1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi


-rasm. Nazariya mantiqiy tuzilmasining qurilmasi


Download 232.47 Kb.
bet16/22
Sana27.10.2023
Hajmi232.47 Kb.
#1728221
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Reja

 
.5-rasm. Nazariya mantiqiy tuzilmasining qurilmasi 
Nazariyaning strukturaviy elementlarini sanab o‘tamiz, chunki bu
tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin: algoritm, apparat (didaktik,
tushunchaviy apparatlar va xokazolar); sinflanishlar; me’zonlar; metodikalar;
metodlar; mexanizmlar (mexanizmlar sinflari); modellar (bazisli, prognostik, grifli,
ochiq, yopiq, dinamik, modellar komplekslari va xokazo); yo‘nalishlar; asoslashlar;
asoslar; paradigmalar; parametrlar; davrlashtirishlar; yondashuvlar; tushunchalar
(rivojlanuvchi tushunchalar, tushunchalar tizimi va xokazo); uslublar; prinsiplar;
dasturlar; protseduralar; yechimlar; tizimlar (ierarxik tizimlar, bosh tizimlar va
xokazolar); mazmun; usullar; vositalar; sxemalar; strukturalar; strategiyalar; fazalar;

39
moxiyatlar; taksonomiyalar; tendensiyalar; texnologiyalar; tipologiyalar; talablar;


shartlar; omillar (tizim xosil qiluvchi omillar va xokazolar); shakllar (shakllarning
majmui va xokazo); funksiyalar; tavsifnomalar (moxiyat tavsifnomalari va xokazo);
maqsadlar (maqsadlar majmui, maqsadlar ierarxiyasi); bosqichlar va xokazo.
Kuchli versiyadagi fanlar tarmoqlarida bu ro‘yxatga yana teoremalar,
lemmalar, da’volar qo‘shiladi. Markaziy tizim xosil qiluvchi element (bo‘g‘in)
sifatida esa nazariya, konsepsiya, g‘oya, yagona tadqiqot yondashuvi, aksiomalar
tizimi yoki aksiomatik talablar tizimi va xokazolar kelishi mumkin. Ilm-fanning
ba’zi tarmoqlarida, masalan, ximiya, farmasevtika, mikrobiologiya va xokazolarda
markaziy tizim xosil qiluvchi bo‘g‘in sifatida ko‘pincha tadqiqotchining ko‘p yillik
mexnatlari mevasi bo‘lgan yangi ximiyaviy modda, yangi dori, yangi vaksina va
xokazolarning olinish fakti namoyon bo‘lishi mumkin. Keyin esa ularni qo‘llash
shartlari, prinsiplari va xokazolar ochib beriladi.
Umuman olganda, asosli holda ta’kidlash mumkin-ki, nazariyalar
(konsepsiyalar)ning umumiy mantiqiy strukturasi yagonadir.
Empirik bosqich. Tajriba-eksperimental ish. Tadqiqotning o‘ziga xosligi
shundan iborat-ki, tajriba-eksperimental ish, ko‘pincha tadqiqotchi vaqt
byudjetining katta qismini egallagani bilan, faqatgina u tomonidan avval qilingan,
gipotezadan boshlangan, nazariy ishlanmalarni tasdiqlash yoki inkor qilish
uchungina xizmat qiladi.
Garchi bir qarashda tadqiqotning tajriba-eksperimental qismi tadqiqotchi
tomonidan barcha nazariy ishlanmalar yakunlanib, aniqlanib va chiqarib bo‘lingach
boshlangandek tuyulsada, baribir, qoidaga ko‘ra, tadqiqotchi tajriba-eksperimental
ishga ancha oldin kirishadi. Chunki, tadqiqotchining gipotezaini tasdiqlaydigan yoki
inkor qiladigan aynan kerakli tajriba ishlari va aynan o‘sha eksperimentlar
tashkillashtirilib, o‘tkazilishidan avval tadqiqotchi tajriba-eksperimental ishni
rejalashtirish va tashkillashtirishning, uning natijalarini taxlil qilish va
umumlashtirishning dastlabki ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari,
ushbu dastlabki bosqich kerakli yondashuvlarni tanlash, kerakli vositalarni topish va
boshqalar amalga oshirish imkonini beradi.
Avval aytilganidek, har bir muayyan tadqiqotdagi tajriba-eksperimental ish
o‘ta o‘ziga xosdir, chunki u to‘lig‘icha muayyan tadqiqotning mazmuni bilan
belgilanadi va umumiy holda ta’riflanishi dargumondir.

Download 232.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling