1-topshiriq: Savol: Diqqatning fiziologik mexanizmlarini nimalar tashkil qiladi?


Download 28.89 Kb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi28.89 Kb.
#1017629
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-10 topshiriqlar peda

8-topshiriq:
Savol: Temperament va uning turlarini sanab bering.
Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati, degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:
1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;
2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir qismida barqaror va o`zgarmasdir;
3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.
Temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi.
10-topshiriq:
Savol: Qobilyatga ta`rif bering.
Qobiliyat —insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. QOBILIYAT bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, QOBILIYAT shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. QOBILIYAT koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan QOBILIYAT aynanlashtiriladi. QOBILIYAT inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday QOBILIYAT turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun QOBILIYAT deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha QOBILIYAT uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obʼyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. QOBILIYATning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. QOBILIYAT umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. QOBILIYAT tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. QOBILIYATni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, QOBILIYATni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. QOBILIYATning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (qarang Daho) namoyon boʻladi. Qobilyatlar aslida tug'ma bo'ladi.
Download 28.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling