1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi
Download 232.47 Kb.
|
Reja
indeksi bo‘yicha baholanadi.
Tadqiqot natijalarini tashviqot qilish va ular jamiyat tomonidan e’tirof etilishi uchun og‘zaki ilmiy muloqot shakllari – tadqiqotchining ilmiy konferensiyalar, seminarlar va xokazolardagi ishtiroki ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar natijalarini tashviqot qilish uchun ilmiy muloqotning yozma (maqola chop qilish) va og‘zaki (konferensiyalar va xokazolar) shakllari parallel ravishda olib borilishi 2 Elektron nashrlarda o‘zining “plyus”lari (katta auditoriyani yangi natijalar bilan bir zumda tanishtira olish, samarali qidiruv tizimlari mavjudligi va boshqalar) va “minus”lari (ko‘pincha taqrizlash institutining yo‘qligi, sust tartibga solingan (strukturalashtirilgan) axborotning katta xajmi qidiruvni qiyinlashtiradi va boshqalar) mavjud. 49
ma’ruza, xabarlar bilan og‘zaki chiqish qilishlar ilmiy hamjamiyatni tadqiqot natijalari mavjudligi faktiga jalb qilish, e’tibor qaratish va ularni mavjud manbalardan o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish imkonini beradi. Og‘zaki ilmiy muloqot bo‘yicha yana bir holni ta’kidlash o‘rinlidir. Garchi har bir konferensiyada ish dasturi bo‘lib, rejalashtirilgan ma’ruzalar o‘qilib, reglament bo‘yicha yana boshqa tadbirlar o‘tkazilsa-da, olim konferensiyadan asosiy nafni ushbu reglamentlashtirilgan tadbirlardan emas, balki tanaffuslarda, banketlarda, mexmonxonada va boshqalardagi hamkasblar bilan norasmiy muloqotlarda oladi. Sotsiologik baholashlarga ko‘ra, konferensiyada olimlar faqat 30 foiz axborotni rasmiy muloqotda (ma’ruzalar va xokazolarda) oladilar, 70 foizini esa norasmiy muloqotda oladi. Tadqiqot natijalarini ilmiy hamjamiyat tomonidan baholashlaridan tashqari, qilingan ishning refleksiyasi, tadqiqotchi tomonidan o‘zini-o‘zi baholashi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘zini-o‘zi baholash va o‘z xarakatlarining refleksiyasi ilmiy ish jarayonidagi tadqiqotchining butun faoliyatini – tadqiqotchining g‘oyasidan tortib to ish natijalarini chop qilishgacha bo‘lgan faoliyatini muqarrar qamrab oladi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati shundan iborat. Lekin tadqiqotchining faoliyatida aynan tugatib bo‘lingan ishni o‘zini baholash, refleksiyasi muhim rol o‘ynaydi, bunda tadqiqotchi o‘ziga-o‘zi javob berishi kerak: nima yaxshi chiqdi, nima yomon chiqdi va nega; nega tadqiqotdan olingan natijalar uning dastlabki mo‘ljalidan farq qildi (bu hol aksariyat tadqiqotlarda uchraydi); qanday nazariy ishlanmalar ortiqchalik qildi, qandaylari esa yetishmadi; empirik tadqiqot metodlari to‘g‘ri va yetarli darajada qo‘llanildimi; nima va qaerda keraksiz bo‘lib chiqdi, nimaga bekordan vaqt sarflangan bo‘lib chiqdi, va xokazo. Bularning barchasini keyingi tadqiqotlarda hisobga olish lozim bo‘ladi, chunki bir tadqiqotni tugatib, olim (agar u xaqiqiy olim bo‘lsa) darxol keyingisini boshlaydi: sikl takrorlanadi. har bir tugatilgan ilmiy ish natijalari bo‘yicha shaxsiy ilmiy, shu jumladan, metodologik tajriba to‘planishi tadqiqotlarning o‘sib boruvchi spiral bo‘yicha rivojlanishiga olib boradi. Tadqiqotdagi refleksiya to‘g‘risida yuqorida aytilganlar “elementar refleksiyaga” tegishli edi. Endi yana ilmiy refleksiyaga ham to‘xtalish lozim. Ilmiy bilimlar tizimi ustidagi ilmiy (yoki nazariy) refleksiya uni nazariy taxlil qilishni, bir qator taxmin, gipotezalarni va ideallashtirishlarni kiritishni, o‘rganilayotgan xodisa va jarayonlarni modellashtirishni anglatadi. Ilmiy refleksiyaning natijasi bo‘lib esa real bog‘liqliklarning nisbatan chindan aks 50
bo‘ladigan) bir qator taxminlarni nazarda tutuvchi muayyan yangi bilimlar tizimi keladi. Avvalgi bilimlar tizimi ustidagi refleksiya uning chegaralaridan tashqariga chiqishga va yangi bilimlarning tug‘ilishiga olib keladi. Chunonchi, nazariy refleksiya: Galileyga Aristotelning dunyoga bo‘lgan qarashlar tizimi asoslarini (taxminlarini) tanqid qilishga imkon berdi; A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi klassik mexanikaning shunday yashiringan asoslarini aniqladi-ki, ular yaratgan mualliflarga ham tushunarsiz edi. Sodda qilib aytganda, ilmiya refleksiya bu – eski bilim va yangi bilim o‘rtasidagi, “eski” va “yangi” ilmiy nazariya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. Ilmiy bilimning izchilligi – ilmiy bilishning asosiy prinsiplaridan biri bo‘lgan muvofiqlik prinsipini tushunishda qo‘yilgan mazmundir. Ilmiy refleksiyaning asosiy metodi bo‘lib retrospektiv taxlil hisoblanadi. Ilmiy faoliyat sikli sifatidagi, ilmiy loyixa sifatidagi tadqiqot refleksiv faza bilan yakunlanadi. Download 232.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling