1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar


§. Birlamchi metallni suyuq fazali olishning domnasiz usullari


Download 67.5 Kb.
bet7/15
Sana24.03.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1290735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
umuka temir

11§. Birlamchi metallni suyuq fazali olishning domnasiz usullari
12§. Umumiy tavsiflar
Birlamchi metall olishning qattiq fazali jarayonlari, asosan, ekologik toza ishlab chiqarishga qo‘yilgan talablarga javob beradi. Agar birlamchi metallni olishning qattiq fazali jarayonlari domnali ishlab chiqarishning o‘ziga xos zaif xususiyatlaridan birini - tanqis va qimmat turuvchi koksdan foydalanish lozimligini bartaraf etsa, unda past fazalilar –ikkinchi – faqat bo‘laklangan xom ashyoda ishlashni bartaraf etadi. Domnali eritishning bu o‘ziga xos xususiyatlari “xom ashyo va yoqilg‘ini tayyorlash – cho‘yan ishlab chiqarish – po‘lat ishlab chiqarish” metallurgik ishlab chiqarishning zamonaviy uch pog‘onali sxemasida butun (birinchi) bosqich zarurligini ta'minlaydi. Kokslanadigan ko‘mirning tanqisligi va koks kimyoviy va aglomeratsiyali ishlab chiqarishning ekologik muammolari, ayniqsa, oxirgi o‘n yilliklarda, suyuq birlamchi metallni olishning muqobil usullarini qidirish uchun yaxshi sabab bo‘ldi.
Bo‘laklangan temir rudali xom ashyodan foydalanish zarurligi gaz va shixtaning qarama-qarshi yo‘nalganligiga, natijada shixta materiallari qatlamining ma'lum bo‘lgan alohidaligiga (gaz o‘tkazuvchanligiga) asoslangan domna pechning shaxta tuzilishi bilan bog‘liq. Yoqilg‘i sifatida faqat koksdan foydalanib ishlash lozimligi past haroratli qizdirish va tiklash hamda yuqori haroratli eritish va eritish mahsulotlarini tozalash jarayonlarining bitta agregatda qo‘shilishi bilan yuzaga kelgan. Bundan muqobil jarayonlarni ishlab chiqishning ikkita imkoniyati paydo bo‘ladi:
1. Jarayonning past haroratli sohasini istisno qilish va eritish va tiklash jarayonlarini bitta sohaga qo‘shish. Bunda ko‘pincha oksidlarni bevosita tiklash boradi, chiqadigan gazlarning kimyoviy va issiqlik energiyasidan foydalanilmaydi (“eritish-tiklash” sxemasi).
2. Past haroratli (“tiklash”) va yuqori haroratli (“eritish”) sohalarini ajratish va ikkita agregatdan – shaxta va gorndan kombinatsiya tuzish.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling