1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar


Download 67.5 Kb.
bet9/15
Sana24.03.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1290735
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
umuka temir

19§. “Tiklash-eritish” jarayoni
Bitta agregatda amalga oshiriladigan suyuq fazali tiklash jarayonlaridan (“eritish-tiklash”) farqli ravishda tiklash-eritish sxemasining turli variantlari ikkita agregatning birlashishida ifodalangan, bittasida (past haroratlida) ko‘proq xom ashyoni metallanish jarayonlari boradi, ikkinchisida (yuqori haroratlida) yonish jarayoni va tiklash gazining shakllanishi, unda birinchi agregatdagi xom materiallar tiklanadi. Tiklash-eritish jarayonining eng o‘zlashtirilgan sxemasi shaxta-pechi-gorn varianti, ya'ni, bir-biriga qator qo‘yilgan gorizontal qirqilgan domna pechining ikkita qismi hisoblanadi. Bu, asosan, bitta masalani: koksni qattiq yoqilg‘ining tanqis bo‘lmagan turi bilan almashtirishni hal qilish imkonini beradi. Suyuq fazali tiklash bilan hal qilinadigan ikkinchi masala bo‘laklanmagan temir rudali shixtadan foydalanishga erishib bo‘lmaydi.
Tiklash-eritish jarayonining sanoat tomonidan o‘zlashtirilgan eng jadallashtirilgan varianti Koreks jarayoni hisoblanadi (yillik unumdorligi 300 ming t bo‘lgan birinchi qurilma 1989 yil dekabrdan boshlab Janubiy Afrika Respublikasida ishlamoqda). Kuydirilgan oksidlangan okatish yoki bo‘laklangan ruda ohaktosh yoki dolomit bo‘laklari bilan birga (shixta bo‘laklari o‘lchami 6-20 mm) birinchi agregatga – balandligi 19 m va 5 m ichki diametrli shaxta pechiga yuklanadi. Pastdan furma orqali shaxtaga ikkinchi (eritish) agregatidan 820ºC haroratda tiklagich-gaz puflanadi. Shunday qilib, shaxta pechida qattiq fazali tiklash shaxta pechlarida metallanish jarayonlariga o‘xshash bo‘lgan jarayonlar boradi. Shaxta pechidan chiqadigan gaz qisman eritish agregatidan chiqadigan tiklagich-gazni sovutish uchun qo‘llaniladi. Shaxta pechida shixtaning bo‘lish vaqti 7-9 s, metallanishning oxirgi darajasi 93%.
Metallangan okatish ikkinchi (eritish) agregatiga (domna pech gorniga o‘xshash) yuboriladi, u erda kislorod tokida 2500 ºC yaqin haroratda qattiq yoqilg‘i yonadi va cho‘yan hamda shlak shakllanadi. Suyuq mahsulotlarning erish harorati 1500 ºC. Bitta agregatda suyuq fazali tiklash jarayonlaridan farqi shundaki, Koreks qurilmasida kremniy, marganets, fosforning aktiv tiklanishi, shlak yordamida cho‘yanning oltingugurtsizlanishi, metallning uglerodlanishi sodir bo‘ladi. Jarayonning asosiy xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling