1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi
Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish pallasi
Download 232.47 Kb.
|
Reja
Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish pallasi.
Tadqiqot texnologik fazasining yakuniy pallasi bo‘lib uning natijalarini aprobatsiya qilish, ularni adabiy rasmiylashtirish va chop qilish hisoblanadi. Natijalarni aprobatsiya qilish bosqichi. Tadqiqotning batafsil aprobatsiyasi bu – uning xayotiyligi va natijalarining xaqqoniyligi shartlaridan biri, uning kamchiliklarini o‘z vaqtida to‘g‘rilash va tuzatish usullaridan biridir. “Aprobatsiya” 40
Tanqidchilar, opponentlar, xakamlar sifatida hamkasb-olimlar, amaliyotchi xodimlar hamda ilmiy va pedagogik jamoalar qatnashadi. Aprobatsiya omma oldidagi ma’ruzalar va chiqishlar, diskussiyalar shakllarida, shuningdek, yozma yoki og‘zaki taqriz shakllarida amalga oshiriladi. Norasmiy aprobatsiya – hamkasblar, ilmiy bilimning boshqa sohalari mutaxassislari, shuningdek, amaliyotdagi xodimlar bilan bo‘ladigan suxbatlar, baxs-munozaralar ham muhim rol o‘ynaydi. Aprobatsiya natijalari bo‘yicha tadqiqotchi paydo bo‘ladigan savollar, ijobiy va salbiy baholar, e’tirozlar va maslaxatlarning mag‘zini chaqadi, anglaydi, hisobga oladi. Bu asosda tadqiqotchi o‘z materiallarini to‘ldiradi, qayta ishlaydi, zarur bo‘lsa – o‘z tadqiqotining ba’zi fikrlarini qayta o‘zgartirib chiqadi. Natijalarni rasmiylashtirish bosqichi. Aprobatsiya yakunlangach tadqiqotchi o‘z tadqiqoti natijalarini adabiy rasmiylashtirish va chop qilishga kirishadi. Chunki ilmiy ishni xox yozma, xox og‘zaki, xox elektron holda nashr etish tadqiqot yakunlanishining majburiy sharti bo‘lib hisoblanadi (tabiiy-ki, agar u xaqiqatda ilmiy ish bo‘lsa): u yoki bu tadqiqotchi tomonidan olingan yangi bilimlar qachonki jamiyat mulkiga aylangandagina ilmiy bilimga aylanadi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari adabiy maxsulotning quyidagi shakllarida rasmiylashtiriladi: 1. Referat tadqiqot natijalarini yozma ko‘rinishda taqdim qilishning boshlang‘ich shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Referat yordamida yangi tadqiqotchilar o‘z tadqiqotining boshlang‘ich natijalarini bayon qiladilar. Referatda odatda mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati ochib beriladi, mavzu bo‘yicha chop qilingan maqolalar taxlil qilinadi, taxlil qilingan ilmiy material bo‘yicha baholar va xulosalar beriladi. Referat tadqiqotchining aql-zakovatini, uning mavjud ilmiy axborotlarni mustaqil ravishda taxlil qilish, tizimlashtirish, sinflash va umumlashtirish ko‘nikmalarini ko‘rsatishi kerak. Referatlar odatda chop etilmaydi. 2. Ilmiy maqola tadqiqotchining eng ko‘p tarqalgan adabiy maxsuloti shakli bo‘lib hisoblanadi. Maqolalar ilmiy jurnallarda, ilmiy yoki ilmiy-metodik to‘plamlarda chop etiladi. Maqola hajmi odatda 5-15 mashina yozuvi varaqlaridan iborat. Ilmiy maqolada materialning bayon qilinishi tizimli ravishda va ketma- ketlikda bo‘lishi lozim. Ishning bo‘limlari o‘zaro mantiqiy ravishda bog‘liq bo‘lishi lozim. Ishning ilmiy uslubiga aloxida e’tibor qaratilishi kerak. Ilmiy uslub uchun quyidagi asosiy talablar xos bo‘ladi: bayon etishning aniqligi, so‘zlarni qo‘llashdagi aniqlik, qisqalik va aniqlik, ilmiy terminologiyaga qat’iy amal qilishlik, fikrlarni bayon qilishda ketma-ketlik borligi, mantiqiylik, fikrlar, da’volarning o‘zaro bog‘liqligi. Matning adabiy taxririga aloxida e’tibor qaratish lozim. Ilmiy maqolada yakuniy qism, ilmiy xulosalar va takliflarning bayon qilinishi katta ahamiyatga ega. Maqolaning ushbu qismida tadqiqot natijalarining ahamiyatli 41
ko‘rsatish lozim. 3. Ilmiy hisobot, ma’ruza. Ilmiy ishni ilmiy hisobot shaklida ham rasmiylashtirish mumkin. Ilmiy hisobotga qo‘yiladigan umumiy talablar va rasmiylashtirish qoidalari tegishli davlat standartida (GOSTda) bayon etilgan. Ilmiy hisobotga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: tartibli, aniq tuzilish; material berilishidagi mantiqiy ketma-ketlik; ishonarli argumentlar; ta’riflarning qisqa va aniqligi; ish natijalarini bayon qilishning konkretligi; xulosalarning isbotli ekanligi va tavsiyalarning asoslanganligi. Ilmiy hisobotda titul varaq, mualliflar ro‘yxati, qisqacha referat, mundarija, ishning asosiy qismi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar bo‘lishi lozim. Hisobotning referatida hisobotning asosiy mazmuni, uning hajmi, rasm va jadvallarning miqdori va xarakteri, kalit so‘zlar ro‘yxati, bajarilgan ishning moxiyati, tadqiqot metodlari, qisqa xulosalar va tadqiqot natijalarini qo‘llash imkoniyatlari qisqacha bayon etiladi. Hisobotning asosiy qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kirish; mazkur mavzu bo‘yicha ilmiy adabiyotlarning taxliliy sharxi; tanlangan ish yo‘nalishini asoslash; bajarilgan ishning metodikasi, mazmuni va natijalarini aks ettiruvchi hisobotning bo‘limlari (boblari); yakuniy qism (xulosa va takliflar). Ilovalarga hisobotning yordamchi materiallari kiritiladi: raqamli ma’lumotlari jadvallari; tadqiqot ishiga ishlab chiqilgan va unda qo‘llanilgan yo‘riqnomalar, anketalar, testlar va boshqalar; yordamchi tusdagi ko‘rgazmali materiallar va xokazolar. Download 232.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling