1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi


Download 232.47 Kb.
bet15/22
Sana27.10.2023
Hajmi232.47 Kb.
#1728221
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Reja

konsepsiyasiga – qisqa, 5-7 satrli, butun natijalar majmuini, butun ish moxiyatini
eng umumiy, qisqa holda aks ettiruvchi sermazmun ta’rifga aylanmaguncha; yoki
aksiomalar tizimiga aylanmaguncha, yoki yagona tadqiqot yondashuviga
aylanguncha va xokazo.
Induksiya bosqichi – markaziy tizim xosil qiluvchi bo‘g‘in – konsepsiya,
tadqiqot yondashuvi, aksiomalar tizimi va xokazolarni ta’riflash va qolipga keltirish
ishlari yakunlangach, deduktiv jarayon – konkretlashtirishabstraktlikdan
aniqlikka qarab yurish boshlanadi. Ushbu bosqichda konsepsiyaning ta’rifi
prinsiplar, omillar, shartlar (shartlar guruxi), modellar, mexanizmlar va boshqalar
majmuida rivojlantiriladi, kengaytiriladi. Ba’zan, agar tadqiqot muammosi bir necha
nisbatan mustaqil bo‘lgan jixatlarga bo‘linib ketsa, konsepsiya bir necha konseptual
g‘oyalarga rivojlanadi, ular esa o‘z navbatida keyinchalik prinsiplar va boshqalar
majmuida rivojlanadi. O‘z navbatida, masalan, prinsiplar modellar sinflariga,
masala turlariga va boshqalarga rivojlanishi mumkin. Shu tarzda nazariyaning
mantiqi, mantiqiy tuzilmasi barpo etiladi. Ushbu jarayon 5-rasmda ko‘rsatilgan.
Mazkur sxemani tadqiqotchi siklik holda bir necha bor, o‘z tadqiqotining mantiqini
tekshirib va qayta tekshirib, aniqlashtirib o‘tashiga to‘g‘ri keladi.
Gnoseologiya bo‘yicha ko‘plab adabiyotlarda mualliflar nazariyaning
strukturaviy elementlarining ierarxik tartibga solinishini ko‘rmadilar. Masalan,
abstraktlik (konkretlik) darajasi bo‘yicha nima baland (past) – prinsipmi yoki
modelmi, qoidami yoki talabmi, mexanizmmi yoki protsedurami va xokazo?
Shuning uchun, shubxasiz, tadqiqotchi ularning ierarxiyasini o‘z tadqiqotida
yechiladigan vazifalarga muvofiq (albatta, o‘zi ishlayotgan ilmiy tashkilotning
an’analariga mos holda) mustaqil ravishda barpo qilish imkoniga ega.
Shunday qilib, nazariya (konsepsiya) bu – markaziy tizim xosil qiluvchi
element – konsepsiya (tor ma’noda – asosiy g‘oya sifatida), aksiomalar tizimi, va
xokazolar – va undan kelib chiquvchi, uning konseptual g‘oyalarini va boshqa
konstruksiyalarni konkretlashtiruvchi – nazariyaning strukturaviy elementlaridir.

38


Download 232.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling