1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar
Download 67.5 Kb.
|
umuka temir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16 § . Metall sifati
- 18 § . “Eritish-tiklash” variantida suyuq fazali tiklash jarayonining istiqbollari
13§. “Eritish-tiklash” jarayoni
Rossiyada yuqorida birinchi sanab o‘tilgan ikkita yo‘nalishlardan eng istiqbollisi MISiSda Romens va b. tomonidan tavsiya etilgan “suyuq fazali tiklash” (PJV) hisoblanadi, u keyinchalik “ROMELT” nomini olgan. Jarayon mahsuloti boyitilmagan temir rudadan va tanqis bo‘lmagan ko‘mirdan gorn turidagi agregatda eritilgan, bo‘laklari o‘lchami nazorat qilinmaydigan cho‘yan hisoblanadi. Shunday qilib, bu jarayon uchun ishlab hiqarishning zamonaviy uch pog‘onali sxemasidan birinchi bosqich istisno qilinadi: temir rudali xom ashyoni boyitish va bo‘laklash hamda ko‘mirni boyitish va ularni kokslash. 16§. Metall sifati Suyuq fazali tiklash cho‘yanining asosiy farqi unda kremniy va marganetsning oz miqdordaligi, oltingugurtning yuqori miqdori va fosforning kam miqdori hisoblanadi. Domnali eritishdan farqli ravishda, shixta bilan birga kiradigan oltingugurt suyuq fazali tiklash pechidan gaz bilan 80-90 % chiqarib yuboriladi. Bu hodisaning sababi hozirgacha muhokama qilinadi. Lekin, bunda shu muhimki, shlakning sulfatsizlanish xususiyatidan to‘liq foydalanilmaydi, bu cho‘yanda oltingugurtning ancha yuqori miqdorda bo‘lishiga olib keladi. Masalan, konvertorli shlaklarni ROMELT agregatida qayta ishlashda cho‘yandagi oltingugurt miqdori o‘zgarmas 0,07-0,08 % tashkil etadi. Boshqa tomondan, suyuq fazali tiklash agregatida fosforning shlakka qisman o‘tishi uchun sharoit yaratiladi. Tajriba eritishlari ma'lumotlari bo‘yicha shlakda P2O5miqdori 1,05-1,11 % tashkil etdi va fosforning cho‘yanga o‘tish koeffitsienti 1,0 dan (domnali pech) 0,3-0,5 gacha kamaydi. 18§. “Eritish-tiklash” variantida suyuq fazali tiklash jarayonining istiqbollari Tajriba eritishlarining turli variantlari uchun Novo-Lipetsk metallurgiya zavodida ROMELT qurilmasidan foydalanishning o‘n yillik tajribasi (har biri 7-10 sutkadan 30 dan ortiq eritish o‘tkazildi) bitta agregatda suyuq fazali tiklashning istiqbollari haqida ayrim xulosalar qilish imkonini berdi. Ulardan asosiylarini sanab o‘tamiz. 1. Yoqilg‘i sifatida kokslanadigan va kokslanmaydigan ko‘mirni kokslash mahsulotlaridan foydalanish bilan aralashmalari bo‘yicha toza bo‘lgan rudalar va boyitishning o‘rtacha darajali konsentratlarini (temir 45-55 %) qayta ishlashda suyuq fazali tiklashdan foydalanish. Bunday variantda yoqilg‘ining iqtisodiy tejamli sarflanishiga, atmosferaga ushbu jarayon uchun eng kam otqin chiqishiga erishiladi, shuningdek, ko‘mirdan kompleks foydalanishga va kimyo sohasini zarur bo‘lgan xom ashyo bilan ta'minlashga erishiladi. 2. Suyuq fazali tiklash agregatlarida ehtiyoji oshib borayotgan, aralashmalari bo‘yicha juda toza bo‘lgan cho‘yan olish. Bu holatda pechdan tashqari sulfatsizlanishni, zarur bo‘lganda cho‘yan fosforsizlanishini ko‘zda tutish lozim. Bu yo‘nalishda domna pechiga qaraganda PJV ustunlikka ega bo‘lishi mumkin. 3. Rux tarkibli materiallarni, shuningdek ko‘p miqdorda ishqor mavjud xom ashyoni qayta ishlash uchun suyuq fazali tiklashdan foydalanish. 4. Suyuq fazali tiklash uchun pechlarni qo‘llashdan belgilangan turdagi texnogenli va maishiy chiqindilarni qayta ishlashda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. 5. Har xil turdagi qattiq yoqilg‘ilarni gazlashtirish uchun PJV agregatlaridan foydalanish. 6. Mikrometallurgiya maqsadlari uchun suyuq fazali tiklash jarayonlaridan foydalanish. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki: • suyuq fazali tiklash jarayoni ushbu jarayon bilan bajarish mumkin bo‘lmagan ferroqotishmalar va quyma cho‘yanlarni olish uchun mo‘ljallanmagan; • suyuq fazali tiklash agregatlarida kompleksli polimetall temir rudali materiallarni qayta ishlash faqat shu rudalarning temirga boy bo‘lgan turlaridan foydalanilganda mumkindir. Kambag’al kompleks rudalarni eritishda shlakning ko‘p chiqishi sababli, ularda yo‘ldosh elementlar miqdori juda kam va yo‘ldosh elementlarni ajratib olish uchun bunday shlaklarni qayta ishlash ko‘zda tutilmaydi; • suyuq fazali tiklash jarayonini o‘zlashtirish uchun texnik kisloroddan foydalanish lozim: “yuqoridagi” puflashda (oxirigacha yoqish uchun) 100 % yaqin kislorod va “pastki” puflashda kamida 30-40 % kislorod lozim. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling