1-topshiriq: Savol: Diqqatning fiziologik mexanizmlarini nimalar tashkil qiladi?


Download 28.89 Kb.
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi28.89 Kb.
#1017629
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-10 topshiriqlar peda

5-topshiriq:

  1. Savol: Rahbar qobiliyatining psixologik komponentlari va xususiyatlari nimalardan iborat?

Rahbarlik sifatlari Avvalo, har qanday rahbarda intellekt – aql – zakovatning ma`lum normasi bo`lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o`rtadan yuqori bo`lmog`i maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo`lgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishini, bunday aql – zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to`siq bo`lishini amaliyot va hayot ko`rsatdi. Rahbardagi o`rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo`lgan hislatlardan yana biri tom ma`noda “ziyoli” bo`lish, yoki boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo`lishdir. Boshliq o`zidagi madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan bo`ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog`i lozim. Muomala madaniyati – bu o`rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish san`ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o`rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni to`g`ri yo`sinda gapira olmaslik yotadi.
6-topshiriq:
Savol: Shaxsdagi mavjud ehtiyojlar nechaga bo`linadi va ular qaysilar?
Ehtiyojlar va ularning turlari. 
Ehtiyoj turlari haqida Abraham Maslou konsepsiyasi. Olimlarning fikricha,
har qanday motivasiyaning asosida ehtiyoj yotadi. Ehtiyoj – bu individing rivojlanishi va faol darajada o’zini namoyon qilishining sharoitlarga bog’liq bo’lgan omilidir. Ehtiyojlar quyidagicha farqlanadi: biologik; fiziologik; psixologik; ijtimoiy.
Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur 
qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo’lish 
mumkin: 
1. 
Biologik ehtiyojlar — bu — fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu),
jinsiy, moslashuv ehtiyojlari.
2. 
Ijtimoiy ehtiyojlar — bu — mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy-
ma’naviy ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo’lganimiz bilan shu narsani 
unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan 
bo’ladi, ya’ni, ular o’sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar 
va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog’liq bo’ladi. Masalan, eng tabiiy va 
tushunarli hisoblangan bizning yemishga-ovqatga bo’lgan ehtiyojimizni olsak, u 
ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol 
uchun, to’y marosimlari yoki juda to’kin dasturxon atrofida o’tirgan odam nima 
uchun shunchalik ko’p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu 
tabiat qo’yni yoki paxta dalasidagi xashar bo’lsa-chi, bir burda issiq non ham 
butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo’lib, ochlikni bilintirmaydi.
Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o’rgangan kishi oz-oz yeyishga o’rgansa,
yoshligidan normadan ortiq yeb o’rgangan odam vrach oldiga borib, o’zi uchun 
ozdiruvchi doridarmon so’rasa so’raydiki, lekin uyda o’zi yemishini nazorat 
qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog’liq narsa ekan-da.

Download 28.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling