kabi o‘ta qat’iy
talablar qo‘yilmaydi. Unga referat, boblarga bo‘lish sharti talab etilmaydi. Tili,
bayon etilishining adabiy uslubi bo‘yicha ma’ruza, qoidaga ko‘ra, og‘zaki chiqishga,
uning ovoz chiqarib o‘qilishini uqib olishga ko‘proq moslashgan bo‘lishi kerak.
4. 
Metodik qo‘llanma. Bunday qo‘llanmaning asosi bo‘lib tadqiqot
natijalari bazasida yaratilgan, nazariy jixatdan asoslangan, muayyan (o‘quv-
tarbiyaviy, texnologik va boshqa) jarayonni takomillashtirish uchun qilingan
metodik tavsiyalar hisoblanadi. Metodik qo‘llanma amaliyot ishchilari uchun
mo‘ljallangani sababli u yaxshi, jonli adabiy tilda yozilgan bo‘lishi lozim. Imkoni
boricha uni ko‘rgazmali materiallar bilan boyitish kerak.
Metodik qo‘llanmani broshyura yoki kitob ko‘rinishida ham rasmiylashtirish
mumkin. Broshyura deb yumshoq muqovali yoki muqovasiz, kichik hajmli (5-48
betli) bosma nashrga aytiladi. Kitob – qoidaga ko‘ra, muqovali yoki jildli, hajmi 48

42
betdan ko‘p, davriy bo‘lmagan bosma materialdir.


Xa aytgancha, zo‘r yozilgan (xarbiy ish bo‘yicha) metodik qo‘llanmaga
klassik misol sifatida A.V. Suvorovning taniqli “Zafar qozonish ilmi” kitobini
keltirish mumkin, unda atigi 25 betli matnda genial sarkardaning, xozir aytish urf
bo‘lgan innovatsiyalari – jangni olib borish qoidalari va xarbiy yurishlardan tortib
to armiyaning front orqasi xayotini tashkil qilish va shifoxonalarning tuzilmasigacha
bo‘lgan ishlar – bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.
5. 
Monografiya. Monografiya deb muayyan bir muammo (mono - yakka)
anchagina turli tomonlama va butunligicha ko‘rib chiqiladigan ilmiy nashrga
aytiladi. Monografiyaning bir yoki bir necha mualliflari bo‘lishi mumkin.
Agar tadqiqotchi qandaydir muammoni yangicha xal qilishga, muammo
bo‘yicha mavjud ilmiy ishlarni har tomonlama umumlashtirishga muvaffaq bo‘lgan
bo‘lsa, muammo bo‘yicha o‘z konsepsiyalarini ilmiy jixatdan asoslay olsa, ularni
amaliyotda qo‘llashning konkret imkoniyatlarini ko‘rsata olsa, - unda u o‘z tadqiqoti
natijalarini ilmiy monografiya shaklida rasmiylashtirishi maqsadga muvofiq.
Monografiyada tadqiqotchi tadqiq qilinayotgan muammo avval ilmiy
adabiyotlarda va amalda qanday xal qilingan va xozirda qanday xal qilinishini
ko‘rsatadi. Keyin ushbu muammoni xal qilishning mualliflik g‘oyalari moxiyati
ochib beriladi, konsepsiyani tasdiqlash uchun qo‘llanilgan tadqiqot metodikasi
tasvirlanadi. Bundan keyin o‘z tadqiqoti natijalari batafsil yoritiladi, taxlil qilinadi,
asosli xulosalar va ilmiy asoslangan tavsiyalar qilinadi. Monografiyaning yakunida
foydalanilgan adabiy manbalar bibliografiyasi keltiriladi. Monografiya ham
broshyura yoki kitob ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
6. 
Konferensiyalar, seminarlar, pedagogik o‘quvlari va xokazolardagi
ma’ruzalar va chiqishlarning tezislari. Qoidaga ko‘ra, ilmiy konferensiyalar,
seminarlar va xokazolarni o‘tkazishda ularning ishtirokchilari ma’ruzalari va
chiqishlari tezislari to‘plamini chop qilish qabul qilingan. Tezis – 1-3 betli bosma
matnga ega, o‘ta qisqa bo‘lgan hujjatdir. Ularning hajmini barcha ishtirokchilar
uchun konferensiya va boshqalar tashkiliy ko‘mitasi oldindan belgilaydi. Tezislarni
yozishdagi asosiy vazifa – ma’ruzachi so‘zga chiquvchi konferensiya (seminar,
simpozium) ishtirokchilariga yetkazib berishni lozim topgan, tadqiqotning eng
asosiy natijalarining o‘ta qisqa, konspektli shaklda bayon qilinishidir.
Barcha ilmiy adabiy maxsulotlar hajmlari shartli birliklar – mualliflik (bosma)
varaqlarida o‘lchanadi. Bir dona mualliflik varag‘i ayrish belgilari va so‘zlar
o‘rtasidagi “probel” larni ham qo‘shgan holda 40000 bosma belgilarni tashkil qiladi.
Shunday qilib, bir mualliflik varag‘i – qator oralig‘i 2 bo‘lgan taxminan 23 bet yoki
qator oralig‘i 1 bo‘lgan taxminan 16 bet mashina yozuvli matnga teng.
Adabiy maxsulotlarni chop qilishdan tashqari, tadqiqot natijalari bo‘yicha,
shuningdek, og‘zaki ilmiy muloqot vositasida ma’ruza qilinadi va muxokama

43
qilinadi. Og‘zaki ilmiy muloqotni tashkil qilishning asosiy shakllariga quyidagi


shartli ta’riflarni berish mumkin:
-
ilmiy (muammoli) seminar – ishtirokchilarning nisbatan kichik guruxi
tomonidan, yetuk olim, mutaxassis raxbarligi ostida o‘zlari tayyorlagan ilmiy
ma’ruzlar, xabarlarning muxokama qilinishidir. Ilmiy seminarlar ham bir martalik,
ham doimiy asosda ishlovchi bo‘lishi mumkin. Ular tadqiqotchilar jamoasi
birikishining muhim vositasi, jamoa a’zolarida umumiy yondashuvlar,
dunyoqarashlar shakllanishining muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy
seminarlar, qoidaga ko‘ra, bir ilmiy tashkilot yoki bir o‘quv muassasasi doirasida
o‘tkaziladi, garchi ularning yig‘ilishlariga boshqa tashkilotlarning vakillari ham
taklif etilsa ham. Doimiy asosda ishlovchi seminarlarga mashxur “Pavlov
chorshanbalari” klassik misol bo‘la oladi, uning materiallari ko‘p tomli nashrlarda
chop qilingan, shuningdek, L.D. Landauning nazariy fizika bo‘yicha seminari ham
bunga misol bo‘ladi;
-
ilmiy konferensiya – ilmiy yoki ilmiy va amaliy xodimlar vakillarining
yig‘ilishidir (oxirgi holatda konferensiya ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi.).
Ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar doimo muayyan mavzuli bo‘ladi. Ular
muayyan bir ilmiy tashkilot yoki o‘quv muassasasi doirasida, mintaqa, mamlakat
darajasida, xalqaro darajada o‘tkazilishi mumkin;
-
ilmiy s’ezd – fanning butun tarmog‘i vakillarining mamlakat
ko‘lamidagi yig‘ilishidir. Masalan, psixologlar s’ezdi. S’ezdlarda mazkur fan uchun
bugungi kunda dolzarb bo‘lgan muammolarning barchasi yoki katta qismi
muxokama qilinadi;
-
ilmiy kongress – s’ezdning o‘zginasi, faqat xalqaro darajada. Masalan,
Yevropa kongressi, Butunjaxon kongressi;
-
simpozium (grek tilidan aynan tarjimasi – “ziyofat”) – ilmiy
xodimlarning muayyan, nisbatan tor bo‘lgan maxsus masala (muammo) bo‘yicha
xalqaro yig‘ilishi;
-
ilg‘or tajriba mualliflik maktablari (ustaxonalar, amaliy darslar,
treninglar va xokazolar) – olimlar va mutaxassis-amaliyotchilarning muloqot shakli,
bunda ilg‘or tajriba muallifi maktab qatnashchilariga o‘zining tajribasi xaqida
batafsil so‘zlab beradi va uni namoyish qiladi. Ilg‘or tajriba maktablari bir tashkilot,
korxona, o‘quv muassasasi doirasida yoki mintaqa doirasida, yoki butun mamlakat
miqyosida o‘tkaziladi;
-
mavzu bo‘yicha o‘qishlar – muayyan tarmoq ilmiy va amaliyotchi
xodimlarining ilg‘or tajribani umumlashtirish va yoyish maqsadidagi muloqot
shaklidir. Mavzu bo‘yicha o‘qishlarda ma’lum mavzu bo‘yicha, masalan, yirik
olimning ilmiy me’rosiga bag‘ishlangan, yoki muayyan tarixiy sanaga va
xokazolarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanadi. O‘qishlar ilmiy tekshirish

44
institutida, o‘quv muassasasida, tuman, viloyat darajasida, mamlakat miqyosida


o‘tkazilishi mumkin.
Shunday qilib, biz tadqiqot g‘oyasidan to tadqiqotning (ilmiy-tadqiqot
loyixasining) texnologik fazasi yakunlanadigan nuqtasi - uning natijalarini
rasmiylashtirish va chop qilishgacha bo‘lgan qadamlar ketma-ketligini bayon qildik.

Download 232.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling