1. Temir yo‘llarda qo‘llaniluvchi relslar. Uzun relsranni ishlab chiqaruvchi zavod
Download 0.58 Mb.
|
Yo'llarning ulanishi va kesishuvi
Chorrahasimon o‘tkazgichlar harakatlanuvchi tarkibni bir yo‘ldan ikkinchisiga ikkala yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazishga imkon beradi. Bunday o‘tkazgich to‘rt juft ayrilar va to‘rt (ikki o‘tkir 1/9 markali va ikki to‘mtoq burchakli) krestovinalarga ega bo‘ladi.
4-rasm. Chorrahasimon strelkali o‘tkazgich chizmasi: 1 – to‘mtoq krestovina; 2 – ayrilar; 3 – o‘tkir krestovina
Chorrahasimon o‘tkazgichlar murakkab konstruksiyali tuzilishga ega bo‘lgani uchun ularning ish holatini talab darajasida ta’minlash qiyin va shu bilan birga ular orqali poezdlarni katta tezliklarda (70 km/s) beto‘xtov o‘tkazishga ruxsat etilmaydi. Strelkali o‘tkazgichlarning bekat yo‘llarida krestovina markasiga qarab qo‘yilishi 1-jadvalda keltirilgan.
* Yo‘lovchi poezdlar faqat to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab o‘tkazilsa 1/9 markali strelkali o‘tkazgichlarni qo‘llashga ruxsat etiladi. Temir yo‘llarda kuchaytirilgan konstruksiyali, to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab 160 km/soat gacha tezlikda harakatlanishga imkon beradigan 1/11 markali strelkali o‘tkazgichlarni qo‘llash ko‘payib bormoqda. Poezdlarning bosh yo‘ldan yon yo‘lga katta tezlikda o‘tish yo‘llariga 1/18 va 1/22 markali yotiq, zamonaviy strelkali o‘tkazgichlar qo‘yiladi. Bunda yon yo‘l bo‘ylab yurish tezligi tegishlicha 80 va 120 km/soatni tashkil etadi. Tezyurar Moskva – Peterburg liniyasida yo‘lovchi poezdlarining to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab 200 km/soat tezlikda yurishi uchun mo‘ljallangan R65 relьsli, M1/11 markali strelkali o‘tkazgichlar qo‘llangan. O‘zbekiston temir yo‘llarining Toshkent – Samarkand shaharlari oralig‘ida yo‘lovchi poezdlarining yuqori tezlik harakatini tashkil qilish uchun harakatlanuvchan krestovina o‘zakli, M 1/11 markali strelkali o‘tkazgichlar qo‘llanilgan. Ushbu o‘tkazgichning konstruktiv tuzilishida harakatlanadigan, egiluvchan o‘zakli krestovina qo‘llangan. Ish holatida o‘zak tegishli krestovina usovigining yon qirrasiga zich yopishib harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklari uchun uzluksiz relьsli yuzani tashkil etadi. 5-rasm. Harakatlanuvchan o‘zakli krestovina Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling