ko‘pincha tovuq ko‘krak, etikdo‘z ko'kragi,
skoliozning turli shakllari, yassi
oyoqlik, muskullarni yetarli rivojlajimasligi, bo‘g‘imlarning
kasallanishi kabi
nuqsonlar tufayli qadqomat buziladi. Bola yoki o'smirni oyoq kiyimining tor yoki
keng bo‘lishi ham qad-qomatning buzilishi sabab bo‘lishi mumkin.
Bolaning tunda uxlashiga ham e’tibor qaratish lozim. Bola gadasini
to‘g‘rilab tekis joyda, biroz qattiq o‘rin ko‘rpada uxlashi kerak. Ba’zi
bolalar
gujanak bo‘lib uxlaydilar. Bunday holat ham qad-qomatga ta’sir qiladi bolalar va
o‘smirlar qad-qomatni to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradigan jismoniy mashqlar
bilan shug‘ullanishga yoshlikdan o‘rgatish lozim. Masalan: gimnastika, suvda
suzish, valeybol, turnirda tortilish va boshqalar.
Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning ko‘rinishi o‘zgarmasdan, balki
u ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilarning)
rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday odamlar jismoniy
mehnat
qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanganida nafasi qisadi,
yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun shu
yoshgacha o'smirlar yuqorida ko‘rsatilganlarga amal qilsalar ularning qad-
qomatlari to‘g‘ri va chiroyli bo‘hb shakllanadi.
Bolani
qad-qomati
to‘g‘ri
shakllanishini ota-onalar, o'qituvchilar,
tarbiyachilar tizimli ravishda kuzatib borishlari, turli chora-tadbirlarni amalga
oshirishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: