Tezlik napori sarf o’lchagichlari
Sarfni ushbu usul bo’yicha o’lchash dinamik naporni o’lchanayotgan muhit oqimi tezligiga bog’liqligiga asoslangan. Bernulli tenglamasiga binoan to’liq va statik naporlar farqi
Rn - Pc = V2ρ/2
Ma’lumki, dinamik napor, Rv = Rn - Pc
Bundan,
V =
Bu yerda, Rp; Rs; RV - to’liq, statik va dinamik bosimlar;
V – oqim tezligi (ploщadь);
ρ – zichlik.
Rasm.8.6. Tezlik napori sarf o’lchagichlarining ish printsipi
Dinamik naporni tezlik trubkalari yordamida, difmanometr bilan komplektda, o’lchash mumkin (rasm 8.6). CHap tomondagi trubka yordamida statik bosim, o’ng tomondagi trubka yordamida esa, to’liq bosim o’lchanadi. Difmanometr dinamik bosimni, ya’ni, to’liq bosim va statik bosimlar farqini o’lchaydi.
Rv=Pp-Pc, yoki, Rv =hg(ρ1-ρ), yoki,
V =
Bu trubkalar trubka Pito deb nomlanadilar. Asosan, laboratoriya o’lchashlarida va tajriba ishlarida qo’llaniladi.
Bundan tashqari boshqa sarf o’lchagichlar ham ishlab chiqilgan: ulьtratovush (tovush tebranishlarini sarf o’zgarishiga mos ravishda siljishiga asoslangan), issiqlik va boshqa turlari.
Tajriba ishini bajarish ketma-ketligi:
Idishni ishchi suyuqlik (suv) bilan to’ldiring, nasosni ishga tushiring. O’chiq holatdaligini tekshiring. Sarfni o’lchovchi datchikning o’rnatilgan ko’rsatkichini jadvalga kiriting .
Rotametr, elektromagnitli va ultratovushli sarf o’lchagichlardagi joriy sarf qiymatlarini 8.1-jadvalga kiriting.
Kranni ochib idishdagi suvni to’king.
Elektromagnitli, ultratovushli sarf o’lchagichlar hamda rotametrdagi sarf qiymatlari bo’yicha asboblarning xatoligini baholang. Eng optimal ko’rsatkichni keltiring.
8.1-jadval. Sarf o’lchash
Do'stlaringiz bilan baham: |