1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi Tadqiqotning refleksiv fazasi
Download 232.47 Kb.
|
Reja
terminologiyaning qat’iyligi, aniqligi, bir xil ma’nodaligidir. Odatda kundalik
turmushda, xayotda, og‘zaki chiqishlarda iboralarni qo‘llashda ma’lum erkinlikka yo‘l qo‘yiladi, lekin ilm tilida -tartibga solinganlik, qat’iylik talablari majburiydir. Tadqiqotchida har safar biror iborani qo‘llash zarurati tug‘ilganda, u o‘z ishini bu iborani umumiy lug‘atlar, ensiklopedik lug‘atlar va ensiklopediyalarda qidirishdan boshlaydi. Bu manbalar umummilliy ko‘lamda umumqo‘llaniladigan iboralarga bir ma’noli talqin beradi. Bunda, ulardagi iboralar deyarli bir xil talqin qilinsa-da, baribir ularning har biri so‘zlar ma’nosini tushuntirishga o‘z nozik farqini qo‘shadi, bu esa u yoki bu iborani qo‘llashda yaxshiroq past-balandini anglash 32
bir gapda ko‘p bora ishlatmaslik uchun goxida kerakli so‘zni topa olish qiyin bo‘ladi. Keyingi bosqich – sof falsafiy, gnoseologik va metodologik tushunchalarni aniqlashtirish – tegishli lug‘atlar bilan ishlash. Xar qanday izlanuvchiga falsafiy lug‘atlarda mavjud bo‘lgan, xech bo‘lmasa quyidagi tushunchalar (kategoriyalar) ning mazmuni bilan tanishib olish foydadan holi bo‘lmaydi: abstraksiya, taxlil, bilim, ma’no, sifat, miqdor, model, kuzatuv, me’yor, tushuntirish, umumlashtirish, siymo, ob’ekt, tajriba, asos, munosabat, amaliyot, predmet, muammo, rivojlanish, refleksiya, semantika, tizim, tizimli taxlil, xossa, taqqoslash, moxiyat, o‘xshashlik, nazariya, shakl, formallik, eksperiment va boshqalar. Undan tashqari, xuddi shu maqsadlarda mantiqiy lug‘at-ma’lumotnoma ham juda foydali: abstraktlanish, abstraksiya, aksioma (aksiomatik metod), algoritm, analogiya, o‘zaro aloqa, abstraktlikdan aniqlikka qarab yurish, gipoteza, gnoseologiya, deduksiya, qonun, belgi, bilim, g‘oya, invariantlik, induksiya, axborot, tadqiqot, sinf (maktab sinfi emas), sinflanish, kompozitsiya, komponent, kontekst, konsepsiya, kortej, mantiq, mantiqiy va tarixiy, o‘lchov, metanazariya, bevosita bilim, o‘zaro zid kelmaslik, tushunchani umumlashtirish, teskari munosabat qonuni, umumiy tushuncha, tushuncha hajmi, tushunchaning ta’rifi, maxsus, munosabat, baho, parametr, tushuncha, postulat, tushunchani ta’riflash qoidalari, sintez, belgi, prinsip, muammo, ziddiyat, marosim (protsedura), tushunchaning mazmuni, solishtirish, struktura, ibora, tur, sharoit, fakt va boshqalar. Va nixoyat, muayyan tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega iboralar xaqida gap ketganda, keyingi bosqich bu – ushbu iborani ilmiy adabiyotlarda – monografiyalar, maqolalar va xokazolarda talqin etilishi taxlili hisoblanadi. Birinchi navbatda nazariyalari, konsepsiyalari tadqiqot asosiga olingan mualliflarning fundamental ilmiy ishlari o‘rganiladi (yuqoriga qarang). Ushbu ilmiy ishlar bo‘yicha tezaurus (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “boylik”, “xazina” ma’nosini anglatadi) – mazkur mualliflar ishlatadigan, talqin etilishi mavjud iboralar lug‘atini tuzib olish maqsadga muvofiq. Keyinchalik, hisobot materiallari, maqolalar, kitoblar, dissertatsiyalarni yozishda asosan mazkur tezaurusdagi iboralar ishlatiladi, boshqa iboralar esa faqat zarurat tug‘ilganda, ularsiz noiloj bo‘lgan vaziyatlarda ishlatiladi. Lekin, har safar u yoki bu iborani ishlatganda tadqiqotchi o‘zini o‘zi nazorat qiladi: uning ishi uchun unchalik ahamiyatli bo‘lmagan iboralar uchun – kimning talqini bo‘yicha bu iborani ishlatmoqda, ahamiyatli bo‘lgan iboralar uchun esa – nima uchun aynan shu muallif (lar) ning talqini olinishi asolanadi. Xar bir tadqiqotchini qandaydir yangi iboralarni kiritib qo‘yish “xavfi” kutib turadi. Ba’zida buni qilishni juda ham xoxlab ketadilar. Lekin olimlar fandagi yangi iboralarni o‘ta istamasdan va xushyorlik bilan qabul qiladilar. Bu tushunarli, albatta 33
bo‘lib munosabatda bo‘lish kerak. Va agar har bir ilmiy ish, maqola yozuvchi o‘zining iboralarini qo‘llay boshlasa, unda olimlar, ulardan keyin esa barcha kishilar bir-birini tushunmay qoladi. Shuning uchun yangi iboralarni (so‘zlar va so‘z birikmalarini) kiritishga faqat mavjud iboralardan birortasi tegishli xodisa, jarayonni ta’riflay olmagan, iloji yo‘q holatlarda yo‘l qo‘yiladi. Va o‘rnashib qolgan iboralarga (xa, bu talab aynan o‘rnashib qolgan iboralarga tegishli) qandaydir yangi mazmun berish, qandaydir yangi, “mualliflik” ta’riflarini berish mutlaqo to‘g‘ri emas. Download 232.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling