1. Tayanch-xarakat apparatiining ahamiyati va vazifasi. Odam skeletinnig umumiy tuzilishi va yosh xususiyatlari
Yassioyoqlik, uning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish
Download 368.6 Kb. Pdf ko'rish
|
4. MA’RUZA. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi.
Yassioyoqlik, uning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish. Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanchharakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatiga ko‘ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan. Normal rivojlangan oyoq tovon-panja yuzasi sathining ko‘proq qismi o‘yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaldida bo’ladi. Bunday tuzilishi tana ogirligining oyoqni tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta ’minlaydi. Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining (gumbaz qismi) kengayib, o‘yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba’zida esa oyoq yuzasining butun sathining gumbaz qismi egilib, tekis bo’lib qoladi. Natijada tovonkaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi belgilar yuzaga keladi: bunday odam uzoq vaqt tik turganda, ko‘proq yurganda, yugurganda, og’ir yuk kotarganda oyogining tovon-panja va boldir muskullarida og‘riq paydo bo’ladi; yassioyoqli umurtqa pog‘onasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qadqomatning buzilishiga ham sabab bo’ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to‘g‘ri tuta olmaydi. Yassioyoqlik odamlar yurganida oyoqlarini keng tashlab, qo’llarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining og’irligi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullan tez charchaydi va ularda og‘riq seziladi. Bunday odamlar ko proq tik turgam da va yurganida oyog‘ining kaft yuzasi yana engayadi va ertalab mos boigan poyabzal kunning ikkinchi yarmida oyoqm qisa boshlaydi. Yassioyoqlik tananing massasi ko‘proq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyabzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga kelib qoladi. Yassioyoqlik tug‘ma va hayotda orttirilgan bo’ladi. Tug‘ma bo’lishi bu nasldan naslga berihshi yoki bolaning embrión rivojlanishi davrida ona orgamzmip tashqi muhitning biron noqulay ta’siri natijasida sodir bo hshi mumkin. Yassioyoqlikning tug’ilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat; - Bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt oyogida tik turgizish; - Yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal kiygizish; - O‘quvchilar kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi (sprot poyabzalni faqat mashg‘ulot vaqtida kiyish kerak); - Poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng bo’gan poyabzallarni kiyish; - Og’ir yuk ko’tarish ham yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikning oldini ohshga e’tibor berish kerak. Download 368.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling