1. To’lqinlar, siltashlar orqali burulishlar To’lqinlar texnikasining tuzilishi va asoslari


Download 36.23 Kb.
bet10/11
Sana07.05.2023
Hajmi36.23 Kb.
#1440162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gimnastikada burilish

Qadamlab sakrash – yuqoriga uzoqqa sakrashga xos turdir. Ular oldinga, yonga va orqaga bajarilishi mumkin. Oldinga qadamlab sakraganda gimnastikachi qisqa “portlovchi” yugurib kelishdan bir oyoqda itarilib, to’siqlardan oshib sakrash kabi tayanchsiz oyoqni oldinga – yuqoriga yo’naltiradi. Qo’llar bilan siltash harakatlari nisbatan erkin harakterga ega va sakrashning tashqi bezatilishiga bog’liq. Gimnastikachi uchish paytida oyoqlarini keng ochadi va imkoni boricha uchish holatini ushlab turishga harakat qiladi. Qo’nish siltanuvchi oyoqqa, ifodali amortizatsiya va oldinga harakatlanishni saqlagan holda bo’ladi. Oddiy sakragandan oyoqlarni maksimal darajada ochish bilan bajariladigan shpagat sakrash eng samaralichidir.
Qadamlab sakrash juda ko’p modellariga ega: attityude sakrash, oyoqqa tepib, bukib va yozib sakrash. Shpagat bilan xalqa sakrash xarakterlidir. (20-rasm). Bunday harakt nafaqat sakrash tayyorgarligini a’lo darajada bo’lishini, balki yaxshi rivojlangan faol egiluvchanlikni talab qiladi.
Murakkab sakrashlar yuqorida ko’rilgan sakrash turlarining ba’zi bir belgilarini o’z ichiga oladi. To’g’risini aytganda murakkab sakrashga yugurib kelish, oyoq bilan siltash, oyoqlarni almashtirish, uchishda burilish va boshqa belgilarni o’z ichiga olgan xatlab sakrashni misol qilish mumkin. Murakkab sakrash darajasiga oyoq holatini almashtirish, burilish yoki boshqa murakkablashgan harakatlarni o’z ichiga oladigan qadamlab sakrashni kiritish mumkin.
Umumiy xulosa
Mustaqil davlatimizning ertangi kuni, uni gullab-yashnashi va rivojlanishi ko’p jihatdan o’sib kelayotgan yosh avlodning sog’lom bo’lishiga bog’liq. Bu esa o’z navbatida,Vatanimiz kelajagi-farzandlarimizning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishni taqazo etadi.
Ushbu sport turida jismoniy madaniyat bilan shug’ullanuvchilarning katta guruhi murukkab mashqlar va qobiliyatlarni yuksak texnik darajada bajarishni qisqa vaqt ichida o’rgana olar edilar.
Joylarda bolalar uchun sport maktablarining tashkil etilishi, gimnastikachilarning turli musobaqalardagi chiqishi, birinchi sport ustalarining eng yaxshi yutuqlari, Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish, mustaqil O’zbekiston Respublikasida sportchilarning yangi mavqei, yuksak natijalarga erishgan gimnastikachilar mahorati, bularning barchasi shu ajoyib sport turi tarixini tashkil etadi. Jahonning taniqli sportchilari orasida O’zbekiston gimnastikachilari qanday o’ringa ega bo’lishgan? Ular Respublika nufuzini ko’tarishga qanday hissa qo’shmoqda?
Mustaqillikka erishgach, respublika rahbariyati gimnastikachilarni jahonda davlatimiz nufuzini ko’tarishga hamda ularning qo’shayotgan hissalarini yuqori baholamoqda. Shuning uchun ham bizning gimnastikachilar haqidagi ma’lumotlar yurtimizda sodir bo’layotgan rasional o’zgarishlarni yaqqol ko’rsatib berdi. Fanning tarixiy qimmatini shu fan rivojlanish tarixi, o’tmish xotiralari, xalq an’analariga hurmat, ma’naviy boylik, o’quv mashg’uloti uchun nazariya, talaba va tinglovchilarni o’qitish uchun uslubiyat tashkil etadi.
Ta’lim berish, o’qitish ta’lim olayotgan shaxslarga qaratilgan, maqsadi ularni bilimlar, uquv va ko’nikmalar hamda harakatlanishga oid, estetik, ruhiy, emotsional, axloqiy, muloqot, mehnat, sportga oid va boshqa xil tajriba bilan boyitishdan iborat bo’lgan pedagogik jarayon. Mashqlarni o’rgatish jarayonida pedagog o’z o’quvchilariga mashqlarni o’zlashtirishdagina emas, balki o’zligini, o’z qobiliyatlarini anglab etishda ham ko’maklashadi va ularning rivojlanishini rag’batlantiradi. O’quvchilar yangi tajribani turli yo’llar bilan, chunonchi: pedagogga taqlid qilish, sinovlar va xatolar yo’li bilan, pedagog bergan ta’lim va tarbiya ta’sirida o’zlashtiradilar. Ilmiy va uslubiy jihatdan to’g’ri va oqilona ta’lim tarbiyaviy xususiyat kasb etadi.
Ta’lim jarayonida ikki shaxs – pedagog va o’quvchi faol (yoki passiv) o’zaro ta’sirga kirishadi. Ta’limning samaradorligi ularning har biri ta’lim jarayoniga qay darajada faol yondashishiga bog’liq bo’ladi. Bunda, tabiiyki, o’qituvchi etakchi rol` o’ynaydi. U o’quvchining qobiliyatlarini o’rganadi, u bilimlar, uquv va ko’nikmalar tizimini samarali o’zlashtirishi uchun qulay sharoit yaratadi, unda gimnastika bilan shug’ullanishga ongli va faol munosabatni shakllantiradi.
Gimnastika mashqlarini o’zlashtirishdan eng avvalo o’quvchining o’zi manfaatdor bo’lishi lozim. Uning vazifasi o’qituvchi saboqlarini idrok etish va ularning foydaliligini anglab etish uchun o’zida qulay ichki zamin yaratishdan iboratdir. O’quvchi o’z zehni, xotirasi, fikrlash faoliyati, irodasini faollashtirishi, gimnastikaga, mazkur mashg’ulotga va o’rganilayotgan mashqqa ijobiy va faol munosabatni vujudga keltirishi lozim. Mazkur vazifalarni bajarishga o’quvchi ota-ona va o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlanadi.

Download 36.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling