1. Tom qoplamasining zamonaviy konstruksiyalari. Qish sharoitida tom ishlarini bajarishning o`ziga xos jihatlari
Qish sharoitida tom ishlarini bajarishning o‘ziga xos jihatlari
Download 52.11 Kb.
|
1.9. Qish sharoitida tom ishlarini bajarishning o‘ziga xos jihatlari
Tom qoplamasi ishlari tashqi havo harorati -20oS gacha bo‘lgan hollarda bajariladi. Yaxmalakda, qor yog‘ayotganda, tumanda va kuchli shamol paytida tom qoplamasi ishlarini bajarishga ruhsat etilmaydi. Qish sharoitida o‘rama materiallarni quyidagi asoslarga yopishtirishga ruhsat etiladi: asfaltli asosga; yilning issiq paytida tayyorlangan asoslarga; zavod sharoitida tayyorlanib bir qavat o‘rama material yopishtirilgan yig‘ma plitali asoslarga. Plitali asoslarda plitalar choklariga tolasimon to‘ldirgichli qaynoq mastika quyilishi kerak. Mastikalar ish o‘rniga maxsus termoslarda uzatiladi. O‘rama materiallar to‘shashdan avval xonalarda issiq holga keltirib olinadi. Tom asosi qor, qirov yoki muz bilan qoplangan hollarda gruntovka qilish va o‘rama materiallarni yopishtirishga ruhsat etilmaydi. Bunday hollarda tom yuzasiga texnik osh tuzi sepiladi va 6...7 soat o‘tgach yog‘och qirindisi to‘shaladi va 2...3 soatdan so‘ng supurib tashlanadi. SHundan so‘ng nam asosni ko‘chma kaloriferlar yordamida quritiladi. Qish paytida havo harorati -20oS dan past bo‘lmagan hollarda faqat ostki to‘shama qatlam hosil qilinadi. Bunda o‘rama materialni sovuq mastika bilan yopishtirish tavsiya etiladi. Tom qoplamasining qolgan qatlamlari issiq kunlar kelgandan so‘ng hosil qilinadi. Qish sharoitida o‘rama tom qoplamasini hosil qilishda eriydigan qatlamli ruberoiddan ham foydalanish mumkin. Qish sharoitida himoya qatlamini hosil qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Issiqlik izolyatsiyasi qatlamini yig‘ma issiq saqlagich plitalardan qilinishi tavsiya etiladi. Plitalar oralig‘idagi choklar asbest tola aralashtirilgan sovuq bitumli mastika bilan to‘ldiriladi. Bunday mastika mustahkam va yaxlit asos hosil qilish imkonini beradi. Qish sharoitida tekislovchi katlamni yig‘ma plitalarni qaynoq bitumli mastika bilan yopishtirib hosil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Asfaltbetonni to‘shash paytidagi harorati 170oS dan kam bo‘lmasligi kerak. Qish sharoitida tsement-qumli tekislovchi qatlam hosil qilinadigan bo‘lsa, qorishma tarkibiga muzlashga qarshi qo‘shimcha (potash) qo‘shiladi va daryo qumi o‘rniga keramzit qumi ishlatiladi. Qorishmani to‘shash paytidagi harorati 40...60o ni tashkil etadi. O‘rama materiallarni yopishtirishda asosan sovuq bitum-polimerli mastikalardan foydalaniladi. Eriydigan qatlamli o‘rama materiallarning qoplama qatlamini eritishda suyuq yoki gaz yoqilg‘isida ishlaydigan yondirgichli qurilmalar qo‘llaniladi. Barcha o‘rama materiallar yopishtirishdan oldin yozilgan holatda issiq xonada 20....25oS haroratda 1...2 kun saqlanadi. Sovuq bitum-polimerli mastikalarni surtishdan avval 70...80oS gacha qizdirib olinadi. Mastikali tom qoplamalari uchun qish sharoitida qo‘llaniladigan mastika tarkibiga antifrizli va plastiklovchi qo‘shimcha qo‘shiladi. Antifrizli (spirtli) qo‘shimcha sifatida etil yoki metil spirti ishlatilib, bu qo‘shimchalar sovuq mastikalarning muzlash haroratini -5oS dan -30oS gacha pasaytirish va mastikaning qurishini jadallashtirish imkonini beradi. Plastiklovchi qo‘shimcha (etillanmagan benzin, ishlab chiqqan aftol, transformator moyi) manfiy haroratda mastikadagi bitum zarralarining oquvchanligini, surtilgan mastikaning yaxshi qurishini ta’minlaydi va tom qoplamasining sovuq bardoshligini oshiradi. Qish sharoitida qo‘llaniladigan asfaltli mastika tarkibiga quyidagilar kiradi: Suvda eritilgan ohak-bitumli pasta _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 85% Asbestli yoki shisha tola _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 5% Tez qotuvchi tsement _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _10% Qo‘shimcha: Antifriz (spirtli qo‘shimcha) _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _3...7% Plastiklovchi qo‘shimcha (benzin)_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 1,5...3% Odatda qish sharoitida o‘rama materiallarni yopishtirishda sovuq mastikalar qo‘llanilmaydi. Istisno tariqasida bitum-lateks-kukersolli mastikadan foydalanish mumkin. Bu mastika tarkibiga quyidagilar kiradi: bitum - 40%, “kukersol” laki – 50%, lateks – 3%, asbestli yoki shisha tola – 7%. Mastika 70oS haroratgacha qizdiriladi. O‘rama materiallarni mashinalar yordamida yopishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 52.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling